|
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги
|
bet | 21/77 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 23,18 Mb. | | #128710 |
Bog'liq Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникациялаTeskari aloqali mantiqiy qurilma.
Triggerning kirish yo’llarining soni unda bajarilishi lozim bo’lgan funksiyasiyalarga bog’liq bo’ladi va triggerlar axborotlarni yozish bo’yicha ikkigabo’linadi: asinxron triggerlar va sinxron triggerlar.
Asinxron triggerlarda axborotning o’zgarishi uchun istalgan paytda kirish signallarining berilishi bilan o’zgaradi.
Sinxron triggerlarning chiqish yo’lida signallarning o’zgarishi uchun uning kirish yo’liga qo’shimcha sinxrosignal (boshkarish signali) berish kerak. Aks holda bunday triggerlarda axborotlarni yozib bo’lmaydi.
EHM qurilmalarida turli funksional imkoniyatlarga ega bo’lgan triggerlar qo’llaniladi. Lekin barcha sxemalarning asosini asinxron RS trigger tashkil etadi.
Asinxron RS trigger ikkita mantiqiy elementlar asosida qurilishi mumkin: ”YoKI-YO’Q” hamda “VA–YO’Q”. Elementlar qayta aloqa zanjirlari orqali o’zaro ulanadi.“YoKI – YO’Q” elementlar asosida qurilgan asinxron RS triggerning funksional sxemasi va grafik belgilanishi hamda uning vaqt diagrammasi quyidagi ko’rinishga ega:
Bunday trigger ikkita kirish yo’liga (S va R) hamda ikkita chiqish yo’liga (Q va ) ega. Bu yerda R-reset-olib tashlash (sbros) va S-Set- o’rnatish ma’nolarini anglatadi.
Endi asinxron RS triggerning ishlash prinsipini analitik taxlil etamiz:
S=1va R=0 bo’lganda triggerga «1» yoziladi (Q=1)
S=0 va R=1 bo’lganda triggerga «0» yoziladi (Q=0)
S=0 va R=0 bo’lganda trigger o’z holatini saqlaydi. Ushbu holat axborotni saqlash rejimi xisoblanadi.
S=1 va R=1 signallarini bir vaktda berish ta’qiqlanadi, chunki bunday kirish signallarida trigger o’z turg’un holatini yo’qotadi.
Demak asinxron RS triggerning o’tish jadvalini quyidagicha ifodalash mumkin:
1-jadval. O’tish jadvali
|
| |