• Haydash()
  • Amaliy ish bo’yicha sinov savollari




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/7
    Sana17.12.2023
    Hajmi0,78 Mb.
    #121794
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    6- amaliy ish

    Amaliy ish bo’yicha sinov savollari
     
    1. Dasturlash tilidagi sinf, maydon, metod tushunchalariga izohg bering 
    2. Ochiq (public) va yopiq (private) o‘zgaruvchi – a’zolar orasida qanday farq bor? 
    3. Sinfning funksiya a’zolari qachon yopiq bo‘lishi lozim? 
    4. Sinfning funksiya a’zolari qachon ochiq bo‘lishi lozim? 
    5. Qaysi holda sinf usullari joylashtiriluvchi funksiya hisoblanadi?
    6. Konstruktorlar va destruktorlarga izoh bering. 
    7. Sinf obyektini hosil qilishda qanday funksiya chaqiriladi? 
     
    NAZARIY QISM 
    Sinflar va sinf a’zolari 
    Yangi tip sinfni e’lon qilish bilan tuziladi. Sinf - bu bir – biri bilan funksional 
    orqali bog‘langan o‘zgaruvchilar va metodlar to‘plamidir. Sinflarga amaliyotdan 
    ko‘pgina misollar keltirish mumkin. Masalan, avtomabilni g‘ildirak, eshik, o‘rindiq, 
    oyna va boshqa qismlardan tashkil topgan kollekstiya yoki haydash tezligini oshirish
    to‘xtatish, burish imkoniyatlariga ega bo‘lgan obyekt deb tasavvur qilish mumkin. 
    Avtomobil o‘zida turli ehtiyot qismlarni va ularni funksiyalarini inkapsulyastiya 
    qiladi. Avtomobil kabi sinfda ham inkapsulyastiya qator imkoniyatlarni beradi. 


    Barcha ma’lumotlar bitta obyektda yig‘ilgan va ularga osongina murojaat qilish
    ularni o‘zgartirish va ko‘chirish mumkin. Sizning sinfingiz bilan ishlovchi dasturiy 
    qismlar, ya’ni mijozlar sizning obyektingizdan, uning qanday ishlashidan 
    tashvishlanmasdan, bemalol foydalanishlari mumkin. 
    Sinf o‘zgaruvchilarning ixtiyoriy kombinastiyasidan, shuningdek boshqa sinflar
    tiplaridan iborat bo‘lishi mumkin. Sinfdagi o‘zgaruvchilar o‘zgaruvchi – a’zolar yoki
    xossalar deyiladi. Sar sinfi o‘rindiq, radiopriyomnik, shina va boshqa o‘zgaruvchi -
    a’zolardan iborat. O‘zgaruvchi – a’zolar faqatgina o‘zlarining sinflarida yotadilar. 
    G`ildirak va motor avtomobilning qanday tarkibiy qismi bo‘lsa, o‘zgaruvchi – a’zolar 
    ham sinfning shunday tarkibiy qismidir. 
    Sinfdagi funksiyalar odatda o‘zgaruvchi a’zolar ustida biror bir amal bajaradilar. 
    Ular funksiya – a’zolar yoki sinf metodlari deb aytiladi. Mashina sinfi metodlari 
    qatoriga Haydash() va Tuxtatish() metodlari kiradi. Mushuk sinfi hayvonni 
    yoshi va og‘irligini ifodalovchi o‘zgaruvchi – a’zolarga ega bo‘lishi mumkin. 
    Shuningdek, bu sinfning funksional qismi Uxlash(), Miyovlash(), 
    SichqonTutish() metodlaridan iborat bo‘ladi. 
    Funkstiya – a’zolar ham o‘zgaruvchi a’zolar singari sinfda yotadi. Ular 
    o‘zgaruvchi a’zolar ustida amallar bajaradi va sinfni funksional imkoniyatlarini 
    aniqlaydi. 

    Download 0,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish