• II. O ‘ tgan mavzuni so ‘ rash.
  • Foydalaniladigan adabiyotlar




    Download 219,22 Kb.
    bet9/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219,22 Kb.
    #15586
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
    Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.

    I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stiri

    II. Otgan mavzuni sorash.a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    III. Yangi mavzu bayoni : mashqlar tahlili ustida ishlash :

    18-mashq. Matnni o’qing. Uyushiq va ajratilgan bo’laklarni toping. Qaysi bo’laklar uyushib kelayotganini aniqlang.

    Hamma ham do’stlari ko’p bo’lishini istaydi. Ayniqsa, har bir odam o’zining oqil, obro’-e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do’stlari bilan faxrlanadi, ammo do’stlik mezoni faqat shular bilan o’lchanmaydi. Har bir odamning do’stlari oldida burch va mas’uliyatlari borki, ularni ado etolmasa, do’stlari uning do’stligini e’tirof etmaydilar, tan olmaydilar. Har bir odam do’stlaridan shuni, burchlarini ado etishni talab qiladi. (M.Mahmudov)



    19-mashq. Matnni o’qing. Uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi so’zlarni topib, tinish belgilarini izohlang. Qanday bo’laklar uyushganini ayting va ularda sintaktik shakllarning qo’llanilishi haqida fikr yuriting.

    Istiqlol epkinlari iste’dod chashmalarining ko’zini ochayotir. Vatanning kun sayin obod bo’layotgani, yangi yo’llar, muhtasham inshootlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Iste’dodli shoirlar: Suvon Soqiy, Ismoil To’xtamishev, Rustam Musurmon, Sharofat Ashurova, Rustam Ochil va boshqa ijodkorlar yangi-yangi she’rlari bilan kitobxonlar qalbiga kirib bormoqdalar. (U.Normatov)



    21-mashq. Gaplarni ko’chiring, uyushiq bo’laklarni aniqlab, ularni izohlang.

    Bizning ayollar hazrat Navoiyning kulliyotini tokchalarga teribdilar g’avvos bo’lib bu ummondan fikr gavharini teradilar. Fuzuliy Bedil va Mashrab devonini yostiqlari ostiga qo’yib uxlaydilar. Xirmon sayli, qovun sayli, gul bayrami, Mehrjon bayrami, Navro’z shodiyonalari she’rsiz, bahr-u bayt-u o’lanlarsiz o’tmagan. Piyolalar gardiga, belbog’lar, dastro’mollar hoshiyalariga mehr-muhabbat, saodat baytlarini yozganlar, kashta qilib tikkanlar. (M.Alaviya)



    22-mashq. Gaplarni o’qing, ajratilgan va uyushiq bo’laklarni topib, izohlang. Ularda tinish belgilarning ishlatilishiga diqqat qiling.

    1. O’zbekiston — ona diyor, bag’ri to’la hikmatdir. (Sayyor)2.Turnalar arg’imchog’i g’ira-shira osmon ortiga — bulutlar bag’riga singiydi. (X. Eshonqulov) 3. Nabiram — Sayyora shu yerda tarbiyalanyapti. (/. Ahrorov) 4. Endi sizlar — aziz onalar, opa-singillar, yurt egalari, kelajak sohiblari yo’lchi yulduz, mayoq singari istiqbolimizni yoriting, aqlimizni peshlang, ongimizni boyiting. (A.Muxtorov) 5. Mehnati halol baholansa, yerning sohibi — dehqonning hech kimdan kami bo’lmaydi. (S.Rajabov) 6. Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti — aqli, tafakkuri boshqarishi kerak. (E. Vohidov) 7. Xalqaro savdo yo’li — Buyuk Ipak yo’li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo’lgan. (B. Ahmedov)



    23-mashq. Matnni o’qing, uyushiq bo’laklarni aniqlab, ularni izohlang..

    1. Navoiy, Bobur, Mashrab singari jahonga mashhur shoirlar ruhi hamisha bizni insoniy kamolot sari chorlab turadi. 2. Ular o’zlarining eng nodir asarlarida do’stlikni, insonparvarlikni, mehr-muhabbatni ulug’laganlar. 2. O’zidan yaxshi xotirot qoldirgan inson o’lgandan keyin ham izzat-ikromga, xotirlab turishga loyiq. 3. Farzandlarimizga til, kasb o’rgatishning payida bo’laylik. 4. Yigit- qizlarimiz O’zbekistonning, insoniyatning bolasi bo’lsa, hamma faxrlanadi. 5. Xalq ertangi kuni yaxshiroq bo’lishini istasa, birlashmog’i, uyushmog’i va haqiqat uchun kurashmog’i kerak. (E.Vohidov)



    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa: mashqlar tahlili

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    O‘TIBDO‘ _____________________________________

    «Ona tili» 9-sinf «____» «_____________» I CHORAK



    5-dars UNDALMALI VA KIRISH SO’ZLI GAPLAR BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH


    Download 219,22 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




    Download 219,22 Kb.