|
Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansini tuzish. Muddati uzaytirilgan qarzlarning vujudga kelish sabablari
|
bet | 101/123 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #263176 |
Bog'liq iqt tah 20223. Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansini tuzish. Muddati uzaytirilgan qarzlarning vujudga kelish sabablari
Korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzlariga baho berishda ularni balan holatiga keltirib o’rganish ham mumkin bo’ladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansi ular orasidagi o’zaro tenglik nisbatini xarakterlaydi. Bunda debitorlik majburiyatlarining kreditorlik majburiyatlaridan ortib ketishi yoki aksincha holatlari ifodalanadi.
Tahlilda muddati uzaytirilgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishiga alohida ahamiyat beriladi. Negaki, muddati o’tkazib yuborilgan majburiyatlar korxonaning moliyaviy ahvolini mushkullashishi va moliyaviy barqarorligining buzilishiga olib keladi. O’z navbatida korxonaning to’lov layoqati buziladi.
Muddati o’tkazib yuborilgan majburiyatlarning yuzaga chiqish sabablari sifatida quyidagilarni keltirib o’tish mumkin:
Korxonada moliyaviy holatning nosog’lom ekanligi;
Korxonaning to’lov layoqatiga ega emasligi;
Likvid mablag’lari aylanuvchanligining uzoqligi;
Shartnoma majburiyatlariga va to’lov shartlariga amal etmaslik;
Xo’jalik shartnomalari buzilishidan ko’riladigan zararlarning to’g’ri qoplanmasligi (shartnomalar buzilishida qo’llaniladigan choralarga amal etmasligi);
Zamonaviy hisob-kitob shakllariga yo’l berilmaganligi va hakozolar.
Debitorlik-kreditorlik majburiyatlarining undirib olish muddati 3 oy qilib yoki 90 kalendar kun qilib belgilangan. Ushbu muddatdan so’ng debitorlik kreditorlik majburiyatlari nazoratga olinadi xamda ularning holati bo’yicha davlat qonunchiligiga muvofik javobgarlik shartlari (ma’muriy va moliyaviy) belgilangan.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini hisobdan chiqarish muddati sifatida huquqiy shaxslar o’rtasida ham, korxona bilan jismoniy shaxslar o’rtasida ham 3 yil muddat qlib belgilangan. Ushbu muddatda to’lanmagan yoki undirib olinmagan majburiyatlar, qarzlar korxona foyda va zararlariga olib boriladi. Muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari davlat tamonidan nazorat qatori sifatida olingan. Muddati o’tkazib yuborilgan kreditorlik majburiyatlari korxona foydasiga qo’shiladi va umumiy asosda foydadan soliq stavkasi bo’yicha soliqqa tortiladi. Muddati o’tgan debitorlik majburiyatlarini zararga olib borish soliqqa tortiladigan foyda summasini kamaytirmaydi.
Muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini foyda va zararlar qatoriga olib borish shartlari davlat hisob, soliq qonunchiligiga muvofiq qat’iy tartiblangan. Ya’ni, debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini foyda va zararlar qatoriga olib borishga qadar ularni to’lash yoki undirib olish yuzasidan qanday g’zishmalar yoki murojaatlar bo’lgan, orbitraj qarori chiqarilgan yoki chiqarilmaganligi va h.k. bo’yicha dastlabki hujjjatlar to’plami tayg’rlanmog’i lozim. Faqat shundagina uni foyda va zararlar qatoriga olib borish mumkin. Aks holda, zaruriylik shartida kechiktirilgan majburiyatlar sifatida olinib ma’sullar javobgarlikka tortiladi.
|
| |