Agar Tarif paketini unga ulangan barcha xizmatlar bilan birga avtomatik uzaytirish uchun pul
mablag'lari yetarli bo'lmasa, Tarif paketi opsiyalarsiz uzaytirilmaydi (Mijoz xizmatlarni avtomatik
uzaytirishni o'chirib qo'ygan holat bundan mustasno), xizmatlar quyidagi shartlar asosida
tarifikatsiya qilinadi:
Paket tugaganidan keyin 15 kun davomida:
O‘zbekiston Respublikasi raqamlariga SMS — har biri 180 so‘mdan;
Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar daqiqasi — 0 so‘m;
O‘zbekiston Respublikasi abonent raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning daqiqasi — 180 so‘m
Internet tarmog‘iga kirish taqdim etilmaydi.
Moliyaviy cheklanish holatiga tushgandan 15 kun o'tgach, istalgan Tarif paketi "Super 0 daqiqa
va Super 0 GB" Tarif paketiga avtomatik tarzda o'tkaziladi. Mijoz Hisobvarag'i hisobi
to'ldirilgunga qadar manfiy bo'ladi, biroq tarmoq ichidagi chiqish qo'ng'iroqlari uchun kuniga bepul
20 daqiqa va Telegram'ga kirish uchun kuniga bepul 33 MB foydalanishga imkoniyati bo'ladi.
Mijoz Qarzni to'laganidan so'ng "Super 0 daqiqa va Super 0 GB" Tarif paketini istalgan boshqa
tarif paketiga almashtirishi mumkin, agar Shaxsiy hisobvarag'i balansida yangi Tarif paketiga mos
keladigan mablag' mavjud bo'lsa.