I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stiri
II. O‘tgan mavzuni so‘rash.a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu bayoni : Topshiriqlar ustida ishlash:
3- topshiriq:
Mustaqillik sharofati bilan respublikamiz dunyoning barcha mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqa qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. Respublikamiz fuqarolari turli mamlakatlarda bo’lib, o’rganib-o’rgatib qaytmoqdalar. Agar siz Toshkentdan poyezdga o’tirib, Moskva va u orqali Parijga safar qilsangiz, yolingizda qozoq, tatar, boshqird, rus, belorus, fransuz singari tillardagi gaplarni eshitasiz.
Bu jarayonda ularning ayrimlari ona tilingizga qaysi bir jihati bilan yaqin, shu bilan birga nimasi bilandir farqli ekanligi, ayrimlarining esa tamomila boshqa, ona tilimizga o’xshamasligining guvohi bo’lasiz. Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko’p bo’lgan tillar qarindosh; bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo’lmagan tillar qarindosh bo’lmagan tillar hisoblanadi. Hozirgi kunda yer yuzida mavjud bo’lgan 3000 dan ortiq til hind-yevropa, turkiy, xom-som, xitoy-tibet singari bir necha til oilalariga bo’linadi. Masalan, o’zbek, turk, turkman, qirg’iz, qozoq, tatar, uyg’ur, boshqird, ozarbayjon, qaraim, qoraqalpoq, bolqor singari tillar bir oilaga mansub bo’lib, ular turkiy tillar oilasi nomi bilan yuritiladi. Qarindosh kishilar bir ajdoddan tarqalgani kabi, qarindosh tillar ham bir ajdod tilidan kelib chiqqandir.Ko’rinib turibdiki, o’zbek tili dunyo tillari tizimida turkiy tillar oilasiga mansub bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida erkin rivojlanib, o’sib bormoqda.
|