• Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlari.
  • Fond qaytimining dinamikasi va va unga tashkiliy texnikaviy omillar ta’sirining tahlili




    Download 1,64 Mb.
    bet109/123
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #263176
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123
    Bog'liq
    iqt tah 2022

    6. Fond qaytimining dinamikasi va va unga tashkiliy texnikaviy omillar ta’sirining tahlili

    Asosiy vositalardan foydalanish va ularning samaradorligiga baho berish moliyaviy tahlilning zarur shartlaridan biri hisoblanadi.


    Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlari korxona xo’jalik faoliyatiga baho berishning muhim ko’rsatkichlaridan biri sifatida olinadi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
    Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlari.



    Fond qiymati

    Fond sig’imi

    Sanoat ishlab chiqarish fondlari qaytimi



    Mahsulot hajmi
    Fk=-------------------------------------
    Sanoat ishlab chiqarish fondlari o’rtacha yillik qiymati

    Mashina va uskunalar qaytimi



    Mahsulot hajmi
    Fk=-------------------------------------
    Mashina va uskunalar o’rtacha yillik qiymati

    Sanoat ishlab chiqarish fondlari sig’imi



    Sanoat ishlab chiqarish fondlari o’rtacha yillik qiymati
    Fs=--------------------------------------
    Mahsulot hajmi

    Mashina va uskunalar sig’imi



    Mashina va uskunalar o’rtacha yillik qiymati
    Fs=--------------------------------------
    Mahsulot hajmi

    Ishlab chiqarish quvvatlari va uning foydalanish darajalariga baho berish asosida korxonaning joriy davrdagi iqtisodiy potensiali hamda uni maqsadli boshqaruvi belgilanadi.


    Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning tahlilining quyidagi qatorlarini xarakterlash mumkin;
    - korxona ishlab chiqarish quvvatlarining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari tizimi;
    - texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni qig’siy tahlili;
    - ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning korxona xarajatlariga ta’sirining tahlili;
    - ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning korxona ishlab chiqarish samaradorligiga va faoliyat natijaviyligiga ta’sirining tahlili.
    Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishda korxona tomonidan oshkor etiladigan 2-b forma «Korxonaning ijtimoiy iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi» ga muhim e’tibor beriladi.
    Tahlilda asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning ta’sir etuvchi omillari ikkita tarkib bo’yicha o’rganiladi.
    1. Asosiy vositalarning samaradorligi va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili;
    2. Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanish ko’rsatkichlarining mahsulot hajmining o’zgarishiga ta’sirining tahlili.
    Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi:
    Fond qaytimi (sig’imi) va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar bo’lib:

    • Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning o’zgarishi;

    • Asosiy fondlar o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi.

    Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat vositalari bilan bog’liq bo’lgan omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi:

    • Asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi;

    • Fond qaytimi (sig’imi)ning o’zgarishi.




    Download 1,64 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fond qaytimining dinamikasi va va unga tashkiliy texnikaviy omillar ta’sirining tahlili

    Download 1,64 Mb.