• Java tilida ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash fani bo‘yicha
  • Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari fani bo‘yicha




    Download 1,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/122
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #233464
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122
    Bog'liq
    ¡çáåêèñòîí àëî à âà àõáîðîòëàøòèðèø àãåíòëèãè (2)

    Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari fani bo‘yicha: 
    Ma’lumot tushunchasi. Ma’lumotlarni ifodalash bosqichlari. Malumotlar turlari
    malumotlar tarkibi. Ma’lumotlar abstraksiyasi va ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari. 
    Malumotlarning asosiy abstrakt turlari. Dasturlash tilida klasslar. Do‘stona funksiyalar. 
    Istisno holatlarni qayta ishlash. Hotirani ajratish va taqsimlash. Inkapsulyatsiya. 
    Meroslik. Polimorfizm. Virtual funksiyalar. Klass va funksiyalar shablonlari. Klass va 
    funksiyalar shablonlarini dasturlash. Shablonlarning standart kutubxonasi (STL). STL-
    komponentalari. Qidiruv va xeshlash algoritmlar. Chiziqli va binar qidiruv. Xesh jadval 
    va xesh funksiyalar. Qidiruv algoritmlar samaradorligi. Saralash turlari va algoritmlar 
    samaradorligi. Saralashning qat’iy va yaxshilangan usullari. Massivlar. Statik va dinamik 
    massivlar. Massivlar bilan ishlash. Chiziqli konteynerlar va ularni qo‘llash. “Ro‘yxat” 
    turdagi malumotlarning abstrakt turlari va ro‘yxatlarni amalga oshirish (statik va 
    dinamik). Ro‘yxatlar ustida amallar bajarish. Bog‘langan ro‘yxatlar. Bir va ikki bog‘lamli 
    ro‘yxatlar. Ko‘rsatkich bilan ishlash. Steklar va navbatlar. Ularni mantiqiy tasvirlash va 
    ustida amallar bajarish algoritmlari. Daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmalari. Binar va 
    ko‘ptarmoqli daraxtlar. Ta’riflar va xususiyatlar. Binar daraxtlarni qurish. Binar 
    daraxtlar ustuda amallar. Qidiruv binar daraxti. Qidiruv binar daraxtini qurish. Tugunlar 
    qo‘shish va o‘chirish. Daraxtlarni binar ko‘rinishga keltirish. Ma’lumotlar tarmoq 
    tuzilmalari. Graf tushunchasi va uning ko‘rinishlari. Graflarni tasvirlash usullari. Eng 
    qisqa yo‘lni aniqlash algoritmlari. Lug‘atlar va ularni amalga oshirish. 
    Java tilida ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash fani bo‘yicha: 
    Fan bo‘yicha minimal talab etiladigan bilim va ko‘nikmalar qamrovi 
    quyidagilardan iborat: dasturiy ta’minot yaratish bosqichlari, dasturlash usullari va 
    tamoyillari; ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tamoyillari; ob’ektga yo‘naltirilgan 
    dasturlash tillari tuzilmasi va xususiyatlari; sinf shablonlarini yaratish va ulardan 
    foydalanish; standart kutubxonalar bilan ishlash.
    Fan bo‘yicha mavzular. Asosiy konstruksiyalar: ko‘rsatkichlar va ilovalar, 
    funksiyalar, massivlar. Murakkab tiplar: strukturalar, strukturalar va massivlar, 
    strukturalar va funksiyalar, dinamik massivlar. Java dasturlash tilida asosiy 
    konstruksiyalardan foydalanish xususiyatlari. Sinflar va ob’ektlar: murojaat xuquqlari, 
    konstruktor va destruktor, sinf statik elementlari. Java dasturlash tilida sinflar va 
    ob’ektlar bilan ishlash xususiyatlari: sinflar orasida munosabatlar, ob’ektlar sinf a’zolari 
    sifatida. Sinflarda vorislik: vorislikda murojaat xuquqlarini boshqarish, konstruktor va 
    destruktorlarda vorislik, virtual funksiyalar va abstrakt sinflar. Java dasturlash tilida 
    vorislikdan foydalanish xususiyatlari: standart amallarni qo‘shimcha yuklash, binar 
    amallarni qo‘shimcha yuklash, unar amallarni qo‘shimcha yuklash. Funksiya va sinflar 
    shablonlari: dinamik sinflar shablonlari, funksiyalar va shablonlar, funksional sinflar. 
    Fayllar bilan ishlash: fayllarni ochish va yopish, fayldan o‘qish va faylga yozish, fayllar 
    bilan ishlashda xatoliklarni aniqlash. Oqimli sinflar: oqimli sinflar usullari, formatlash, 
    manipulyatorlar. Istisnolarni boshqarish: istisnolarni qayta ishlash, istisnolarni 
    generatsiya qilish. Java dasturlash tilida fayllar va istisnolar bilan ishlash xususiyatlari. 
    Konteyner sinflar standart bibliotekasi: konteyner sinflar, iteratorlar, xotira taqsimlanishi, 


    solishtirish funksiyalari va predikatlar, assotsiativ konteynerlar, konteynerlar usullari. 
    Standart algoritmlar: algoritmlar, o‘zgartirmaydigan algoritmlar, o‘zgartiruvchi 
    algoritmlar, sonli algoritmlar, algoritmlardan foydalanish. Java dasturlash tilida dinamik 
    sinflardan foydalanish xususiyatlari: xodisalar asosida dasturlash, komponentlar, 
    komponentli sinflarni e’lon qilish, xususiyatlarni e’lon qilish, voqealar ishlatgichlarining 
    e’lonlari.

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122




    Download 1,66 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari fani bo‘yicha

    Download 1,66 Mb.
    Pdf ko'rish