|
Fond qaytimining dinamikasi va va unga tashkiliy texnikaviy omillar ta’sirining tahlili
|
bet | 105/123 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #263176 |
Bog'liq iqt tah 20226. Fond qaytimining dinamikasi va va unga tashkiliy texnikaviy omillar ta’sirining tahlili
7. Fond qaytimini oshirish imkoniyatlari
1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt biror-bir mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishni tashkil qilishi uchun asosan to’rt xil resurs mujassam bo’lmog’i lozim bo’ladi. Bunday resurslar tarkibiga:
Moddiy resurslar;
Moliyaviy resurslar;
Mehnat resurslari;
Tadbirkorlik resursi.
Mazkur resurslar tarkibida bugungi kunda eng asosiylaridan biri bu moddiy resurslar bo’lib, ularning tarkibida ham muhimlaridan biri asosiy vositalar hisoblanadi. Chunki, keyingi yillarda asosiy vositalarning bahosini muntazam oshib borishi va ularga qilinadigan xarajatlar mahsulot tannarxining asosini tashkil qilayotganligi ham ushbu vositalarni tahlil qilib borishni taqozo etmoqda.
Asosiy fondlar (vositalar) ishlab chiqarishning muhim omili sifatida qaralib, ular vositasida bevosita mehnat predmetlari va mehnat kuchlari birikuvida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi va xizmatlar ko’rsatiladi.
Asosiy fondlar deb ishlab chiqarish siklida bir necha bor qatnashib o’zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman-qisman o’tkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi.
Asosiy fondlar yoki vositalarni tarkiblashda jahon va respublika hisob belgiloviga muvofiq quyidagi ikkita jihat mezon sifatida olingan. Birinchisi, ularning qiymat ifodasi, ikkinchisi – xizmat muddati.
Assosiy vositalarning qiymat ifodasi uning kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardan farqlanish chegarasini xarakterlaydi. Bu ifoda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2000 yil dagi qarori bilan ish haqi minimumining 50 barobarida qilib belgilangan. Asosiy vositalarning xizmat muddati ularning bir yildan ortiq muddat xizmat etishini xarakterlaydi.
Xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan, lekin qiymat jihatdan qat’iy chegaradan oshmaydigan qiymatliklar, shuningdek, qiymatliklar, xo’jalik inventarlarining ayrim turlari asosiy vositalar qatoriga kiritilmaydi. Bu qator bevosita kam baholi va tez eskiruvchi buyumlari tarkibida hisobga olinadi.
Asosiy vositalar tahlilida korxonaning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasiga, ularning texnik holati va harakat ko’rsatkichlariga, samaradorlik ko’rsatkichlariga, dinamikasi va holatiga baho beriladi.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanish deyilganda korxonaning biznes rejasiga yoki o’tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanishi darajasi tushuniladi.
Shuningdek, asosiy vositalarning tarkibi bo’yicha, turi bo’yicha o’zgarishlariga baho beriladi. Tahlil etishda asosiy vositalarning holat va harakat ko’rsatkichlariga muhim e’tibor qaratiladi. Bu orqali bevosita asosiy vositalarning eskirish darajasi, yaroqlilik darajasi, kirimi va chiqimi ko’rsatkichlariga baho beriladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini o’rganishda moliyaviy tahlilning eng asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
xo’jalik sub’ektlarining asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanganlik holatiga baho berish;
asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o’zgarishlariga baho berish;
korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik holatini yaxshilash bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularga baho berish;
asosiy vositalarning texnik holatiga baho berish;
xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajalariga baho berish;
asosiy vositalar samaradorligini oshirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni ko’rsatib berish va hakozo.
Bugungi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarning asosiy vositalarini tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
korxonaning biznes reja ma’lumotlari;
“Buxgalteriya balansi” (1-shakl);
“Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi” hisobot (3-shakl);
Buxgalteriya hisobining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyot ma’lumotlari.
|
| |