|
Ўзбекистон республикаси олиий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
|
bet | 1/9 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #253467 |
Bog'liq KURS LOYIHA ISHI — KLAUS usuli
MUNDARIJA
XULOSA 8
KIRISH
Insoniyatning progressiv tarzda o'sib borayotgan ehtiyojlariga ko'ra tabiiy yoqilg'ilar sarfining keskin oshishi energetika zahiralarining kamayib borishi xavfini yuzaga keltirib, energetik xomashyolardan oqilona foydalanshni taqazo etish bilan birga atrof-muhitga zarar keltirmaydigan muqobil energiya manbalarini izlab topish va ularni qo'llash yo'nalishidagi amalga oshiriladigan asosiy vazifalarning dolzarbligini oshiradi. Shu sababli ekologiyaga antropogen ta'sirni kamaytirish va yuqori sifatli yoqilg'i ishlab chiqarish hamda yurtimizda transport sohasi uchun tovar yoqilg'ilar tayyorlashda ekologik toza energoresurslarni qo'llash borasidagi tadqiqotlar bugunning ustuvor masalalaridandir.
Mazkur siyosatning huquqiy asoslari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har birhududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xojligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taminlash kabi vazifalar Uzbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasining III-ustuvor yo'nalishi "Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari"da o'z aksini topgan.
Uzbekiston Respublikasining yoqilg'i-energetika bazasining asosini tashkil qiluvchi gaz sanoati dunyo hamjamiyatida o'ziga xos nufuzga ega bo'lib, Markaziy Osiyodagi polimer va tabiiy gaz bo'yicha asosiy eksportyor sanaladi. "Uzbekneftgaz" ma'lumotlariga ko'ra o'zbek gazining eksport strukturasi Xitoyga 8mlrd.m3, Rossiyga 4,5mlrd.m3, Qozog'istonga 2,5mlrd.m3 hamda Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga 500- 550 min. m3dan tashkil topgan.
Tabiiy yoqilg'i gazlar metan qatori uglevodorodlari aralashmasini o'zida namoyon etadi. Ayrim konlardan chiquvchi gazlarida nordon komponentlar (vodorod sulfid, uglerod ikki oksidi, azot, kislorod, kamchil gazlar - geliy va argon) bo'ladi. Shuningdek barcha tabiiy gazlarni doimiy hamrohi suv bug'laridir.Tabiiy gaz tarkibidagi keraksiz kimyoviy qo'shimchalrga - oltingugurt saqlovchi zaharli va korrozion tajovvuzkor birikmalar, uglerod dioksidi shuningdek uglevodorodli gazning yonish issiqligini pasaytiruvchi yonmaydigan inert gazlar mansub. Gazlarni tashish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish qurilmalari, jihozlari hamda quvur uzatkichli kommunikatsiyalarga korrozion tajovuzkor tavsifga ega, ekologiyaga salbiy ta'sir ko'rsatib inson hayotiga jiddiy xavf tug'diruvchi nordon gazlarni utillash bugunnning ustivor vazifalaridan biri sanaladi.
Nordon gazlar (ayniqsa namlik ishtirokida) yuqori korrozion ta'sir namoyon qilib, katalizatorlarni zaharlaydi. Vodorod sulfidi va uning yonish mahsulotlari zaharli sanalib, tevarak atrofga zararli ta'sir o'tkazadi.
Gazda suv bug'larining bo'lishi muayyan sharoitlarda (harorat pasayishi va bosim oshishida) gaz gidratlarini hosil bo'lishiga sabab bo'lib, quvur, ventil va boshqa jihozlarning berkilib qolishi (ayniqsa qishki mavsumda) oqibatida halokatli holatlar yuzaga keltiradi.
Gazdagi suyuqlik tomchilari va mexanik qo'shimcha gaz komponentlarining harakatchan qismiga zarbali ta'sir ko'rsatib, gazni kelgusi qayta ishlashni qiyinlashtiradi, quvur va jihozlarda tiqin hosil qilib, me'yoriy ishlashining buzilishiga sabab bo'ladi.
Gaz quvuruzatkichlari, kompressorlar va gazni qayta ishlash qurilmalarning me'yorda ishlashini taminlash uchun gazlarning tarkibidagi qo'shimchalar va namlikdan tozalash talab etadi.
Hozirgi vaqtda qazib olinadigan gazning (tabiiy va yöldosh neft - gazlari) katta qismi o’z tarkibida nordon komponentlarni - vodorod sulfid va karbonat angidridi qatori oltingugurtning boshqa birikmalari: karbonil sulfidi (COS), uglerod disul'fidi (CS2), merkaptanlar (CnH 2n-1 — SH), gaz kondensatidagi-sulfidlar (R — S — R) va disul'fidlar (R — S — S — R) saqlaydi.
Turli gaz konlaridagi bu moddalarning miqdori keng diapazonlarda kichik ulushlardan bir necha foizgacha özgarib turadi (1 va 2-jadvallar). Vodorod sul'fid zaharli modda hisoblanib, uning magistral quvurlar orqali uzatiladigan gazdagi maksimal miqdori reglamentlanadi va qafiy nazorat qilinadi. Vodorod sul'fid karbonat angidrid kabi suv ishtirokida kislotalarni hosil qilib, metallarning kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyasini chaqiradi. Mahlum sharoitlarda vodorod sulfid metallarning sulfidli yoriqlanish sababchisi bo’ladi. Gazdagi karbonat angidridning sezilarli miqdori esa uning yonish issiqligini pasaytirib u ham reglamentlanadi va qatiy nazorat qilinadi.
Merkaptanlar (tiollar — RSH) - spirtlarning analogi bo'lib kislorod atomi oltingugurt atomi bilan o'rin almashgan. Shu sababli S — H bog'ining dissosiatsiyalanish energiyasi O — H bog'inikidan kichikligi sababli merkaptanlar spirtlarga nisbatan faol. Keskin yoqimsiz hidli bu birikmalar suvda erimaydi. Biroq organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Merkaptanlarning o'tkir hidi tabiiy gaz odorantlari sifatida qo'llashda foydalaniladi. Merkaptanlar metal bilan kontaktda ta'sirlashib, metal merkaptidlarini hosil qiladi. Ya'ni, merkaptanli korroziya sodir bo'ladi. 300 °Cgacha qizdirganda merkaptanlar sulfidlar va vodorod sulfidi hosil qilish bilan parchalanadi. Aksar katalizatorlar uchun merkaptanlar zahar hisoblanadi.
Sulfidlar va disulfidlar (R — S — R, R — S — S — R) - uglevodorodlarda yaxshi eriydi. Biroq suvda deyarli erimaydi. Ular neytral bo'lsada, ishqor bilan ta'sirlashadi. Sulfidlar 400°C qizdirilganda vodorod sulfidi va alkenlar hosil bo'lishi bilan, disulfidlar esa - vodorod sulfidi va alkenlarga yana qo'shimcha merkaptanlar hosil bo'lishi bilan parchlanadi. Sulfidlar bilan qiyoslaganda disulfidlar reaksiyaga kirishish qobilyati yuqoriroq.
Uglerod dioksidi - rangsiz, yonmaydigan gaz. Nordon xususiyat namoyon qiladi. Uglerod dioksidi normal bosimda —78,5°C haroratda suyuqlik holatini chetlab o'tib, «quruq muz»ga aylanadi. Termik chidamli 200°C dan yuqori haroratlarda dissotsiatsiyalanadi. Suvda eruvchanligi chegaralangan.
Uglevodorodli gazlarda bu kabi komponentlarning bo'lishi gazlarnig yonish issiqligini kamaytirib, uning ekspluatatsion xossalarini yomonlashtirgani sababli quvurlar va qurilmalarni korroziyadan saqlash, aholini zaharli tasirdan himoya qilish, ko’pchilik sanoat katalizatorlarni zaharlanishi oldini olish, shuningdek atrof-muhit himoyasi talablariga muvofiq oltingugurtli birikmalarni bartaraflash maqsadida uglevodorodli gazlarni nordon komponentlardan tozalashning ko’plab usullarini ishlab chiqish va sanoat amaliyotida qo’llashga olib keldi.
Tovar gazlarning sifat ko'rsatkichlari quyidagi talablarga asoslangan:
1.Tashishda gazlar quvuruzatkichlar, armaturalar, jihozlar vas hu kabilarni korroziyalamasligi lozim;
2.Gazning sifati uni bir fazada uzatishni ta'minlashi lozim. Ya'ni, gaz quvuruzatkichda uglevodorodli suyuqlik, suv kondensati va gaz gidratining hosil bo'lmasligi va tommasligi kerak;
3.Tovar gaz iste'molchiga undan foydalanish davrida murakkablik keltirib chiqarmasligi kerak.
Gaz ko'rsatilgan talablarga javob berishi uchun gazlarning suvga ko'ra shudring nuqtasi tarkibidagi uglevodorodlar miqdori, gazdagi oltingugurtli birikmalar, mexanik qo'shimchalar va kislorod miqdori aniqlanadi.
Tovar gaz sifatining muhim ko'rsatkichi - undagi kislorod miqdori. Bu ko'rsatkichning qiymati - 1 % dan ko'p emas. Ko'p miqdorda kislorod saqlovchi gazlar portlashga xavfli sanaladi. Bundan tashqari, kislorod tizimning korroziyasini kuchaytiradi.
Soha standarti tovar gazdagi alohida uglevodorodlarga konkret miqdorini o'rnatmaydi. Bu xomashyo gaz tarkibining turli-tumanligi bilan bog'liq.
Standartga tovar gazdagi merkaptanli oltingugurt miqdorini 36 mg/m3 gacha cheklovchi yangi ko'rsatkich kiritilgan.
Gazda shuningdek, karbonil sulfidi (COS), uglerod sulfidi (CS2) va shu kabi boshqa komponentlarga standartda alohida to'xtalmay, gazdagi oltingugurtli birikmalarning umumiy miqdoriga cheklamalar o'rnatilgan.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "2018- yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibi o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizasiya va diversifikasi yajarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish—ustuvor vazifalar" to‘g‘risidagi ma’ruzasida 2018-2021-yillarda oliy ta’lim muassasalarini moddiy-texnik bazasini modernizasiya qilish dasturi doirasida qurilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha katta ishlarini amalga oshirilganligi to‘g‘risida gapirdi.
Endigi navbatda sohalar bo‘yicha sifatli kadrlarni tayyorlash hamda tayyorlangan mutaxassislar xalqora talablar meyorlariga javob bera olishligi to‘g‘risidagi fikrlarni o‘z ma’ruzasida keltirgan. 2018 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida neft va gaz tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha bir qator masalalar to‘g‘risidagi vazifalar ham belgilab berilgan[1].
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng Respublikamiz hayotida ijobiy yangiliklaramalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning boy tabiiy va ishchi kuchi zahiralaridan fan va texnikaning so‘ngi yutuqlariga tayangan holda foydalanib,yurtimiz iqtisodiyotini va xalqimizning farovonligini yanada oshirish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Jahonning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz salbiy ta’sir oqibatlarining oldini olish turli darajalardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirishda o‘ziga xos izchillikni, xatti-harakatlarning har tomonlama o‘ylanganligi va asoslanganligini,tub islohotlarni amalga oshirishning bosqichma-bosqichligini, reja va maqsadlarga tomon harakatdagi sobitqadamlikni taqozo etadi.So‘nggi jahon moliyaviy–iqtisodiy krizisining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta‘sirini inobatga olgan holda
Keyingi yillarda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini moddernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha faol investisiya siyosatini olib borishga katta e’tibor berilmoqda.
|
| |