|
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги
|
bet | 29/77 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 23,18 Mb. | | #128710 |
Bog'liq Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникациялаParallel hisoblagichlar. Bu turdagi hisoblagichlarda T0 sanoq impulslari barcha razryadlarda triggerlarning C sinxrokirishlariga bir
vaqtda (parallel) uzatiladi. Parallel hisoblagichlar yoki parallel oʻtuvchi hisoblagichlar odatda, front yordamida sinxronlashadigan RS-, JK-,D-triggerlari asosida tuziladi. Hisoblagich ish algoritmini 4.6-jadvalni tahlil qilib tushunish mumkin. Undan koʻrinib turibdi-ki, mazkur algoritm matematik usulda MAF yordamida quyidagicha ifodalanadi:
razryad qiymati; ri =Q1, nQ2, nQi-1, n – oʻtkazish signali. (4.1) ifoda asosida parallel hisoblagichning soʻz yordamida ifodalangan ish algoritmi quyidagicha boʻladi: navbatdagi sinxronizatsiya signali kelishi bilan keyingi triggerlarning qayta ulanishi faqat barcha avvalgi triggerlar oʻrnatilganda sodir boʻladi, ya’ni ularning chiqishlarida mantiqiy birga teng signal mavjud boʻlganda.
Mazkur qayta ulanishni amalga oshiruvchi (4.1 ifodaga asosan) elektr sxema 6.19-rasmda keltirilgan.
Shunday qilib, parallel hisoblagichda barcha triggerlar bir vaqtda (sinxron ravishda) takt impulsi oladilar, chunki ularning takt kirishlari parallel ulangan. Shuning uchun triggerlar deyarli bir varakayiga qayta ulanadilar. Bu vaqtda chiqishda ma’lumot oʻrnatilish vaqti bir triggerning qayta ulanish vaqtiga teng:
tKI.min =tK
Lekin tezkorlikni oshirish sxemani murakkablashishi hisobiga amalga oshiriladi. Parallel hisoblagichga maxsus shifrator kiritiladi, ular tezkor oʻtish sxemasi (TOʻS) deb ataladi. U Q i chiqishlarga ulanadi.
Parallel hisoblagichlarda sanoq tartibi (jamlash yoki ayirish) triggerning dinamik kirishiga (toʻgʻri yoki invers) bogʻliq emas, balki triggerning qaysi chiqishi oʻtishni shakllantirish uchun ishlatilayotganiga bogʻliq. Agar triggerning toʻgʻri chiqishi ishlatilayotgan boʻlsa, bunday hisoblagich - jamlovchi, agar invers kirishi ishlatilayotgan boʻlsa ayiruvchi hisoblanadi. Yuqorida koʻrib oʻtilgan hisoblagich jamlovchidir.
Reversiv hisoblagichlarda ikkita T(+) va T(-) sanoq kirishlari mavjud. Sanoqni boshharish kirishiga berilayotgan «koʻproq/kamroq» komandaga mos ravishda navbatdagi takt impulsi kelishi bilan hisoblagich natijasini bir qiymatiga oshirish yoki kamaytirish mumkin. Reversiv hisoblagich razryad sxemalariga 2x2 HAM-YOKI elementlarida bajarilgan multipleksorlar kiritiladi.
Hulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, IMS koʻrinishida asinxron va sinxron toʻrtrazryadli hisoblagichlar ikki variantda ishlab chiqariladi: ikkilik va oʻnlik.
|
| |