KIRISh
5350100-Telekommunikatsiya
texnologiyalari
(Telekommunikatsiyalar,
Teleradioeshittirish, Mobil tizimlar) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika
sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u telekommunikatsiya, teleradioeshittirish va mobil aloqa
texnologiyalari va tizimlari, sifatini oshirishga, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy
ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari
va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassislikning vazifasi – talabalar bilimini
chuqurlashtirish va raqamli televidenieda va kinoda ovoz va tasvirni yozib olish, qayta
ishlash, saqlash, chop etish, yoritishni loyihalashtirish va boshqarishga oid dasturlar,
ularning matematik, axborot va dasturiy ta’minotiga oid muhandislik masalalarini
yechish, ilmiy jihatdan tahlil qilish, algoritmik va dasturiy ta’minotini yaratish,
texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamda ilg‘or pedagogik texnoligiyalardan
foydalangan holda bilimlarni oshirish va ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir.