|
-Rasm. Muborak gazni qayta ishlash zavodida oltingugurt ishlab chiqarish qurilmasining texnologik sxemasi
|
bet | 6/9 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #253467 |
Bog'liq KURS LOYIHA ISHI — KLAUS usuli
2-Rasm. Muborak gazni qayta ishlash zavodida oltingugurt ishlab chiqarish qurilmasining texnologik sxemasi: С-1-Separator; Р-1-Reaktor-generator;
Р-2, Р-3-Reaktorlar; Х-1, Х-2, Х-3- Kondensatorlar; П-1-Havoni qizdirish pechi; П-2, П-3-Isitgich o‘choqlar; П-4-Yoqish o‘chog‘i; С-2-Oltingugurt ushlagich; С-3-Serozatvor; К-Gazoduvka.
I-Havo; II-Nordon gaz; III-Yoqilg‘i gaz; IV-Oltingugurt; V-Tashlandiq gaz.
Texnologik gaz birinchi konvertorga berilishidan oldin П-2 isitgich o‘choqda 240 0 С gacha qizdiriladi. Gaz konvertorga uch oqimda tushadi, bu esa uni katalizator qavatida barobar taqsimlanishiga imkon beradi. Konvertorda vodorod sulfid SO2 bilan reaksiyaga kirishib element oltingugurt hosil qiladi. Bunda issiqlik chiqadi va gazni harakati 330 0 С gacha ko‘tariladi. Konvertordan so‘ng gaz ikkinchi kondensator – generatordan o‘tib 1700 С gacha soviydi va ikkinchi katalitik konvertorga o‘choqda 220 0С gacha qizdirib beriladi. Kondensator generatorlarda kondensirlangan oltingugurt separator orqali oltingugurt yig‘iladigan hovuzga tushiriladi.
Ikkinchi konvertorda reaksiya harorati hisobiga harorat 2450С gacha ko‘tariladi. Gazni harorati kondensator ekonomatzerda foydalanish uchun ushlab qilinadi. Tashlanishi kerak bo‘lgan chiqindi gazlar П-4 da 510 0S yoqib yuboriladi.Oltingugurt ishlab chiqarish qurilmalaridan atmosferaga tashlanayotgan gazlarni oltingugurt birikmalaridan tozalash.
Klaus qurilmalarida vodorodsulfidni konversiyalash darajasi 90-94% ni tashkil qiladi. Demak Н2S ni bir qismi va boshqa oltingugurt saqlovchi birikmalar – SO2, serouglerod COS va bug‘holidagi oltingugurtlar oltingugurt ishlab chiqaruvchiqurilmalarining tashlab yuboriladigan gazlaridan qoladi. Tashlab yuboriladigan gazlar tarkibida shular bilan birga suv pari azot oksidlari, uglerod oksidi va boshqakomponentlar bo‘ladi. Zararli moddalarni miqdori ruxsat etilgandan bir necha marta ko‘pdir.
Hozirgi vaqtda tashlanayotgan gazlardagi zararli moddalarni miqdorini xalqarokelishilgan darajasi yo‘q. MDX davlatlarida zararli moddalarni havoga tashlanadigan o‘rtacha sutkalik miqdori oltingugurt ikki oksidi uchun 0,05 vodorod sulfid uchun 0,008 mg/m3 qilib belgilangan.
Vodorod sulfidni konversiyalash darajasini belgilash atmosferaga tashlanayotgangazlardagi oltingugurtli moddalarni miqdorini va zararli moddalarni umumiy miqdorini chegaralaydi.
|
| |