• 7. Mehnat unumdorligi bilan o’rtacha ish haqi o’rtasidagi nisbatning o’zgarishini mahsulot tannarxiga ta’sirini tahlili
  • Ishchilarning ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillar tahlili




    Download 1,64 Mb.
    bet71/123
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #263176
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123
    Bog'liq
    iqt tah 2022

    Ishchilarning ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillar tahlili



    Sanoat ishlab chiqarish hodimlari ish haqi fondi tarkibida ishchilarni ish haqi yuqori salmoqqa egadir. Shu bois ishchilarni ish haqidan qay darajada foydalanganligini nazorat qilish, unumsiz xarajatlarga yo’l qo’ymaslik tannarxni pasaytirish imkoniyatini beradi. Tahlil etishda ishchilarni hisobot davridagi haqiqiy sarflangan ish haqini rejadagi, o’tgan yildagi ish haqi fondi bilan taqqoslanadi, uning farqi aniqlanadi va unga ta’sir etuvchi quyidagi omillar miqdor jihatdan hisoblanadi.

    1. Mahsulot hajmini o’zgarishi;

    2. Ishchilar (nisbiy) sonini o’zgarishi;

    3. Bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ish haqini o’zgarishi.

    Mahsulot hajmini o’zgarishini ishchilarni ish haqi fondiga bo’lgan ta’sirini aniqlash uchun rejadagi ish haqi fondini mahsulot ishlab chiqarish hajmini rejaga nisbatan o’sish darajasiga ko’paytirish lozim.
    Ikkinchi omilni ta’sirini aniqlash uchun ishchilarni nisbiy farqi rejadagi bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ish haqiga ko’paytirish kerak. Bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ish haqini o’zgarishini ish haqi fondiga bo’lgan ta’sirini aniqlash uchun shu ko’rsatkichning rejadan farqi hisobot davridagi ishchilarning haqiqiy soniga ko’paytirish lozim.
    7. Mehnat unumdorligi bilan o’rtacha ish haqi o’rtasidagi nisbatning o’zgarishini mahsulot tannarxiga ta’sirini tahlili


    Mehnat unumdorligi bilan o’rtacha ish haqi uzviy bog’liqka ega. Mehnat unumdorligini o’sishi ish haqini ham ortishiga olib keladi. Korxonada ishni to’g’ri tashkil etish, moddiy rag’batlantirish sistemasini to’g’ri tashkil etish tufayli mehnat unumdorligi ortadi. Tahlil etishda mehnat unumdorligini o’sish darajasi o’rtacha ish haqini o’sish darajasi bilan taqqoslanadi. Mehnat unumdorligini ish haqiga nisbatan yuqori darajada o’sishi mahsulot tannarxidagi ish haqini ulushini pasayishiga olib keladi. Tahlil etishda mehnat unumdorligining o’sishini har bir foiziga to’g’ri keladigan o’rtacha ish haqini o’sish darajasi rejada belgilangan ko’rsatkichlar bilan taqqoslanib, uning o’zgarish sababalari aniqlanadi.
    Mehnat unumini ish haqining o’sishidan yuqori bo’lishi va buni ta’minlanishi iqtisodiy qonuniyat ham hisoblanadi. Negaki, ish haqini mahsulot hajmini oshirmasdan oshirib bo’lmaydi. Shu sababli korxonalar ish haqi fondiniva uning bazasini tartibga solishda mahsulot hajmining solishtirma baholardagi o’sishiga muhim ahamiyat beriladi.



    Download 1,64 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishchilarning ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillar tahlili

    Download 1,64 Mb.