KIRISH
5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servisi”,
“Multimedia texnologiyalari”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi
yo‘nalish bo‘lib, u kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar,
tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasida axborot xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha kompleks masalalarni
yechish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot
institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-
tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.
Ushbu ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi-talabalar
bilimlarini chuqurlashtirish va bozor iqtisodiyoti sharoitida qaror qabul qilishning
zamonaviy usullaridan foydalana olishini; zamonaviy operatsion tizimlar bilan ishlashini;
mutaxassislikni ilmiy muammolarini yechishda qaror qabul qilish yoki shu bilan birga
bilimlar bazasini yaratish va uni o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llashini; zamonaviy kompyuter
tarmoqlari va tarmoq protokollarini qo‘llashni; axborot xavfsizligi muammolarini to‘liq
tasavvur qila olishni, axborotlarni himoyalash usul va vositalarini ishlab chiqishini va
ularni tadbiq eta olish muammolarni, axborot xavfsizligi xuquqiy-me’yoriy bazasini;
axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlarning klassifikatsiyasi va tahlilini bilishi;
axborot texnologiyalari xavfsizligi jihozlarini buzishdan himoyalash prinsiplarini bilishi
va ulardan foydalana olishi; axborotni himoyalashda kriptografik himoyani o‘rnini va
ularni ishlashini; axborotni kriptografik himoyalashning usul va vositalarini; ilm fanning
zamonaviy yutuqlari, texnika va texnologiyalarini amaliyotda qo‘llay olishini aniqlab
berishdan iboratdir.
5A330701- Sun’iy intellekt magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun
ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 3 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Ma’lumotlar
bazasi”, “Kompyuter tarmoqlari”, “Web-ilovalarni yaratish” savollar shakillantirilgan.
Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.