|
Dasturiy injiniringga kirish fani bo‘yichaBog'liq ¡çáåêèñòîí àëî à âà àõáîðîòëàøòèðèø àãåíòëèãè (3)Dasturiy injiniringga kirish fani bo‘yicha:
Dasturiy ta’minot va dasturiy ta’minot injiniringi: yuqori sifatli dasturiy
ta’minotni ishlab chiqish, dasturiy injiniring etikasi. Dasturiy ta’minot ishlab chiqishning
hayot sikli modellari: dasturiy ta’minot jarayonining modellari, jarayon faoliyati,
o‘zgarishlar ustida ishlash, jarayonni takomillashtirish. Agile (tezkor moslashuvchan)
dasturiy ta’minot ishlab chiqish: Agile usullari, Agile dasturiy ta’minot ishlab chiqish
texnikasi, Agile loyihasini boshqarish, masshtabli Agile usullar. Funksional va funksional
bo‘lmagan injiniring talablari: funksional va funksional bo‘lmagan talablar, talablar
injiniringi jarayonlari, talablarni aniqlab olish, talablar spesifikatsiyasi, talablarni
tekshirish, talablarni o‘zgartirish. Loyihani rejalashtirish: dasturiy ta’minot qiymati, reja
asosida ishlab chiqish, loyiha grafigini tuzish, Agile rejalashtirish, loyihani hisoblash
texnikasi, COCOMO xarajatlarni modellashtirish. Tizimli tahlil va tizimni
modellashtirish: kontekst modellari, o‘zaro ta’sir modellari, strukturaviy modellar, xulq-
atvor modellari, modelga asoslangan arxitektura. Dasturiy ta’minot arxitekturasi va
arxitekturaviy loyihalash: Arxitekturaviy loyihalash qarorlari, arxitekturaviy usullar,
arxitekturaviy patternlar, ilova arxitekturalari. Loyihalash va tadbiq etish: UML
yordamida ob’ektga yo‘naltirilgan loyihalash, loyiha shablonlari, tadbiq etish
muammolari, ochiq kodli ishlab chiqish. Konfiguratsiyani boshqarish: versiya
menejmenti, tizimni qurish, o‘zgarishlarni boshqarish, ishlab chiqish menejmenti.
Ishonchli va ijtimoiy texnik tizimlar: ishonchlilik xususiyatlari, ijtimoiy-texnik tizimlar,
ko‘paytirish va xilma-xillik, bog‘liq bo‘lgan jarayonlar, formal usullar va ishonchlilik.
Dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish: ishlab chiqishni sinovdan o‘tkazish, testlashga
asoslangan ishlab chiqish, yakuniy testlash, foydalanuvchi talablariga ko‘ra testlash.
Dasturiy ta’minot evolyusiyasi: evolyusiya jarayonlari, eski tizimlar, dasturiy ta’minotga
xizmat ko‘rsatish. Dasturiy ta’minotdan qayta foydalanish: qayta foydalanish landshafti,
ilova shablonlari, asosiy (bazaviy ) dasturiy ta’minotlar, ilova tizimidan qayta
foydalanish, komponentalardan qayta foydalanish. Sifat menejmenti: dasturiy ta’minot
sifati, dasturiy ta’minot standartlari, sharh va tekshirishlar, sifatni boshqarish va Agile
ishlab chiqish, dasturiy ta’minotni o‘lchash. Loyihani boshqarish va loyiha xujjatlari:
xavflarni boshqarish, loyiha guruhi a’zolarini boshqarish, jamoa bilan ishlash.
|
| |