// ishorasiz
butun sonni aniklaymiz
Cat sinfidagi obyekt esa quyidagicha aniqlanadi:
Mushuk Frisky // Mushuk obyektini aniqlaymiz.
Bu dasturiy kodlarda unsigned int tipidagi MyVariable nomli o‘zgaruvchi
va Mushuk
sinfining Friskynomli obyekti aniqlandi.
Ko‘pgina hollarda sinf va obyekt tushunchalarini ishlatishda chalkashlikka yo‘l
qo‘yiladi. Shuning uchun, obyekt sinfning
biror bir ekzemplyari
(nusxasi)
ekanligini yana bir bor ta’kidlash joiz.
Sinf a’zolariga murojaat qilish imkoni
Mushuk
sinfining real obyektini aniqlaganimizdan so‘ng, bu obyektning
a’zolariga murojaat qilish zaruriyati tug‘ilishi mumkin.
Buning uchun bevosita
murojaat
(.)
operatori
qo‘llaniladi.
Masalan,
Frisky
obyektining
Weight
o‘zgaruvchi - a’zosiga 50 sonini o‘zlashtirmoqchi bo‘lsak quyidagi jumlani
yozishimiz lozim.
Fresky.Weight=50;
Meow()metodini chaqirish uchun esa
Frisky.Meow();
jumlasini yozish lozim.