|
МАШИНАСОЗЛИК ИЛМИЙ-ТЕХНИКА ЖУРНАЛИBog'liq 643f8b9fbdaf9 1Андижон машинасозлик Махсус сон 07.01.2023- cuttedМАШИНАСОЗЛИК ИЛМИЙ-ТЕХНИКА ЖУРНАЛИ
SCIENTIFIC AND TECHNICAL JOURNAL MACHINE BUILDING
№6 (Махсус сон), 2022 йил
web.andmiedu.uz
ISSN 2181-1539
132
Kaltsiy esa seolit tarkibidan qo`shilib kelgan, temir, xrom, marganets, titan, nikel kabi
elementlar kolonna va nasadkalarning qisman emirilishi natijasidir.
DEA eritmasi element analizi.
Analiz natijasidan ko`rinadiki, eritma tarkibida oltingugurt, xlor, kaliy, kaltsiy, xrom,
marganets, temir elementlari miqdori baland va oz miqdorda fosfor, kremniy, nikel
elementlari ham mavjud. Bu natijalardan quyidagicha xulosalar qilish mumkin, oltingugurt
elementi regeneratsiyalanmaydigan barqaror oltingugurt birikmalari hosil qiladi.
Amin eritmalarini issiqlikka bardoshli tuzlardan va destruktsiya mahsulotlaridan
tozalashning eng samarali usullaridan biri sifatida ikki bosqichli “vakuum-distillyatsiya” usuli
tavsiya qilinadi. Bunda birinchi bosqichda atmosfera bosimida eritma kontsentrlanadi va
ikkinchi bosqichda vakuumda (-0.9 atm) suv bug`i bilan haydaladi.
Amin eritmalarini suv bug`i bilan vakuum-distillyatsion tozalash qurilmasi texnologik
sxemasi. 1,2 – kolonnalar, 3,5,7 – sovutgichlar, 4,6,8 – separatorlar,
9 – chiler, 10 – yig`gich, 11,12,13 – qizdirgichlar, 14-20 – nasoslar.
Keltirilgan texnologik sxema asosida amin eritmasi o`rtacha bosimdagi par bilan
teploobmennikda qizdiriladi va absorbentni kontsentrlash maqsadida kollonnaga beriladi.
Kolonnadagi kontakt elementlarida suv amin va qiyin parchalanuvchi tuzlardan ajraladi. Suv
bug`lari
havoda
sovutiladigan
apparatda
kondensatlanib
separatorda
ajratiladi.
Kondensatlanmagan uglevodorodlar, destruktsiya mahsulotlari, vodorod sulfid, CO
2
kabi
mahsulotlar separatordan utilizatsiyaga yuboriladi. Kondensatlangan suv haydab olinadigan
amin bilan absorbent tayyorlashda ishlatiladi.
|
| |