|
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги
|
bet | 26/77 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 23,18 Mb. | | #128710 |
Bog'liq Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникациялаT
|
Qt+1
|
Izoh
|
0
|
*
|
Qt
|
Saqlash
|
1
|
0
|
Qt
|
Saqlash
|
1
|
1
|
Qt
|
Inversiya
|
Quyida sinxron T-triggerning vaqt diagrammasi, shartli belgilanishi va sxemasi keltirilgan.
JK-triggerlar va ularning ishlash prinsipi
JK-triggerlar (ing. Jerk-tezkor yoqish, Kill-tezkor o‘chirish) RS triggerdan farqi shundaki, agar RS triggerlarning kirish yo‘liga R=1 va S=1 signallari berish ta’qiqlangan bo‘lsa, JK –triggerlar kirish yo‘lidagi birlik signallarda u o‘z holatini teskarisiga o‘zgartiradi. Jadvalda JK-triggerning o‘tish qonuniyati, shuningdek uning vaqt diagrammasi hamda funksional sxemasi keltirilgan.
O‘tish jadvali
S
|
J
|
K
|
Qt+1
|
Izoh
|
0
|
*
|
*
|
Qt
|
Saqlash
|
1
|
0
|
0
|
Qt
|
1-ni o‘rnatish
|
1
|
1
|
0
|
1
|
1-ni o‘rnatish
|
1
|
0
|
1
|
0
|
0-ni o‘rnatish
|
1
|
1
|
1
|
Qt
|
Inversiya
|
|
|
|
|
|
Universal JK-triggerlar
Sxemada «S» kirish yo‘liga impulsning oldingi fronti berilsa, unda birinchi sinxron RS- trigger ishlaydi. RS triggerning chiqish yo‘lidagi qiymatlari J va K kirish yo‘llari qiymatlari bilan belgilanadi. Ikkinchi RS- trigger saqlash rejimida bo‘ladi. «S» kirish yo‘liga sinxroimpuls-ning orqa fronti berilsa, birinchi RS-trigger ikkilik kodni saqlash rejimiga o‘tadi. Uning chiqish yo‘lidagi qiymati ikkinchi RS-triggerga o‘tadi.
Universal JK-triggerning xususiyati shundaki, u D, T, RS-triggerlar sifatida ishlatilishi va ularning funksiyalarini bajarishi mumkin. Quyidagi sxemalarda JK-triggerni D, T, RS-triggerlar sifatida qo‘llash sxemalari keltirilgan.
Sinxron RS-trigger Asinxron T-trigger
Nazorat savollari
D-trigger triggerlar shartli belgisi.
T-trigger triggerlar shartli belgisi.
JK-trigger triggerlar shartli belgisi.
D-trigger ishlash printsipini nimaga asoslangan.
T-trigger ishlash printsipini nimaga asoslangan
JK-trigger ishlash printsipini nimaga asoslangan
D-trigger qo ‘llanilish sohalari.
T-trigger qo ‘llanilish sohalari.
JK-trigger qo ‘llanilish sohalari.
9-MAVZU: HISOBLAGICH VA UNING TURLARI
Reja:
1. Hisoblagichlar va ularning klassifakatsiyasi
2. Jamlovchi hisoblagich
3. Ayiruvchi hisoblagich
4. Reversiv schetchik
5. Parallel hisoblagichlar
Tayanch so’z va iboralar: Hisoblagich, asinxron hisoblagichlar (ketma-ket), sinxron hisoblagich (parallel), jamlovchi va ayiruvchi, ikki yo’nalishli (reversiv) hisoblagichlar.
1. Hisoblagichlar va ularning klassifakatsiyasi
Hisoblagichlar- ketma-ket qurilma bo‘lib, kirish yo‘liga berilgan impulslar sonini hisoblash va saqlash uchun xizmat qiladi.
Hisoblagichlar bir nechta belgilar bo‘yicha klassifikatsiyalanadi. Ularni alohida ko‘rib chiqamiz.
1.Hisob yo‘nalishi bo‘yicha:
a) yig‘iluvchi;
b) ayiruvchi;
v) reversiv.
2. O‘tish (perenos) sxemalarini tashkil etish yo‘li bo‘yicha:
a) ketma-ket perenosli hisoblagichlar;
b) to‘g‘ridan to‘g‘ri perenosli hisoblagichlar;
v) Parallel perenosli hisoblagichlar;
3. Perenos koeffitsienti bo‘yicha:
a) ikkilik;
b) ikkilik-o‘nlik;
v) ixtiyoriy doimiy qayta hisoblash koeffitsienti;
g) hisobning o‘zgaruvchan koeffitsienti bilan va h k.
4. Hisoblagichning sinxronizatsiya asosida holatini o‘zgartirish bo‘yicha:
a) asinxron;
b) sinxron.
|
| |