Navoiy viloyati G’ozg’on shahar 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining




Download 1.18 Mb.
bet1/3
Sana06.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#94561
  1   2   3

Navoiy viloyati G’ozg’on shahar


1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Sayfullayeva Jamila Qalandarovnaning
“Yangi metod-yangi natija”
Mavzusidagi metodik tavsiyasi

“O’qituvchi-qalb me’mori. O’quvchilaringizni qanday tarbiya qilsangiz, qanday ta’lim bersangiz uning mahsulini ko’rib quvonarkansiz. Bunday sharafli kasb egalari hamisha shogirdi yutug’i bilan quvonadi va o’zini baxtiyor his etadi”.


Sayfullayeva Jamila

Sayfullayeva Jamila Qalandarovna 1970-yil 4-iyulda Navoiy viloyati G’ozg’on shahrida tug’ilgan. 1987-1991-yillarda Nizomiy nomli TDPIning Boshlang’ich ta’lim fanlari metodikasi fakultetida tahsil olgan. 1991-yildan 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqda. Mustaqillik bilan tengdosh 30 yillik ish faoliyati davomida ko’pgina yutuqlarga erishdi. Metod birlashma rahbari sifatida yosh o’qituvchilarga ustozlik qilib kelmoqda. Pedagogik faoliyati davomida ”Yil o’qituvchisi” tanlovining tuman bosqichi g’olibi, “Panorama darsi” ko’rik tanlovida 3-o’rin, “Eng yaxshi maqola va tezis” tanlovida 1-o’rinlarni egallagan.


Umumta’lim maktablari o’qituvchilarining Respublika miqiyosidagi “Ta’limda texnologiyalar: tajriba almashish va strategiyalarni belgilash” mavzusidagi Respublika konferensiyasida, “Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasida o’z maqolalari bilan ishtirok etgan. “Mahoratli pedagog” guruhi men va shogirdlarim uchun mahorat maktabining bir ko’rinishi bo’lyapti. Unda men o’z tajribalarimni Respublika miqiyosida yoritishga, ommalashtirishga erishyapman desam xató bo’lmaydi. Bu guruhdagilar shirinso’z, e’tiborli, bilimdon jamoa a’zolaridan tashkil topgan.
Yangi metod-yangi natija.
Ta’lim tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, o’qitish metodlari, ta’lim standartlari, darslik va o’quv qo’llanmalari yangilash zarurligi bilim berishda ilg’or xorijiy tajribalaridan foydalanish, tarbiyada esa milliy an’ana va qadriyatlarga suyanish muhim!
Sh. Mirziyoyev.
Boshlang’ich maktab darslari o’qituvchilar va o’quvchilarining o’zaro ta’sirining asosiy shakli bo’lib ta’lim jarayonining barcha qirralarini birlashtiradi. Darsning natijasi o’qituvchining kasbiy mahoratiga, shuningdek o’qitishning tanlangan shakl va uslubiga bog’liq.
Har bir o’qituvchi ta’lim berish metodikasini o’rganib, o’z faoliyatida turlicha qo’llab boradi. Har bir fanning o’qitish metodikasi bo’lib, “Husnixatga o’rgatish” metodi haqida to’xtalib o’tmoqchiman.
Onatili darslarida husnixat malakalari shakllantiriladi. O’quvchilarni chiroyli yozishga o’rgatishning yangi usulini izohlab bermoqchiman. Har bir ona tili darsining 6-8 daqiqasini husnixatga ajrataman. Buning uchun alohida “Husnixat daftari” tashkil etganman. “Husnixat daftari” to’garagi daftari chizig’i 8mm va 4mm bo’lib o’quvchilarga chiroyli yozish uchun topshiriqlar beriladi.




30 yillik ish tajribalarimda sinfimda doim “Kimning xati chiroyli” burchagi bo’lgan. Har haftada bir marta “kimning xati chiroyli” tanlovini o’tkazib o’quvchilarni rag’batlantirib boraman. Ushbu qo’llaydigan metodlarim yaxshi natijalar bermoqda.

“Iztopar metodi”
O’quvchi o’z xatosini o’zi tuzata olamasa zinhor o’qituvchi tuzatishga kirishib ketmasligi kerak. Har qanday xatoni ham butun sinf bartaraf eta oladi, shunda ham tuzata olmasa, o’quvchilarni yo’naltirish, fikrlashiga imkon berish kerak. Natijada turli variantlar yuzaga chiqadi va ular orasidan to’g’risini tanlash qiyinchilik tug’dirmaydi.
“Iztopar” metodi uchun ham alohida daftar tashkil etilgan. Unda matnlarda imlo xatolari mavjud bo’lib, o’quvchi matnni o’qiydi. Masalan “Ro’molcha” matni
Mexnat darsida oqituvchimiz ro’molcha tikshni o’rgatdi. Ro’molcha chetiga gul rasmini chizdik. Men gulni qizil, barglarni yashil ipda tikdim. Ro’molcha juda chiroyli bo’ldi. Uni onamga sovga qildim.
1-topshiriq: Matndagi imloviy xatolarni to’g’rilab matnni yozma shaklda ko’chirib yozadi: Mehnat darsida o’qituvchimiz ro’molcha tikishni o’rgatdi. Ro’molcha chetiga gul rasmini chizdik. Men gulni qizil, barglarni yashil ipda tikdim. Ro’molcha juda chiroyli bo’ldi. Uni onamga sovg’a qildim.
2-topshiriq: Imloviy xato yozilgan so’zlarni to’g’rilab ko’chiradi: mehnat, o’qituvchimiz, tikishni, sovg’a.
3-topshiriq: Ro’molchani tasavvur qilib shizishadi.
Bu metod orqali yozuvdagi uslubiy xatolar bartaraf etiladi. Ana shunda o’quvchi har bir so’zga e’tiborli bo’ladi. Yo’l qo’ygan imloviy xatolarini o’zi tuzatadi. O’quvchining tasavvur qilish qobiliyati rivojlanadi. Metodning “Iztopar” metodi deb atalishiga sabab bolalar matnda yozilgan imloviy xatolar izini topadilar va o’zlari mustaqil ravishda ularni to’g’rilaydilar. Boshlang’ich sinflarda bu metodni qo’llash yaxshi samara beradi. Buni men o’z tajribamda qo’llab yaxshi natijalarga erishib kelmoqdaman.
STEAM metodi
STEAM bu- S-science, T-technology, E-engineering, A-art va M-math. Ingliz tilida bu shunday bo’ladi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika. Ushbu metod zamonaviy mashhur metod sanaladi. Uning asosiy g’oyasi amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya’ni o’rganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qo’limiz bilan ham ishlashimiz kerak. STEAM ta’lim muhitisda bolalar bilimga ega bo’ladilar va darhol undan foydalanishni o’rganadilar. Tabiiy fanlar (science) va tabiatshunoslik fanlarida “STEAM yondashuvga asoslangan mashg’ulotlar o’tkazish o’quvchida kompetensiyalarni shakklanishiga yordam beradi”.
“Fasllarga ta’rif ber”.
Bunda o’quvchilar fasllarga xos bo’lgan ma’lumotlarni yig’adi. Har bir o’quvchi mustaqil fikrini stikerga yozadi. Bir o’quvchi to’plangan ma’lumotlar asisida fasllarga ta’rif beradi. O’quvchilar ob—havo va fasllarga xos ma’lumotlar bilan tanishadi. Guruh A4 formatdagi oq varaqni buklab asosi keng bo’lgan uchburchak yasashi kerak. Qaysi o’quvchining uchburchagi katta bo’lsa o’sha tanlab olinadi. Qolgan o’quvchilar tanlab bo’lingan uchburchakning shaklini ko’radi va yasaydi. Guruhlar endi “Fasllarning modeli”ni yasay boshlaydilar. Buning uchun yuqorida keltirilgan ma’lumotlar va o’quv qurollaridan foydalanadilar. (yasalish bosqichi)

“To’g’ri yoz” O’quvchilar fasllarga xos bo’lgan ko’rinishini yozadilar. Shartli belgilarini o’zlari yasagan maketlarini fasllar ko’rinishida joylashtiradilar. Bu metoddan ko’rinib turibdiki o’quvchilar nazariy bilimlarini amaliy bilimlari bilan mustahkamlab, hayoliy tasavvur etgan fasllarni ko’rinishini shakllantiradi. Har bir faslga xos bo’lgan elementlar bilan tanishadi. STEAM metodini ta’limga joriy etish har bir fanni chuqur o’rganishga, mantiqiy fikrlashga undaydi.
Iqtidorli bolalar bilan ishlash usullari

Download 1.18 Mb.
  1   2   3




Download 1.18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy viloyati G’ozg’on shahar 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining

Download 1.18 Mb.