МАШИНАСОЗЛИК ИЛМИЙ-ТЕХНИКА ЖУРНАЛИ
SCIENTIFIC AND TECHNICAL JOURNAL MACHINE BUILDING
№6 (Махсус сон), 2022 йил
web.andmiedu.uz
ISSN 2181-1539
130
Abstract
In this article, one of the problems in natural gas purification enterprises is studied.
Determination of the composition and quantity of various foreign substances, heat-resistant
salts in the diethanolamine solutions used in
gas purification, as well as the purification and
reuse of these solutions have been determined
.
Kalit so`zlar.
Gazni tozalash, dietanolamin, metildietanolamin, vodorod sulfid,
absorbsiya, issiqlikka bardoshli tuzlar, texnologiya, seolit, destruktsiya
Ключевые
слова
.
Газоочистка,
диэтаноламин,
метилдиэтаноламин,
сероводород, абсорбция, термостойкие соли, технология, цеолит, деструкция
Key words.
Gas purification, diethanolamine, methyldiethanolamine, hydrogen
sulfide, absorption,
heat resistant salts, technology, zeolite, destruction
Tabiiy gaz konlarida ishlab chiqarilayotgan gaz maxsulotlari hamda gaz kondensatlari
tarkibidagi turli issiqlikka bardoshli tuzlar mavjud bo’lib ularni tozalash korxonaning asosiy
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda tabiiy gazlarni tozalashda turli xil usul va
texnologiyalardan foydalanib kelinmoqda. Sho`rtan neft va gaz qazib chiqarish
boshqarmasida gazlarni seolit yordamida adsorbsion tozalanadi. Ushbu qurilmalardan
uzatilayotgan regeneratsiya
gazi tarkibida COS, CO
2
, H
2
S gazlari mavjud bo`lib, ular amin-
metildietanolamin (MDEA) va dietanolamin (DEA) yordamida absorbsion tozalash
qurilmalariga yuboriladi va qo`shimcha kislotali gazlardan tozalanadi. Muhitda xlor ionining
bo`lishi qurilmada foydalanilayotgan MDEA va DEA eritmalari tarkibida issiqlikka bardoshli
tuzlar hosil bo`lishiga va miqdorining oshishiga sabab bo`ladi. Natijada amin eritmasida
mavjud bo`lgan metall ionlari, masalan, temir ionlari hisobiga mexanik aralashmalar mavjud
bo`lib, MDEA va DEA eritmalari tarkibida sirt faol moddalar hosil qiladi. Bu o`z navbatida
quvur va jihozlarning yemirilishini keltirib chiqarib, amin eritmasini o`rtacha ikki yilda
yangisiga almashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Shuningdek, qurilmaga qo`shimcha
amin quyilganda bir mol toza aminbir1 mol issiqlikka bardoshli tuzlarni neytrallaydi, ya`ni
toza amin kuygan holatda ham amin eritmasi konsentratsiyasi nazariy hisobga nisbatan
neytrallanishga sarflanish hisobiga konsentratsiyasi kamayadi.
Amin eritmasining o`ta to`yinishi, bosim va haroratning ortishi, kaliy va natriy xlorid
tuzlarining miqdorini ortishi, temir, xrom, marganets kabi metall birikmalarining amin
eritmasida bo`lishi MDEA va DEA molekulalarining destruktsiyalanishiga olib keladi,
natijada issiqlikka bardoshli tuzlar hamda organik tabiatli
yuqori molekulyar birikmalar, sirt
faol moddalarning hosil bo`lishiga olib keladi. Bunday birikmalar yuqori korrozion muhitni
va ishqalanishni paydo qiladi. Natijada nasoslarning ehtiyot qismlari va uskunaning ichki
qismlarida korrozion holatlar kuzatiladi.
Ishlatilib bo`lingan aminlarni tozalash va jarayonda qayta ishlatish ushbu
yo`nalishdagi korxonalarning muammolaridan biri hisoblanadi.
Umuman olganda amin eritmasini tozalashning jaxon tajribasida qo`llanilayotgan uch
xil: ion almashinuvchi smolalar yodamida, vakuum-distillyatsiya va maxsus cho`ktiruvchilar
yordamida tozalash usullari mavjud [1-3].