Eslab qoling. Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo’shma gaplarga ajratishga asos bo’ladi.
33-mashq. Matnni o’qing. Avval sodda gaplarni, so’ng qo’shma gaplarni ko’chiring. Ularning o’zaro farqini ayting.
Odam borki, fikr yuritish qobiliyatiga ega. Mutafakkir so’zining o’zagi ham fikrdir, lekin har bir fikr yurita oladigan kishiga nisbatan mutafakkir so’zini qo’llab bo’lmaydi. Yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el-yurtiga naf yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish mumkin, Amir Temur, Husayn Boyqaro va Bobur faoliyatida davlat tafakkuri ustunlik qilgan bo’lsa, Ulug’bek faoliyatida ilmiy tafakkur yetakchi edi. («Vatan tuyg’usi» kitobidan)
34-mashq. Matnni o’qing. Sodda va qo’shma gaplarni aniqlang.
Bahrom o’zining go’zal kanizagi Fitna bilan kiyik oviga chiqdi. Ov vaqtida Bahrom bir kiyikni shunday ustalik bilan otadiki, bundan o’zi ham bag’oyat hayratga tushadi. Bahrom kanizagiga ko’z tashlaydi, ammo uning hayratlanmaganligi Bahromni darg’azab etadi. U o’z sarkardasiga kanizakni o’ldirishni topshiradi. Qiz sarkardaga ko’p yolvorib iltijo qiladi, shuning uchun u Fitnani shahardan tashqaridagi hovlisiga eltib qo’yadi. Fitna har kuni u yerda bir buzoqchani zinadan ko’tarib boloxonaga boqqani olib chiqadi. Oradan ma’lum vaqt o’tadi va haligi kichik buzoqcha bahaybat navvosga aylanadi, lekin Fitna odatdagidek uni hech qiyinchiliksiz zinalardan ko’tarib chiqishda davom etaveradi.
Bir kuni sarkarda ovdan qaytayotib Bahromni o’z oromgohiga taklif qiladi. Yuqorida aytilgan voqeani o’z ko’zi bilan ko’rgan shoh hayratga keladi va Fitnani topib uzr so’raydi hamda unga uylanadi. (Nizomiy)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa: mashqlar tahlili
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O‘TIBDO‘ _____________________________________
«Ona tili» 9-sinf «_______» «_____________» I CHORAK
Mavzu : 7-dars QO’SHMA GAP QISMLARI VA ULARNI BOG’LOVCHI VOSITALAR TAKRORLASH
|