|
so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar tahlili
|
bet | 46/99 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #116953 |
Bog'liq ¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè äàâëàò ñîëè ¡ìèòàñè ñîëè àêàäåìèÿñè 23. 1 so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar tahlili
Mahsulot tannarxini ifodalovchi ko’rsatkichlardan eng muhimi bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatdir. Bu ko’rsatkich tiyin hisobida quyidagicha aniqlanadi:
Bir so’mlik tovar Ishlab chiqarish tannarxi
mahsuloti uchun = ------------------------------------------------
qilingan xarajat (tiyin) Tovar mahsulotini ulgurji bahosi.
Bu ko’rsatkich orqali qilingan xarajatlarning samaradorligini aniqlash mumkin.
Tahlil etishda bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar dinamikasi, biznes rejaga nisbatan o’zgarishi aniqlanadi.
Jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, biz tahlil qilayotgan “AVS” aksionerlik jamiyatida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har so’mi uchun qilingan xarajat hisobot davrida 77,37 tiyinni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 19,29 tiyinga yoki 33,21 %ga, biznes rejaga nisbatan esa 14,86 tiyinga yoki 23,77 %ga ko’paygan. Xarajatlarning bunday tartibda ortishi korxonaning rentabelligini pasaytirib yuboradi. O’rganilayotgan davrda har bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat biznes rejaga nisbatan 14,86 tiyinga ortishi hisobiga korxona bo’yicha ortiqcha 379519,5 ming so’mlik xarajat qilinishiga yo’l qo’yilgan. Agarda korxona o’rganilayotgan davrda har bir so’mlik mahsulot uchun ortiqcha 14,86 tiyin xarajat qilinishiga yo’l qo’ymaganda edi korxonaning oladigan daromadi shuncha so’mga ortgan bo’lardi.
Tahlil davomida 1 so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlarni rejaga, o’tgan yildagiga nisbatan o’zgarish sababalari va unga quyidagi omillarni ta’sirini aniqlash lozim.
1. Mahsulot strukturasi va assortimenti o’zgarishi.
2. Hom ashyo yoqilg’i energiya bahosini o’zgarishi.
3. Mahsulot bahosini o’zgarishi.
4. Xarajatlarning iqtisodiy elementi va kalkulyatsion moddalari bo’yicha tahlili
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarini rivojlantirish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotida uning yo’nalishlari bo’yicha guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo’yicha;
Xarajatlarning kalkulyatsion moddalari bo’yicha.
Xarajatlarni elementi bo’yicha guruhlarga ajratishdan maqsad ularni strukturasi, dinamikasini nazorat qilishdan iborat.
Ko’rsatkichlarni taqqoslash orqali jonli mehnat bilan boshqa xarajat turlarini nisbati, ishlab chiqarish zaxiralarini normalashtirish va tahlil etish, oborot mablag’larini tezligini aniqlash va milliy daromadni hisoblash imkoniyati tug’iladi.
Xarajatlarni elementlari bo’yicha tahlil natijalariga muvofiq material sig’imi, mehnat sig’imi va fond sig’imi darajalari bo’yicha tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash mumkin.
Tahlil etishda jami xarajatdagi har bir xarajat elementning tutgan salmog’i aniqlanib, o’tgan yildagisi hamda smetadagi ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi va bu ko’rsatkichlarni o’zgarish sabablari aniqlanadi.
Mahsulotlarning ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlari tarkibini iqtisodiy elementlari va moddalari bo’yicha quyidagi tarkibda berish mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlari va kalkulyatsion moddalari bo’yicha o’rganish quyidagicha farqlanadi, ya’ni, bo’limlar va korxona bo’yicha jami xarajatlar faqat iqtisodiy elementlari bo’yicha o’rganiladi, mahsulotlar turi va turkumi bo’yicha esa ishlab chiqarish xarajatlari kalkulyatsiya moddalari asosida ko’rib chiqiladi. Tahlil etishda ishlab chiqarish xarajatlarining jami o’zgarishi va uning tarkibi bo’yicha o’zgarishlari mutloq va nisbiy jihatdan o’rganiladi. Nisbiy jihatdan o’rganishda har bir turkum xarajat moddasi yoki elementining jami ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi salmog’iga baho beriladi.
|
| |