|
Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya
|
bet | 8/47 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 490,46 Kb. | | #99136 |
Massiv bu bir toifaga mansub elementlar to„plami bo„lib, uning 2 xil ko„rinishi mavjud: 1 o„lchovli va 2 o„lchovli massivlar. 1 o„lchovli massivda har bir element 1 ta indeksga, 2 o„lchovli massiv (matritsa) da esa elementlar 2 ta indeksga ega bo„ladi. 1 o„lchovli massivda elementlarning indeksi ularning turgan o„rni, ya‟ni tartib raqami bilan belgilanadi. 2 o„lchovli massivlarda esa elementlarning 1-indeksi uning joylashgan satri va 2-indeksi esa u joylashgan ustun tartib raqami bilan belgilanadi. Har ikkala holatda ham massiv elementlari indekslari 0 dan boshlanadi. C++ dasturlash muhitida massivlarni e‟lon qilish uchun ularning oldiga toifasi ko„rsatilib, massivga nom va [] kvadrat qavs ichida massiv uzunligi, ya‟ni elementlar soni ko„rsatiladi, ya‟ni masalan: int a[10]; char b[10][20];
1 o„lchovli massiv - a[0],a[1],…,a[n]
2 o„lchovli massiv - a[0][0],a[0][1],…,a[0][m]
a[1][0],a[1][1],…,a[1][m]
… a[n][0],a[n][1],…,a[n][m]
Ikki o„lchamli massiv elementiga murojaatni amalga oshirish uchun uning indeksi qiymatlari zarur bo„ladi. Fizik bosqichda ikki o„lchamli massiv ham xuddi bir o„lchamli massiv kabi ko„rinishga ega bo„ladi hamda translyatorlar massivni qator yoki ustun ko„rinishida ifodalaydi.
#include using namespace std; int main()
{
int a[2][3],s=0; for(int i=0;i<2;i++) for(int j=0;j<3;j++){
cin>>a[i][j];
s+=a[i][j];
}
cout< system("pause");
}
Agar massiv toifasi char bo„lsa, u holda massiv satr hisoblanadi, ya‟ni simvollar ketma-ketligi. Satr belgilariga murojaat xuddi massivdagi kabi indeks bilan amalga oshiriladi. Masalan:
char str[10]; str[0]=’q’;
Satrlar ustida turli amallarni bajarishga mo„ljallangan bir qancha funksiyalar mavjud. Satr uzunligini aniqlash strlen() bilan amalga oshiriladi. Satrlarga oid misol ko„ramiz. Berilgan satrdagi unli harflarni ajratib ko„rsating.
#include using namespace std; int main(){
char str[20]; cin>>str;
int l=strlen(str); for(int i=0;i
if(str[i]=='a'||str[i]=='o'||str[i]=='i'||str[i]=='e'||str[i]=='u'|| str[i]=='y')
cout< system("pause");
}
Natija: dastur
au
|
| |