unsigned
int itsYosh;
unsigned
int itsOgirlik;
void Miyovlash();
}
Bu tarzda sinfni e’lon qilishda itsYosh va itsOgirlik maydonlari ham,
Miyovlash() metodi ham yopiq a’zo sifatida aniqlanadi.
Dasturda yuqoridagi
tartibda Mushuk sinfi e’lon qilingan bo‘lsa va bu sinf ekzemplyari bo‘lgan
obyektning itsYosh a’zosiga main() funkstiyasi tanasidan turib murojaat qilsak
kompilyator xatolik ro‘y berganligi haqida xabar beradi.
Mushuk Baroq;
Baroq.itsYosh = 5 // Xatolik!
// Yopik a’zoga murojaat kilish mumkin emas.
Mushuk s
infi a’zolariga dasturning boshqa obyektlari tomonidan murojaat
qilish imkonini hosil qilmoqchi bo‘lsak, uni public kalitli so‘zi
orqali amalga
oshiramiz.
class Mushuk
{
public:
unsigned int itsYosh;
unsigned int itsOgirlik;
void Meow( );
}
Endi publickalit so‘zi orqali sinfning barcha a’zolari (itsYosh,
itsOgirlik, Miyovlash()) ochiq a’zo bo‘ldi.