KIRISh
5350100
–
Telekommunikatsiya
texnologiyalari
(telekommunikatsiyalar,
teleradioeshittirish va mobil tizimlar) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan, texnika, ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u telekommunikatsiya,
teleradioeshittirish va mobil tarmoqlarni loyihalash, boshqarish, optik va simsiz ma’lumot
uzatish tarmoqlari ekspluatatsiya qilish, optik va radiotarmoq strukturasini, topologiyasini tuzish
va takomillashtirish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
5A350104 – Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi
magistratura mutaxassisligi – ishlab chiqarish va texnika sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, u o‘z
ichiga axborot xavfsizligining fundamental tushunchalari, telekommunikatsiya tizimlari va
tarmoqlariga qaratilgan axborot xavfsizligini ta’minlash usullari va vositalaridan foydalanish,
ularni tadqiq qilish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
5350100
–
Telekommunikatsiya
texnologiyalari
(telekommunikatsiyalar,
teleradioeshittirish va mobil tizimlar) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A350104 –
Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi magistratura mutaxassisligiga
kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 1 ta ixtisoslik fani: “Optik aloqa
tizimlari” va 1 ta umumkasbiy fani: “Telekommunikatsiyada axborot xavfsizligi” bo‘yicha
nazorat savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z ichiga qamrab olgan ma’lumotlar quyida batafsil
keltirilgan.