Tariflarni, Tarif rejalarini (jumladan Tarif paketlari) o'zgartirish uchun to'lov belgilanmaydi.
«Raqamni o'zgartirish» (Number Change) xizmati
Xizmat Mijozga uning amaldagi Abonent raqamini yangi Abonent raqamiga almashtirish
imkonini beradi. Yangi Abonent raqami xizmat ko'rsatish vaqtida bo'sh bo'lgan Provayderning
raqamlash resursidan tasodifiy ravishda tayinlanadi. Xizmat narxi 49000 so'mni tashkil qiladi.
Xizmatga buyurtma berishni oldindan amalga oshirilgan buyurtmaning raqami yoki QR-kodini
Provayderga taqdim etish yoki Ilova orqali amalga oshirish mumkin.
Xizmatni ko'rsatish muddati – Provayderga xizmat ulangani haqida ma'lumot kelib tushgan
zahoti. Xizmat (agar mavjud bo'lsa) narxi Provayder tomonidan Shaxsiy hisobvaraqdan xizmat
ko'rsatilishi vaqtida yechib olinadi.
“Raqam o'zgartirish” xizmatini ko’rsatishda raqam almashtirish imkoniyatlari miqdori amaldagi
Shartnoma muddati mobaynida 20 ta bilan cheklanga.