Elektr yurituvchi kuchning uch fazali simmetrik sistemalari
Uch fazali generatorning cho`lg`amlarida hosil bo`lgan elektr yurituvchi kuch (E.Yu.k.)X, Y, Z uchlaridan A, B, C boshlang`ich nuqtalarga tomon yo`nalishi musbat deb qabul qilingan. E.Yu.k. va toklarning tegishli vektor diagrammasi b - rasmda ko`rsatilgan. Manbaning har bir cho`lg`amini alohida iste’molchi bilan ulash va uchta mustaqil zanjir hosil qilish mumkin, ulardan har birining alohida toki iA, iB, iC bo`ladi.