• INFORMATIKA FANIDAN KURS ishi MAVZU
  • MUNDARIJA: KIRISH §1.
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI KIRISH
  • Tinchlikova munisaning informatika fanidan




    Download 398.06 Kb.
    bet1/5
    Sana05.10.2023
    Hajmi398.06 Kb.
    #86617
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    kurs ishi NAMUNA
    deadline123, Muhammadyusuf, Hayot faoliyati xavfsizligi, Jasur mustaqil ish Subhoniddin domla, A.I2, yujtjyujyuiyu, fgthththythj, 1-7-zokir akaga-TAQVIM-2024, 03-01

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


    MATEMATIKA VA INFOMATIKA FAKULTETI


    Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi
    19/2-GURUH TALABASI
    TINCHLIKOVA MUNISANING
    INFORMATIKA FANIDAN


    KURS ishi

    MAVZU: Innovatsion ta'lim texnologiyasida loyihalash usullari

    Qabul qildi:
    Komissiya raisi: ________ dotsent D.G’. Axmedjonov
    A’zo:_______
    A’zo
    A’zo:_______
    A’zo:_______
    Chirchiq – 2023
    MUNDARIJA:
    KIRISH
    §1. Innovatsion ta'lim texnologiyasida loyihalash metodi imkoniyatlari va uni amalga oshirish bosqichlari
    §2. Loyihalash metodi – pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining asosi sifatida
    §3. Loyihalash metodi asosida o’qitishni tashkil etishda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar va ta’limning modulli tizimining tutgan o‘rni
    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

    KIRISH
    Mustaqillik davri O’zbekiston tarixida tom ma’noda islohotlar davri bo’lib kirdi desak xato bo’lmaydi. Zero, har qanday davlat o’z tizimi mohiyatidan kelib chiqib maqsad-muddaolarini belgilar ekan, maqsad-muddaolar mazmunidan kelib chiqib, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ma’lum islohotlarni amalga oshiradi. Ushbu islohotlar o’z navbatida buyuk kelajakning asosi bo’lgan – ta’lim-tarbiya tizimida ham chuqur va istiqbolli islohotlarni amalga oshirishni zaruriyatga aylantirdi.
    Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash’ vazifalari belgilab qo’yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg’or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo’liga qadam qo’yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o’tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg’or texnologiyalarni egallagan insonlargina o’z oldimizga qo’ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o’zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”.
    Ta’lim – aqlli, ongli, jismoniy va g’oyaviy sog’lom, kasb-kor ko’nikmalariga ega, vatanparvar, mard, jasur, vijdonli, burch-ma’suliyatli, baynalminallik va tadbirkorlik sifatlariga ega bo’lgan, shu bilan birga erkin fikrli shaxslarni shakllantirishga qaratiladi.
    Tarbiya – yosh avlodni ob’ektiv va sub’ektiv ta’sirlar asosida axloqiy, aqliy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayoni bo’lib, tarbiyachi o’zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga yo’naltirilgan tizimli ta’sir ko’rsatishiga aytiladi. Tarbiya mazmuni ta’lim va ma’lumot olish jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmuni bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ularning natijalarini o’zida aks ettiradi.
    O`zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro`y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabatini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o`zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai-nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko`rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo`lgan shaxs o`z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Muvaffaqiyatli ravishda olib borilayotgan ta'limiy islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir.
    Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta'lim berishga yo`naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo`lsa, bugungi kunga kelib ta'lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o`ta qat'iy hamda murakkab talablar qo`yilmoqda. Bu borada o`quv axborotlarining mazmundorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan pedagogika fanining vazifalari doirasi kengayib bormoqda.
    Tabiiy ravishda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi mazkur fan oldiga ham qo`yilgandir. Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko`lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor sur'atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o`quvchiga yetkazib berishni yo`lga qo`yish ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
    Pedagogik loyihalash asosida o`quv axborotlarining mazmundorligini ta'minlashda quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:

    • o`rganilayotgan mavzu bo`yicha maqsad, vazifalar bilan o`quvchilarni;

    • oldindan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy vazifalari, mustaqil ishlarni, ularni bajarish tartibi, paytini e'lon qilish, mavzuni to`liq o`zlashtirish bo`yicha ko`rsatmalar berish, etalon darajasida o`zlashtirish me'yorlarini aytib berish;

    • o`quvchilarning faol, mustaqil faoliyatini rag`batlantirish, bolalar diqqatini bo`lim yoki mavzu mazmuniga tortish, uni qanday o`rgatish zarurligini aytib, bilishga qiziqish uyg`otish o`qish-o`rganishga havas, muammolarni bajarishga ehtiyoj uyg`otish. Emotsiyalar, tafakkur xodisalari bilimlarni o`quv holatlariga tadbiq etish yo`llari orqali mavzu bo`yicha ma'lumotlar to`plash, to`plangan ma'lumotlar yuzasidan joriy nazoratni tashkil etish, mavzuni to`liq o`zlashtirishga oid o`zgartirish, qo`shimcha, tuzatishlarni belgilash;

    • bo`lim yoki mavzu bo`yicha to`plangan bilimlarga ishlov berish. Unda kutilgan va kutilmagan, rejalashtirilgan, favqulodda va tasodifiy xodisalar ham uchrab turadi. Binobarin, o`rganilgan natijalarga asoslanib loyihaga yangi o`zgartirish, qo`shimcha, tuzatishlar kiritiladi, bolalarning etalon darajasiga qanchalik yakinlashganliklari ham aytib o`tiladi;

    • bo`lim yoki mavzu bo`yicha umumiy xulosalar chiqarish, chiqarilgan xulosalarni murakkab o`quv xolatlariga tatbiq qilish. Oraliq nazorat natijalariga ko`ra mavzu yoki bo`lim bo`yicha axborot to`plash, to`plangan axborotlarga ishlov berish jarayonlarida o`quvchilar erishgan yutuqlarni tahlil qilish, o`quvchilarning bilim, malakasi, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlaridagi kamchilaklarini ko`rsatish, sinfning har bir o`quvchisiga yakuniy nazoratgacha bajaradigan qo`shimcha topshiriqlar berish, bolalarni o`quv materiallarini yanada atroflicha etalon darajasida o`zlashtirishga rag`batlantirish;

    • yakuniy nazoratning asosiy funktsiyasi bolalarning ma'lumot va ta'lim mazmuni elementlarini etalon darajasida o`zlashtirishlarini aniqlash, etalon darajasidan past o`zlashtirgan o`quvchilarni ogohlantirish, qo`shimcha topshiriqlar berish va hokazo.

    Mamlakatimizda ta'lim tizimining isloh qilinishi ta'lim jarayonini ilg'or-jahon tajribasidan kelib chiqqan holda tashkil etishni taqozo qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti texnologiyani fan sifatida o'rganishni, keyinchalik esa o'quv jarayonini ham texnologiyalashtirishga olib keldi.
    Metodlar yordamida ta'limning maqsadi amalga oshiriladi. Metodlar o'qituvchi va o'quvchilaming nazariy hamda atnaliy bilimini ta'lim olish borasidagi vazifalami bajarishga qaratadi.
    Metodlarning ob’yektiv hamda sub’yektiv xarakteri haqidagi fikrlar xilma-xildir. Metodlarning ob’yektiv xarakterini butunlay inkor qilib, uni to'liq sub’yektiv xarakterga ega, shuning uchun ham takrorlanmasdir, u har bir pedagogning ijodi tarzida yuzaga chiqadi, degan fikr bildiruvchilardan tortib, uning tamomila aksi bo'lgan, to'Ia ob’yektiv xarakterga ega deydiganlar ham mavjud. Haqiqat, odatda, barcha fikrlarning o'rtasida tug'iladi. Aynan hamma metodlar uchun doimo umumiy bo'lgan ob’yektiv tomoni, didaktika nazariyasi, ko'p holatlarda esa eng yaxshi bo'lgan amaliyot yo'llari tavsiva etiladi.
    Metodlarning ob’yektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar, tamoyillar, ta'riflar, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o'quv faoliyatining shakllariga xos bo'lgan umumiy toinonlar aks etadi. Metodlarning sub’yektiv jihati pedagog shaxsi, uning mahorati, ta'lim oluvchilarning o'ziga xosligi va aniq sharoitga bog'liq. Dars jarayoni har ikki tomon bir butun bo'lib, birlashgan holda tashkil etiladi. Uning amaliy ifodasi qo'yilgan maqsadga ko'ra erishilgan natijada o'z aksini topadi. Metodlarning ob’yektiv jihatini didaktik prinsip nuqtayi nazaridan talqin etish, uning nazariyasini ishlab chiqish, amaliyotda qo'llanishi zarur bo'lgan eng yaxshi metodlarni tavsiya etish, mantiqiy tanlash muammolarini muvaffaqiyatli yechish imkonini beradi.
    Resurslarni cheklanganligi har bir resursdan, jumladan, inson uchun eng cheklangan resurs vaqtdan samarali foydalanishni taqozo qiladi. Demak, har faoliyatimizni rejalashtirishimizni talab qiladi. O'quvchi-talabalarda bunday ko'nikmani loyihalashtirish metodi yordamida hosil qilish mumkin.



    Download 398.06 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 398.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tinchlikova munisaning informatika fanidan

    Download 398.06 Kb.