Uch fazali transformatorning tuzilish sxemasi. Uchta o`zak sterjenlarining har birida bitta fazaning ikkita cho`lg`ami (VN va NN) joylashgan. Transformatorlarni ulanish guruhlari bo`yicha ajratishga liniya kuchlanishlari – birlamchi va ikkilamchi kuchlanishlar orasidagi fazalarning siljish burchagi asos qilib olingan.
Transformatorlarning turlari va konstruksiyalarining nihoyatda xilma – xilligi ularning vazifasi, shuningdek quvvati va kuchlanishi turlicha ekanligi sababdir.
Yoyli payvandlash uchun transformator 220 yoki 380 V li tarmoqqa ulash uchun mo’ljallangan bo’lib, ikkilamchi tarmoqda elektr yoyi hosil qilish uchun salt ishlash kuchlanishi yetarli darajada 60-70 V bo’ladi.
Tashqi xarakteristikasi keskin pasayadi va shu bilan bog’liq holda nagruzka salt ishlashdan qisqa tutashuvga qadar keskin va tez o’zgarganida tok qisman o’zgaradi