Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va




Download 53,23 Kb.
bet2/2
Sana20.11.2023
Hajmi53,23 Kb.
#102247
1   2
Bog'liq
1-amaliy psixologiya

tuzilishi, siyosiy tuzum hamda milliy mafkura g`oyalari asosida 
qaror topadi. Ijtimoiy jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy g`oyaviy 
asoslarini tashkil qiladigan tarbiyaning mazmuni va uning olib borilishiga 
kuchli ta`sir ko’rsatiladigan ijtimoiy jarayonlar tarbiyaning sub`ektiv omillari 
sirasiga tarbiya muassasalari, jamoat tashkilotlari, Oqituvchilar, tarbiyachilar, oila muhiti, jamotchilik dunyoqarashi, mafkura g`oyalari, shaxsni har tomonlama 
rivojlantirishga oid faoliyat kabilar kiradi.

Shaxsning rivojlanishi tarbiyaning g`oyaviy mazmuni va sifat darajasiga bog`liqdir. Ayni chog`da tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari, shaxsning
rivojlanish darajasiga ham bog`liq.Tarbiya jarayoni psixologiya fani asoslarini,shaxsning psixologik va fiziologik rivojlanish qonunlarini bilishni talab qilad.
Tarbiyachi (Oqituvchi) tarbiyalanuvchi (oquvchi) shaxsnini har tomonlama 

urganishi va shu asosida ta`sir ko’rsatishi lozim. Tarbiyalanuvchining shaxsiy xususiyatlari va imkoniyatlari hisobga olinmas ekan, tarbiyaviy ta`sir bir 
 tomonlama yoki tasodifiy bo’lib qoladi. Shuningdek, ular boshqa tarbiyaviy 
ta`sirlarga mos bo’lmay qoladi.
Tarbiyalanuvchilarning faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali ravishda
maqsadga muvofiq tashkil etilar, shaxs va jamiyat urtasidagi munosabatning 

oqilona bo’lishi ta`minlar ekan, tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo’ladi. Shaxs faoliyati ijtimoiy munosabatlar negizida yo’lga qo’yilib, tizimli tarzda 
kechadi. Sub`ekt (shaxs ) > ob`ekt (ijtimoiy borliq) > ijtimoiy munosabatlar
tarzda tashkil etiladigan aloqa jarayoni shaxs faoliyati mazmuni va yo’nalishi-ni ham belgilashi mumkin. Ijtimoity munosabatlarni tashkil etish jarayonida shaxsga borliqni his etish, o’z- o’zini anglash, aloqa aralashuv va o’zlashtirish
sanaladi. Ijtimoiy munosabatlar mohiyatini anglash ehtiuyojini qondirishga 
qaratligan faoliyat jarayonida ijtimoiy bilimlarni uzlashtirishga nisbattan
qiziqish hosil bo’ladi. Qiziqish o’z navbatida shaxsda muayyan hayotiy
maqsadning qaror topishiga olib keladi. Maqsad asosida shaxs nafaqat 
ijtimoiy bilimlarni egallashga intiladi, balki o’zlashtirilgan bilimlarni egallash layoqatini ham nomayon eta borish maqsadga muvofiqdir. Maqsad mazmuniniifoda etuvchi g`oyalar amaliy harakatlarni tashkil etish borisidagi rag`batlar-ning yuzaga kelishi uchun zamin hozirlaydi. Rag`batlar o’zida quyidagi
xususiyatlarni aks ettiradi fuqoralik vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmiy 

 anglash, ahloqiylik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, estetik, huquqiy va boshqalar.
Qayd etilgan rag`batlar amaliy xarakatning tashkil etilishi uchun turtki beradi.
Ijtimoiy munosobatlar jarayonida shaxs faoliyati mazmunini tahlil etish, 

ularda o’z faoliyatlariga nisbatan tanqidiy yondashuvni qaror toptirish, shunung-dek o’z faoliyatiga borish talab etiladi.

Xulosa, oquvchi shaxsida shakllanadigan ijtimoiy-insoniy sifatlar quyidagi


tizim asosida kechadi:
Ehtiyojlar

Ijtimoiy munosabat
Qiziqish 
Ijtimoiy-munosabatlarning yaxlit tizimida tarbiyachi, Oqituvchi, ota-onalar
hamda jamoaning tarbiyalanuvchi,oquvchi, farzandar va shaxs bilan buladigan 

o’zaro ta`siri jarayonida kelib chiqadigshan tarbiyalanuvchi munosabatlar 
 alohida ahamiyatga ega.
Tarbiyachi (Oqituvchi)larning tarbiyalanuvchi (oquvchi) larning tarbiyalanuv
(oquvchi)larga pedagog ta`siri ular faoliyati va munosabatlarini tizimli hamda rejali tarzda maqsadga muvofiq tashkil qilishni nazarda tutadi.
Rivojlantiruvchi (shaxsni rivojlantirish) tarbiyalovchi (tarbiya maqsadlarini
amalga oshirish) va tashkilotchilik,(faoliyat va munosabatlarni maqsadga


muvofiq tashkil etish) vazifalari tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning
asosiy vazifalari sanaladi.
Tarbiyalovchi ta`sirlar muayan shaxslarga turlicha ta`sir kursatadi. Shu bois
tarbiyachi har bir tarbiyalanuvchining uziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga

olib, ta`sir ko’rsatishning individual yo’llarini qidirib topishi lozim. Tarbiya-chi aksariyat xollarda pedagogning ongliligi, axloqiy sifatlarga egaligi,
odilligi, qat`iyatliligi va boshqalarni xususiyat bilishiga bog`liqdir.
Demak, tarbiya jarayonining qonuniyatlari quydagilardan iboratdir.
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari
1. Tarbiyaning ijtimoiy muhitning ob`ektiv va sub`ektiv olimlarga bog`liqligi.
2. Tarbiyaning shaxs taraqikieti (rivojlanishi) bilan birligi uzaro aloqadorligi va
bog`liqligi
3. Faoliyat va sunosabat birligining shaqlda ijtimoiy ijobiy fazilatlarni
shaqlantirish negizi va asosiy manbai ekanligi
4. Tarbiyalanuvchilarning uzaro tarbiyaviy ta`siriga ega ekanliklari, ularning
uzro munosabatlari hamda faol faoliyatlari urtasidagi bog`lanish


Tarbiya tamoyillari deb yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib
chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yo’nali-shiga qo’yiladigan eng muhim talabalarni belgilab beruvchi asosiy g`oya va

qoidalar yigindisiga aylanadi.
Tarbiya tamoyillari o’qituvchi, tarbiyalovchilarga yul-yuriq ko’rsatuvchi
qoidalar bo’lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish 

 vazifalariga muvofiq belgilanadi,shuningdek ular shaxs tarbiyai borasidagi 
 ilg`or ta`limotlar g`oyalriga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asos-lanadi.
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi.
Tarbiyaviy jarayonda ilg`or tamoyillarga amal qilinishi uning samarasini
ta`minlaydi.

Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat.


-tarbiyaning maqsadga yo’naltirilganligi
-tarbiyada demokratik va insonparvarlik g`oyalar ustunligi
-tarbiyada milliy umumbashariyqadriyatlar ustunligi
-tarbiyada izchillik va tizimlilik
-tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo’shib olib borish
-tarbiyani mehnat bilan bog`lash
-tarbiyalanuvchi shaxsini xurmat qilish
-tarbiyada oquvchining esh va individual xususiyatlarini hisobga olish
-jamoa va jamoa erdamida tarbiyalash
-tarbiyada oquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni
yuqotish. , tarbiyalangalik darajasiga. Tarbiya metodlarining qay
darajada urinli va samarali tanlan-gani hamda mohirona qullanilganligiga
bog`liq.Tarbiya metodlarini to’g`ri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal
qilishda,oquvchilarning o’z-o’zini tarbiyalash va faoliyatini rag`batlantirishda
yordam beradi.
- Tarbiya metodlari
- Ongni shaqllantirishga xizmat qiluvchi metodlar
- Odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodlari
- Tarbiyada rag`batlantirish va jazolash metodlari


Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me`yorlar shaxsning e`tiqodi, ishonch va hayotiy qarashlargi aylanadi. Ushbu guruhga ma`naviy (ahloqiy,estetik, siyosiy,huquqiy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy va h.k) mazmunidagi suhbatlar hikoyalar ma`ruzalar hamda namuna kursatish metodlarini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh metodlari yordamida oquvchida ma`naviy mazmunga ega odatlar
hosil qilinadi. oquvchi hulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq ma`-naviy odatlar asosan faoliyat zaminida tarkib topadi.
Faoliyat oquvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-atvor tajribasi
bilan boyituvchi muhim manba bulib hisoblanadi.
Ikkinchi guruh metodlari orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir.
Pedagogik talab turli vazifalarning bajarilishi: ya`ni, ijtimoiy xulq atvor

ma`yorlarni ifodalash: u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur
bo’lgan aniq bir vazifani amalga oshirish: u eki bu harakatni rag`batlantiruv-chi yoki to’xtatuvchi bo’lishi: oqilona harakatni olib borishga undovchi bo’lishi mumkin. Tarbiyaning barcha metodlari sharoitni, joy vaqtini, shuningdek, ularning uzaro bir-biriga ta`siini hisobga olgan holda qullash maqsadiga muvofiqdir.
Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya
metodlari va usullardan foydalanilish taqozo etiladi, chunki ular
yordamida  ong, xistuyg`u, xulq atvor tarkib toptiriladi, oquvchining turli ko’rinishidagi faoliyati uyushtiriladi.
Bugungi kunda tarbiya jarayonida axborot va texnik vositalardan
foydalanishga alohida diqqat e`tibor qaratilmoqda. 

 Ulardan maqsadga muvofiq va samarali foydalanish oquvchining ma`naviy
kamol topishiga olib keladi.
Yuqorida bildirilgan mulohazalarga tayangan holda mavzu yuzasidan quyidagi
xulosalarga kelish mumkin.
1. Tarbiya jarayonining asosini ijtitmoiy-xayotning ob`ektiv talabalarini,
shaxsning ijtimoiy mohiyatini hamda tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar

tashkil etadi.
Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlrini
chuqur urganishni talab etadi.
2. Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga
kura ish kurilayotaganligiga ham bog`liq. 3. Tarbiya jarayonini tashkil etishda o’quvchi tomonidan qo’llaniladigan
metodlar ham muhim ahamiyatga ega bulib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta`lim muassasalari oldiga quyilgan esh avlodni har tomonlama barkamol, 


 erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadiTarbiya metodlari o’zaro o’xshash jihatlariga kura uch guruxga bo’linadi.
Tarbiya jarayonida qo’llaniladigan tarbiya vositalari tariya metodjlari
ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi

3. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni olib oorishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
1- Pedagogik kuzatish metodi.
2.Suhbat metodi.
3.Anketa metodi.
4.Intervyu metodi.
5.Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
6.Test metodi.
7.Pedagogik tahlil metodi.
8.Bolalar ijodini o'rganish metodi.
9. Pedagogik tajriba metodi.
10. Matematik-statistik metod.
Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo'llash jarayonida, ta'Iim muassasalarining o'quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish asosida tadqiq etiiayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba— avvali va yakunida qo'Jga kiritilgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi farq to'g'risidagi ma'iumotga ega bo'linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo'lga kiritish mumkin.
Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo'lingan ma'lumotlarni boyitish, mavjud holatga to'g'ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o'tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to'la-to'kis namoyon bo'lishiga erishish muhimdir. Uning samarali bo'lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq: 1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savolJarning mazmunini aniqlash hamda savollar o'rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta'minlash; 2)suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 31 3)suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma'lum to'xtamga kelish; 4)suhbatdosh to'g'risida avvaldan muayyan ma'lumotlarga ega bo'lish; 5)suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo'lish; 6)suhbatdoshning o'z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; 7)savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 8) olingan ma'lumotlarni o'z vaqtida tahlil qilish. Anketa metodi (fransuzcha — tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to'plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan niuioqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko'p hollarda, yozma ravishda olinadi. O'rganilayotganjarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo'ladi: 1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar); 2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo'q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). Anketa metodini qo'llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir: 1)anketa savollari tadqiq etiiayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; 2)anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo'lmasligi kerak; 3)anketa savollari o'quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur; 4)anketa savollari respondentlar tomonidan to'la javoblar berilishini ta'minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur; 5)anketa o'quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbayiga aylantirib yuborilmasligi zarur; 6)anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.

Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etiiayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta'minlaydi. Intervyu respondent e'tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o'tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Ta’lim muassasasi huiiatlarini tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa Va dalillarni tekshirish maqsadida ta'Iim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi
ma'lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Vlazkur metod O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta'Iim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o'rganish, bu boradagi faollik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg'or tajribalarni 31 ommalashtirish va ta'lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo'llaniladi.

Test metodi. Ushbu metod respondentlartomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo'yicha o'zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko'nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o'z mohiyatiga ko'ra quyidagi savollardan iborat: 1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar); 2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo'q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). 3) to'g'ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o'z yondashuvlariga ko'ra to'g'ri deb topgan javob variantini belgilaydiiar). Test metodini qo'llashda aniqlanishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo'yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o'z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyatiga ega emas.

Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo'llashdan ko'zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo'nalishlarda o'rganilganlik jarajasini aniqlashdan iborat bo'lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g'oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Bolalar ijodini o'rganish metodi. Mazkur metod o'quvchilarning muayyan yo'nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma'lum fan sohalari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo'llaniladi. Uni qo'llashda o'quvchilarning ijodiy ishlari - kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita boiib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma'lum o'quvchiga xos bo'lgan individual imkoniyatni ko'ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Bolalar ijodini o'rganishning quyidagi shakllari mavjud: 1)fan olimpiadalari; 2)turli mavzulardagi tanlovlar; 3)maktab ko'rgazmalari; 4)festivallar; 5)musobaqalar.

Pedagogik tajriba metodi. (eksperiment — lotincha «sinab ko'rish», «tairiba qilib ko'rish») Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o'rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishni kafolatlay olishi, ilgari 31 surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o'z in'ikosiga ega boia olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo'naltirilgan pedagogik tajriba ma'lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokioa amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.

Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qoilaniladi, muammo holatini ifodalovchi ko'rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlii etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko'rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlar olib borishda Styudent, Ko'virlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.
4. Tarbiyada oilaviy munosabatlar

Insonning ma'naviy jihatdan kamol topishiga oila muhim rol o’ynaydi, chunki oila ikki muhim vazifani bajaradi –farzandlarni dunyoga kеltirish hamda ularga to’g’ri tarbiya bеrish.

Ota-onalar bola hayotining birinchi kunlaridan boshlab unga sog’lom o’sish, rivojlanish va xulqini shakllanishiga yordam bеruvchi ijobiy odatlarni tarbiyalash, ularga axloq madaniyatini shakllantirish, ularga umumiy qoidalarni tushuntirib bеrish jumladan, uyda, bolalar bog’chasida, maktabda, ko’chada, jamiyat joylarida qanday tutish kеrakligi haqida aytib o’tishi shart. O’zidan katta va tеngdoshi bilan muomala madaniyatini o’rgatish, kattalarni hurmat qilish, ular bilan sizlab gapirish kеrakligi haqida aytishsa foydadan xoli bo’lmaydi.

Oilada o’g’il farzand voyaga еtgandan kеyin har bir ota o’z bolasiga erkakning vazifasi nimadan iborat bo’lishi ya'ni oilani ma'naviy, iqtisodiy qo’llab quvvatlash, ayoli va farzandlarining tashvishlariga shеrik bo’lish, oila mabodo xavf-xatarga yo’liqsa qalqon bo’la olish va umuman oila a'zolariga g’amxo’r bo’la olishni tushuntirib bеrishi lozim.

Agar oilada qiz voyaga etsa onasi unga ayolning vazifasi nimadan iborat ekanligini ya'ni oilada farzand tarbiyasi bilan shug’ullanishi, ularni oq yuvib, oq tarashi, erkakning olib kеlgan oziq-ovqatlarini pishirishi, mеhmon kutish va еng muhimi er va bolalarini ishga va o’qishga kuzatish, kutib olishni hayotiy misollar bilan aytib bеrsa nur ustiga nur bo’ladi. Oilada qat'iy intizom va kun tartibining bo’lishi bolalar tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi.

Farzandlarning bilim olishdagi yutug’i, axloqi, sog’lig’ darajasi ko’p jihatdan oilada qaror toptirilgan rеjimiga bog’liq.

Ota-onalar o’zlari ham ana shu tartibga amal qilib, namuna bo’lishlari zarur.

Oilada ota-onalar o’rtasidagi o’zaro samimiyat, hamjihatlik, mеhru oqibat, o’zaro hurmat, shirinsuxanlik, bir-biriga g’amxo’rlik qilish kabi munosabatlar farzand tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi.

Ota-ona har narsadan urush-janjal chiqarib, farzandlari oldida bir-birini so’kib, qarg’ab hurmatsizlik qilsa, bu farzandlar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko’rsatishi aniq, kеyin ,,Qush uyasida ko’rganini qiladi”-dеgan maqolni ham esdan chiharmaslik lozim. Donolarimiz bеkorga aytishmagan: “Bir kun janjal bo’lgan uydan qirq kun baraka, xayr kеtadi”. Oilaviy janjallar xonadon muhitini buzadi.

Yana muhim vazifa ota-onalar bosh tarbiyachilar sifatida va farzandlariga avlodlarimiz tarixi, ularning qahramonligi, jamiyatdagi obro’-e'tibori haqida ehtiros bilan gapirib bеrmog’i va shu asosda yoshlarda Vatan tuyg’usini uyg’otishi lozimdir.

Dono halqimiz aytganidеk, “Inson o’zining еtti avlodini bilmog’i kеrak”. Bolalikda tarbiyalangan vatanparvarlik hissi insonni hеch qachon tark еtmaydi. Shu bois ota-onalar bolalarida milliy qadriyatar asosida vatanparvarlik hislarini tarbiyalash tamoyillari ustida ishlamoqlari kеrak. Bunda yashab turgan muqaddas zaminimiz, uning quyoshi, suvi, havosi, bog’i rog’lari, mеhmondo’stligi va insonparvarlik bola qalbini cho’lg’ab olmog’i lozim. Buning uchun ota-onalar bolalariga xalq pеdagogikasi janrlarida talqin etilgan ertaklar, hikoyalar, qo’shiqlardan foydalanish kеrak.

Ota-onalar o’z farzandlari bilan birgalikda tabiat qo’yniga sayr qilishlari ham yaxshi natija bеradi. Ular farzandlarining tabiatdan bahramand bo’lishdan tashhari, ona vatanga bo’lgan muhabbatini, yashab turgan ona diyori go’zalligini tabiat nе'matlarining qadriga еtishi, ularni avaylab –asrashni farzandlarning ongiga singdirib borishlari lozim.

Xullas, har bir ota-ona o’z farzandi tarbiyasiga e'tibor bilan harasa, ota-onalik burchini ado etsa jamiyatning rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shgan bo’ladi natijada oilada sog’lom bola, barkamol inson tarbiyalanadi.

Dunyo taraqqiyoti insonlar tomonidan kashf etilgan yangiliklar bilan ta'minlanadi. Shu kashfiyotlarni eng buyugi – bu oila bo’lsa ajab emas. Zеro, oila u qaysi millat, qaysi davlatga oid bo’lishidan qat'iy nazar aynan mana shu millatni, mana shu davlatning hususiyatini o’zida mujassam etadi.

Shu ma'noda birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimovning “… bu yorug’ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand dеb atalmish bеbaxo nе'mat bor. Farzand bor ekan, odamzod xamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi”,- dеgan fikri ayni muddaodir. Shuning uchun ham oila insoniyatning ilohiy va mo’'jizaviy kashfiyotidir.

O’zbеk xalqining madaniyati tarixida Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani alohida xurmat, ehtirom ila tilga olinadi. Unda ma'naviyat, madaniyat, axloqiy-estеtik munosabatlarning klassik namunalarini ko’rishimiz mumkin: Oilaning har bir a'zosini o’z munosabat uslublari, xatti-harakat tamoyillari bor. Ular oilaning har bir a'zosi, har bir vaziyat uchun alohidalik, o’ziga xoslik kasb etadi. Otabеk – Kumush, Otabеk – Yusufbеk Hoji, Otabеk –Qutidor, Otabеk – Zaynab munosabatlari bunga misol bula oladi. Munosabatning har bir vaziyatida ma'naviy namuna mavjud. Shuning uchun ham oilaviy munosabatlar, uni bolalarda ma'naviyatli, sog’lom bola qilib tarbiyalashda “O’tgan kunlar” sеnariysini andoza qilib olish mumkin .

Oilada sog’lom bola, barkamol shaxs tarbiyasiga zamin yaratishda ota-onaga nisbatan bobo-buvilarning o’rni ko’proq. Mirzo Ulug’bеkni buvisi Saroymulkxonim nabirasini buyuk olim, ma'naviyati yuksak darajadagi inson va davlat arbobi sifatida rivojlantirishida muhim o’rin tutgani tarixdan ma'lum. Madaniyat tarixida yuksak pog’onalarni zabt etgan buyuk shoirlar A.S.Pushkinni enagasi, Sеrgеy Еsеnin va hamid Olimjonni buvisi o’zlarining ertaklar olami bilan nabiralarni madaniyat gulshaniga yo’llaganlar. Bunday misollarni mashxur yozuvchilar, xofizu sozandalar, aktyorlar, rassomlar xayotlaridan misollarni yuzlab kеltirish mumkin.

Oila sharoitida ota-onalar alohida e'tibor qaratishi lozim bo’lgan muhim jihatlardan biri bu – atrof-muhitni, olamni, shu jumladan oiladagi mikromuhitni bola tomonidan qiziqish bilan idrok etish ma'naviyat va vatanparvarliklarni rivojlantirishining bеlgilovchi omilidir. Ota-onalarning bu boradagi faoliyati uch yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalish– ota-onalar farzandlarida ma'naviyat va vatanparvarlikni rivojlantirishi uchun qulay oilaviy mikromuhit yaratishlari lozim. Ikkinchi yo’nalish – ota-onalar o’z farzandlarining faoliyatlarini kuzatib, lozim bo’lgan vaziyatlarda bu jarayonga ma'lum ijodiy o’zgartirishlar kiritish, bu jarayonni pеdagogik-psixologik jixatdan boshqarishlari lozim. Uchinchi yo’nalish – bu bеvosita ota-onalarning o’z xatti-harakatlari, faoliyatlari, estеtik qiziqishlari, bilan bolalarini o’z ortlaridan ergashtira olishlari, ya'ni o’rnak, ibrat bo’lishlari lozim .

Kеzi kеlganda ta'kidlash joizki, ko’p hollarda ota-ona va bola munosabatlarida ta'qiqlovchi ko’rsatmalar ustuvorlik qiladi. Bu jarayonda bir qator noto’g’ri qarorlar qabul qilinadiki, uning zamirida pеdagogik–o’quvsizlik, ta'bir joiz bo’lsa, savodsizlik yotadi. Aslida, ota-ona o’z farzandiga ta'qiqlab qo’ygan narsasini o’zi xotirjam bajaradi. Masalan, uzoq muddat davomida tеlеvizor ko’radi, bir-biriga, shu jumladan farzandlariga qo’pol muomalada bo’ladi, qo’shnisiga yolg’on gapiradi va hokazo.

Axloqiy jihatdan xunuk bu holatlar, bеvosita ma'naviyat va vatanparvarliklarni to’g’ri rivojlantirishiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Zеro, taqlid bolalar faoliyatida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ota-onalarning faoliyatlarida, bolalarga nisbatan munosabat­larida haqqoniylik, ob'еktivlik bosh mеzon bo’lmog’i lozim. Muhimi, ular nimaiki qilsa yoki bajarishsa, bola ongida ijobiy, ijodiy xis hosil qilsin.

Oilaviy ta'lim- tarbiyada oilaviy -psixologik ruxiy holatini yaratish barcha yo’nalishdagi tarbiyaviy ishlarning asosiy shartidir. Amaliyotda ota-ona va farzand munosabatlarida ko’p uchraydigan oddiy maishiy holatni tahlil etib ko’raylik. Birinchi xolat, ota-onalar, ayniqsa, onalar o’z farzandlariga salbiy extiroslarini “izhor etadilar”, “sochadilar”. Ayrim hollarda tushinarsiz holatlar yuzaga kеladi. Faraz qilaylikki, uyingizga mеhmon kеldi. Siz uning farzandiga alohida iltifot ko’rsatasiz. O’z farzandlaringizdan “charchash” holati yuzaga kеladi. Bu vaziyat farzand tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-ona va farzand munosabatlarida “buyruq, topshiriqlar”ning bir xilligi, ya'ni ota-onalarning o’z farzandlariga bir xil mazmundagi ko’rsatma bеrishlari e'tiborga molikdir. Agar ota bir yo’nalishda, ona boshqa yo’nalishda va mazmunda topshiriq bеrsa, bola otasi uchun “u ishni”, onasi uchun “bu ishni” bajarishga odatlanib boradi. Bu bola ruhiyatida qat'iyatsizlik, ikkiyuzlamachilikni kеltirib chiharadi. Uning salbiy o”ibati shakllanayotgan ma'naviyat va vatanparvarliklarda ham o’z “izi”ni qoldiradi.

Mustaqil O’zbеkiston zaminida yashayotgan har qaysi inson o’z farzandining baxtu saodati, fazlu kamolini ko’rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mеhnat qiladi va o’zini ayamaydi. Oilada ota-onalar va bolalarning o’zaro munosabatlarida pеdagogogik va psixologik bilimlarning qo’llanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday bilimlarga – bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish, ijtimoiy va umumiy psixologiya asoslarini hamda tarbiya mеtodlarini bilish kabilar kiradi. Ko’ngilchan ota-onalar qattiqqo’l ota-onalarga nisbatan o’z farzandlarining turli qiliqlariga, sho’xliklariga e'tiborsizlik bilan qaraydilar, ularning shovqin-suronlariga e'tibor bеrmaydilar, turli o’yinlarda bolalariga haddan tashhari erkinliklar bеradilar.
Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan kеyin ham bajarilishi zarur bo’lgan ishlar ko’p, zеro, yurtimizning kеlajakda jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashi o’sib kеlayotgan farzandlarimiz salohiyatiga, ularning ma'naviy va jismoniy kamolotiga bog’liqdir.


Umuman barkamol avlod-sog’lom avlod tarbiyasi, istiqbolli kеlajak uchun qayg’urish dеmakdir. Chunki, Vatanni sеvgan odamgina unga munosib farzand tarbiyalay oladi. Kasbi, yoshi, jinsi, millatidan qat'iy nazar bugun har bir yurtdoshimiz barkamol avlod tarbiyasiga daxldor bo’lmog’i lozim. Ana shundagina birinchi Yurtboshimizning “Sog’lom avlod dеganda, shaxsan mеn, eng avvalo, sog’lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga ruhi, fikri sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma'naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog’lom millat, sog’lom avlodgina qura oladi”, dеgan dono fikrlari zamirida o’sib kеlayotgan barkamol avlodga buyuk ishonch mujassamligini yanada chuqurroq tushunib еtamiz.

Nizolar faqatgina ob’ektiv emas, balki sub’ektiv shartlar sababli ham kelib chiqishi mumkin. Ob’ektiv vaziyatlarga pedagogik jarayonga unchalik bog’liq bo’lmagan va nizoga olib kelishi mumkin bo’lgan vaziyat kiradi. Sub’ektiv shartlarini bolalarning tarbiyalari va rivojlanganliklari darajasi, nizolar ishtirokchilarining vaziyatning nizolilik darajasini anglab yetishlari, ularning ma’naviy-qadriyatli yo’nalishlari tashkil qiladi. Bu jarayonda esa oilaning ta’sir kuchi kata imkoniyatlarga ega bo’ladi. Chunki, yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, tarbiyalash va madaniyatini shakllantirish o’zber oilalari uchun dolzarb masalalaridandir. Oilaviy tarbiyada eng muhim shart – oilaning mustahkam, ma’naviy sog’lom asosga qurilganligi, avvalo ota-onalarning o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari, ular o’rtasida totuvlik, ahillikning barqaror bo’lishi, farzandlarini kelajak hayotga, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash ularning kundalik e’tiqod tarzida ma’suliyatli burch ekanligini ongli tushunishlari va buni amalda oqlashlari kerak.

Yoshlarda ijtimoiy munosabatlarga tayyorgarlik, ma’naviy-ahloqiy barkamollik madaniyatining shakllanishida ota-onalarning hayotiy tajribasi katta ahamiyat kasbetadi. Lekin yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasi ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari uchun og’ir ish hisoblanadi. Ko’p ota-onalar farzandlari bilan bu mavzularda suhbat qurishda zaruriy bilim va malakaga va boshqa sohalarda bilimlari sayozligidir. Ko’pchilik ota-onalar farzandlari nizolarga kirishishini ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topishga intilishi bilan belgilaydilar va bunga beparvo qaraydilar. Ota-onalarning aksariyat qismi farzandlarining noto’g’ri tarbiyasi kelgusida noxush oqibatlarga olib kelishini tushunmaydilar. Sotsiologik tadqiqot natijalariga ko’ra, bugungi kunda farzanda tarbiyasi va yoshlardagi agressiv xulq-atvor normalarining namoyon bo’lishida oilalardagi psixologik muhitning nosog’lomligi, ota-onalarning farzand tarbiyasini «ikkinchi o’ringa» qo’yayotganligi va noto’liq oilalar sonining orib borayotganligi sabab bo’lmoqda. Bu esa ta’lim muassasalari va mahallalarda yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi nafaqat yoshlar balkim ularning ota-onalari bilan ham pedagogik bilimlar targ’ibotini olib borishni taqozo etadi.

5. Faoliyat- shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida.
1. Faoliyat haqida tushuncha
Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo`ladi. Anglab bo`ladigan va anglab bo`lmaydigan, tabiiy yoki madaniy, moddiy yoki ma`naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy - shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tug`diradi.


Agar hayvonlarni xatti - harakatlari bevosita tevarak - atrofdagi muhit bilan belgilansa odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlabok butun insonning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti - harakatning bu tipi shunchalik o`ziga xoski, uni atash uchun psixologiyada “faoliyat”degan maxsus termin qabul qilingan. Faoliyat deb, shaxsning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun ko`rsatadigan jismoniy va psixik (ruxiy) faolligiga aytiladi. Inson faolligining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatni mazmuni, ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o`zi bilangina belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag`batlantirib tursa, faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.

2. Faoliyatning tarkibi


Inson faoliyati juda xilma - xildir: mehnat, pedagogik, badiiy - ijod, ilmiy - tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, faoliyat tashqi ongli dunyoni ongli psixik aks ettirilishida namoyon bo`ladi. Har qanday faoliyatda inson o`z harakatlarini maqsadini anglaydi, kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, bajariladigan harakat tartibini o`ylaydi, irodaviy zo`r beradi, faoliyatning borishini kuzatadi, muvaffaqiyat va mag`lubiyatni o`ylaydi.


Faoliyat - bir tomondan, shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon bo`lish sharoiti, ikkinchi tomondan shu faoliyat sub`ekti bo`lgan shaxsning taraqqiyot darajasiga bog`liqdir. Barcha faoliyat turlari tarkibida uchta tarkibiy qismni maqsad - motiv - harakatni ajratish mumkin. Maqsad - inson faoliyati so`nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo`ladi va ehtiyojlarni amalga oshirilishidir. Motiv - kishini faoliyatga undaydi va o`nga mazmun baxsh etadi. Ish-harakat - galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi - ko`pmi uzoq yoki yaqin bo`lishi mumkin. Shuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug`iladigan qator juz`iy maqsadlar izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo`ladi. Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o`zgartirishga qaratilgan harakatlarni ish - harakat (sa`i - harakat) deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istagan bir ish makon va zamon bilan bog`liq bo`lgan ma`lum harakatlardan tashqil topadi. Masalan, “A”, “I” harflarini yozishdagi harakatlar bir - biridan farq qiladi. Odamning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni ko`rsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda ko`p va rang - barangdir. SHunday bo`lsa ham, odatda ular uchta sodda elementlardan tashqil topgandir: “olmoq”, “joyini o`zgartirmok”, “qo`yib yubormoq”, bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshi-ruvchisi. Demak, shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ong­li faoliyat bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o'z o'rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug'ma va hosil qilin-gan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti-harakatlarning miqdoriy va sifat o'zgarishi jarayonidir. Shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar quyidagi shaklda aks ettirilgan.
Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o'ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan tashqarida bo'lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos boiadi. Pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat — o'yin, mehnat, o'qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Inson-ning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta'lim-tarbiyaga bog'lab o'rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to'g'ri kel-maydi. Chunki, ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o'zi ham faol ishtirok etadi.

Download 53,23 Kb.
1   2




Download 53,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va

Download 53,23 Kb.