|
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni asosiy ko’rsatkichlari, ular bilan shug’ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari
|
bet | 65/99 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #116953 |
Bog'liq ¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè äàâëàò ñîëè ¡ìèòàñè ñîëè àêàäåìèÿñè 22. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni asosiy ko’rsatkichlari, ular bilan shug’ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi umumlashgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotning muhim shakli 2-shaklda «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi» hisobot shaklida ifodalanadi.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga kirib barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tamonidan tuziladi.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot va uni to’ldirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27-dekabrdagi 140- sonli Yo’riqnomasi asosida belgilanadi.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot shaklining asosiy ko’rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:
1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi (sof) tushum.
Mahsulot sotishdan yalpi foyda
Asosiy faoliyatdan foyda (zarar)
Moliyaviy faoliyatdan foyda (zarar)
Umumxujalik faoliyatidan foyda (zarar)
Favqulodda foyda (zarar)
Soliq to’loviga qadar foyda (zarar)
Sof foyda (zarar)
Ushbu ko’rsatkichlarni hisob kitob qilish yuzasidan albatta korxonaning quyidagi xarajat qatorlarini ham tarkiblash va farqlash lozim.
1. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2. Davr xarajatlar.
3. Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar.
4. Favqulodda xarajatlar.
Daromad va xarjatlarni bu tarkib turkumlanishi quyidagilarga imkon beradi;
Ishlab chiqarish xarajatlarini boshqa xarajatlardan farqlash va korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligiga baho berish,
Moliyaviy boshqaruv yuzasidan operatsion xarajatlarni boshqa xarajatlardan farqlash
Korxona tomonidan olinadigan daromadlarni ularning yuzaga kelishi yoki shakllanishi bo’yicha alohida tarkiblash (asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan hamda kutilmagan holatlardan).
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi yangi hisobot shakli ularning har bir shakllanish qatori bo’yicha to’liq axborotlarni olish imkonini beradi. Bu axborotlar ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarining manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqarmaydi. Agar shunday bo’lganda edi, moliyaviy hisobotni tuzish qoidasi buzilgan bo’lar edi. Negaki, moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarda hech qachon bir turkum axborot foydalanuvchilar foydasiga boshqa turkum zarari hisobiga aks ettirishlar bo’lmasligi talab etiladi. Ushbu qoida O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi» Qonunining 6-moddasida ham berib o’tiladi. Ya’ni moliyaviy hisobotlarni tuzishdagi betaraflik qoidasi.
1. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum qatori. Mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasi mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan jami tushum summasidan sotishga soliqlar to’lovlar va ajratmalar summasini chegirish asosida aniqlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni asosiy ko’rsatkichlari, ular bilan shug’ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari
|