|
Zamonaviy o’lchash vositalari va ularning tasniflari. Reja
|
bet | 1/6 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 490,61 Kb. | | #262166 |
Bog'liq Zamonaviy o’lchash asboblari va ularning tasnifi. Reja
Zamonaviy o’lchash vositalari va ularning tasniflari.
Reja:
5.1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari.
5.2. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari.
5.2. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi.
5.3.Analog o‘lchash asboblari, magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik o‘lchash asboblari, ularning shartli belgilari.
5.4. Raqamli o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari.
Tayanch iboralar: o‘lchash asboblari, o‘lchash asbobining sezgirligi, sezgirlik ostonasi, asbob ko‘rsatishining variatsiyasi, asbobning o‘lchash xatoligi, asbobning o‘lchash diapazoni, xususiy energiya sarfi, asbobning ishonchliligi (chidamliligi), analog o‘lchash asboblari, o‘lchash zanjiri, o‘lchash mexanizmi, magnitoelektrik o‘lchash asboblari, elektromagnit o‘lchash asboblari, elektrodinamik o‘lchash asboblari, elektrostatik o‘lchash asboblari, induktsion o‘lchash asboblari, raqamli o‘lchash asboblari.
5.1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari
Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil, muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo, yaxlit olib qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi me’yorlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash asbobining xatoliklarini chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar asbobning pasportida keltirilgan bo‘ladi.
O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi:
а.k0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi:
а.k=k mахk;а.kk mахkq/Ах max
Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan bo‘lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida 1,5 % ga tengligini bildiradi.
Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5 klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi xatoliklari ±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya etilmaydi.
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi.
|
| |