|
Zamonaviy quyosh elementlari fizikasi va texnologiyasi
|
bet | 8/8 | Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #261733 |
Bog'liq Zamonaviy quyosh elementlari fizikasi va texnologiyasi1.6 – rasm. Kremniy plastinkalarini ishlab chikarish jarayoni
Keyingi vaqtlarda fotoelektor yacheykalaramorf kremniy, kadmiy – tellurid yoki mis – indiy – selindan yupka plyonkalar shaklida tayyorlana boshladi. Ularning foydali ish koeffitsenti qariyb 8 % ni tashkil etadi, biroq mono yoki polikristall kremniydan tayyorlanadigan fotoelektr yacheykalarga qaraganda tayyorlanishi arzonrokdir. Hozirgi vaqtda fotoelementlarning foydali ish koeffitsentini 30 – 60 % ga oshirish ustida ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Buning uchun plyonkalarni 4 – 8 marta ustma – ust o‘rnatish zarur bo‘ladi. Ushbu tadqiqotlar natijasida qurilma quvvati oshiriladi hamda ishlab chikarish narxi keskin pasayadi. Fotoelektr tizimi doimiy elektr tokini ishlab chiqaradi va invertor yordamida doimiy elektr toki, o‘zgaruvchan tokka aylantiriladi (1.7 – rasm).
|
1.7 – rasm. Quyosh batareyasidan elektroenergiya olish sxemasi
|
Quyosh elektrostansiyalari. Bir necha quyosh batareyalarini bir – biriga ulab quyosh elektrostansiyalarini tashkil qilish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda juda ko‘plab quyosh elektrostansiyalari qurilib ishga tushirilgan.
Mamlakatimizning Samarqand viloyatida, Osiyo taraqqiyot bankining yordamida, dunyoda eng yirik quyosh fotoelektrik stansiyasi qurilishi rejalashtirildi.
Quyosh elektrostansiyasi 400 gektar maydonga joylashib, uning quvvati 100 MW ni, yillik elektr energiya ishlab chiqarish esa 200 mln.kW soat ni tashkil qiladi. Elektrostansiyaning qurilishi 5 yil davom etib, 2019 yilning mart oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.
|
| |