Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси




Download 3,57 Mb.
bet34/48
Sana29.12.2020
Hajmi3,57 Mb.
#13008
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
Audiotizimning tarkibiy qismlari

Audiotizimni tanlashda uning tarkibiy qismlari parametrlarini hisobga olish lozim.



Tovush platalarining ulanish joylari.

Tovush platalarining ko‘pchiligi bir xil ulanish joy(razyom)iga ega. Bu ixcham (faylning sakkizdan bir bo‘lagi) ulanish joylari orqali platadan akustika tizimiga va start tizimning kirish joyiga signallar beriladi. Xuddi shunday uzulish joylariga mikrofon, kompakt disklarning proigrivateli va magnitofon ulanadi. Platada to‘rt turdagi ulanish joyi o‘rnatilgan bo‘ladi (yoki o‘rnatilgan bo‘lishi lozim).

Plataning chiziqli chiqishi. Bu ulash joyidan signalni hamma tashqi uskunalar-akustik tizim, eshitish moslamalari yoki stereo kuchaytir-gichlarga uzatish mumkin. Stereokuchaytirgich yordamida signalni ma’lum darajagacha kuchaytirish mumkin. Ba’zi tovush platalarida 2ta chiqish uyasi bo‘ladi: bittasi chap kanalning signali uchun, boshqasi esa o‘ng kanalniki.

Plataning chiziqli kirishi. Bu kiruvchi ulanish joyidan audiotizimdan qattiq diskka kelayotgan tovush signalini yozish paytida foydalaniladi.

Akustik tizim va eshitish moslamalari uchun ulanish joyi. Bu ulanish joyi hamma platalarda ham mavjud emas. Akustik tizimga signallar stereo kuchaytirgichga kirishdagi o‘sha ulanish joyi (chiziqli kirish)dan uzatiladi. Agar platada chiquvchi ikkita ulanish joyi bo‘lsa, ularning akustik tizimlar va eshitish moslamalarga mo‘ljallanganida signal kuchliroq bo‘ladi.U eshitish moslamalar va uncha katta bo‘lmagan akustik tizimlar uchun normal ovoz balandligi darajasini ta’minlashi kerak.

Ko‘pchilik tovush platalarining chiqish quvvati taxminan 4 Vt ni tashkil qiladi. Bunda chiziqli chiqishdagi signal kuchaytiruvchi tizimdan o‘tmaydi va shuning uchun undagi tovushning sifati yuqori bo‘ladi.



Mikrofon yoki monofonik signalning kirishi. Bu ulash joyiga diskka tovush yoki boshqa tovushlarni yozish uchun mikrofon ulanadi. Mikrofondan amalga oshirilgan yozuv monofonik yozuv bo‘ladi.

Signalning sifatini ko‘tarish uchun ko‘pchilik tovush platalarida kuchaytirishni tartibga solishning avtomatik usulidan foydalanilgan (Automatic Gain Control - AGC). Bunda kirish signalining darajasi muntazam va qayta tashkil etish uchun eng qulay qilib ushlab turiladi. Yozish uchun eng yaxshisi elektrodinamik mikrofondan yoki yuklanishni qarshiligi 600 Omdan 10 kiloOmgacha mo‘ljallangan kondensatorli mikrofondan foydalanish kerak. Ayrim arzon tovush platalarida mikrofon chiziqli kirishga ulanadi.



MIDI joystika uchun ulanish joyi. Joystikani ulash uchun 15 kontaktli D-simon ulanish joyidan foydalaniladi. Uning ikkita kontaktidan MIDI uskunasi, masalan, klavishli sintezatorni boshqarish uchun foydalanish mumkin (bunday holda Y-simon kabel zarur bo‘ladi).

MIDI uskunalari uchun ayrim tovush platalari alohida ajratish joyiga ega bo‘ladi. Ayrim zamonaviy kompyuterlarda joystik uchun port tizimli platada yoki alohida kengaytirish platasida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda o‘yin nazoratchisini ulash paytida operatsion tizimning joriy konfiguratsiyasida aynan qaysisini ishlatish kerakligini aniqlab olish zarur bo‘ladi.



MIDI ulanish joyi. Audioadapterlarda, odatda, MIDI ulanish joyi foydalanadigan joystik porti ishlatadi. Ajratish joyidagi ikkita kontakt MIDI uskunasi (masalan, klavishli sintezator)ga va undan signal yuborishga mo‘ljallangan. Ko‘pchilik holatlarda audioadapterni ishlab chiqaruvchidan MIDI uchun alohida bo‘lgan va joystik portiga ulanadigan joyini sotib olgan ma’qul. Bunday ulanish joyi 5 kontaktli 2 ta dumaloq DIN ulanish joylariga ega bo‘lib, ulardan MIDI uskunalarini ulashda, shuningdek, joystik uchun ulanish joyi sifatida foydalaniladi. MIDI uskunalari va djoystik uchun signallar har xil kontaktlardan yuborilishi sababli, ularni bir vaqtda ulash mumkin. Shunday qilib, MIDIning tashqi uskunalarini shaxsiy kompyuterga ulash uchun faqat ulanish joyi kerak bo‘ladi. WEB serverlaridan olinadigan MIDI fayllarini esa tovush platasining ichki sintezatori yordamida qayta tiklash mumkin.


Download 3,57 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Download 3,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси

Download 3,57 Mb.