|
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги
|
bet | 28/77 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 23,18 Mb. | | #128710 |
Bog'liq Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникациялаAyiruvchi hisoblagichlar. Ketma-ketli ayiruvchi hisoblagichlarda navbatdagi sanoq impulsi kelishi bilan, hisoblagichdagi son bittaga kamayadi. Bu hisoblagichlarda birinchi impuls kelishi bilan maksimal ikkilik son (uchrazryadli hisoblagichda Q1 =Q2 = Q3 =0) yoziladi, keyin har yangi impuls kelishi bilan 0 qiymatgacha kamayib boradi.
4.15-rasmda keltirilgan hisoblagich ayiruvchi boʻlib ishlashi mumkin. Buning uchun keyingi triggerlarning C kirishi oʻzidan avvalgi triggerning invers chiqishlariga ulash, S asinxron kirishni esa biror boshlanqich sonni oʻrnatish uchun ishlatish kerak.
Agar trigger 4.16-rasmda keltirilganidek, kirish impulsining kesimi bilan boshqarilsa, ayiruvchi hisoblagich sxemasini tuzishda keyingi keluvchi trigger kirishi avvalgi triggerning toʻgʻri (noinvers) chiqishi bilan ulanadi.
Ixtiyoriy sanoq moduliga ega boʻlgan ketma-ketli hisoblagichlar.
Umuman olganda, K≠2n boʻlgan hisoblagichlar tuzishda, mos keluvchi ikkilik hisoblagich sxemasiga ortiqcha holatlarni bartaraf etuvchi teskari aloqa kiritiladi. Masalan, sanoq moduli 3 ga teng boʻlgan hisoblagich tuzish uchun ikki razryadli ikkilik hisoblagich (K=22 =4) qoʻllash kerak. Unda ikkilik soni 11 ga teng boʻlgan bitta ortiqcha holatni (K=22 -1=3) bartaraf etish mumkin, ya’ni triggerlar toʻrtinchi emas, uchinchi impuls kelishi bilan nolga oʻtishi kerak. Bunday sxemalarni tuzish uchun JK-triggerlar qulay hisoblanadi. Ikkita JK-triggerlarida bajarilgan, sanoq moduli 3 ga teng boʻlgan hisoblagich sxemasi 4.17-rasmda keltirilgan. Ketma-ketli hisoblagichlarni JK-triggerlarini kiritib turlicha ulash yordamida ixtiyoriy K sonini hosil qilish mumkin.
Reversiv hisoblagichlar. Hisoblagichlardagi sanoq yoʻnalishi (tartibi) razryadlararo aloqalar turini oʻzgartirib turlicha boʻlishi mumkin.
Masalan, har triggerning sanoq kirishlariga amalini bajaruchi, ya’ni multipleksor boʻlgan HAM-YOKI-EMAS MElarini kiritib reversiv hisoblagich hosil qilish mumkin. Dinamik T-triggerida bajarilgan bunday reversiv hisoblagich sxemasi 4.18-rasmda keltirilgan.
V kirish trigger ishini toʻhtatadi va unga yozilgan ma’lumot ancha muddat ichida saqlanishi mumkin. Ketma-ket uzatishli hisoblagichlar ichki tuzilmasining soddaligi bilan ajralib turadi, lekin kichik tezkorlikka ega, chunki triggerning har bir ulanishi, avvalgisi qayta ulangandan soʻng amalga oshadi. Shuning uchun chiqishda ma’lumot oʻrnatilishinig minimal vaqti quyidagiga teng:
tKI.min =NtK ,
bu yerda, N – hisoblagich razryadlari soni, tK – hisoblagich bir raz-
ryadining qayta ulanish vaqti.
|
| |