PCI IDE IRQ Map to. IDE nazoratchining PCIdagi uzilishida aks etadi. Agar ona platada uzilishlar bo‘lmasa, (yoki taqiqlangan bo‘lsa) IDE kontrollerlari PCI shinasida egallagan uzilishlarni bo‘shatish va ularni ISA shinasidagi uskunalarga berish imkonini yaratadi. ISA uchun standart uzilishlar - birinchi kanal uchun IRQ 14 va ikkinchi kanal uchun IRQ 15. Quyidagi belgilarni qabul qilishi mumkin:
- PCI IDE IRQ mapping (PCI IDE uchun ishlatiladi).
- PSAT (ISA) (ISA uchun ishlatiladi).
Init AGP Displey First. "Enabled"ga o‘rnatilayoganda tizimda AGP kartasiga ulangan displey birlamchi bo‘lib qoladi. Agar “Disabled" belgisi tanlangan bo‘lsa, unda PCI - karta yoki ISA asosiy rolni o‘ynaydi.
AGP va “PCI” (“PCI Slot”) parametrli "Init Displey First" opsiyasi ham xuddi shunday ishlaydi. Tizimda bitta video-adapter mavjud bo‘lganida bu opsiyalar muammo tug‘dirmaydi. Operatsion tizim darajasida qo‘llab-quvvatlanadigan ikkita videoadapter o‘rnatilganida esa, faqat eng unumdorligini emas, balki ikki displeyni ulash mumkin bo‘lgan yagona variantni (buni amalga oshirish mumkin) tanlash lozim. Bu erda so‘z PCI adapteri ikkinchi bo‘lib ishlay olmaydigan holatlar haqida bormoqda.
Parametrlari PCI/AGP va AGP/PCI bo‘lgan "VGA BIOS SEQUENCE" (BIOS videokartalarining yuklanishi izchilligi) opsiyasi ham xuddi shunday ishlaydi.
Videoadapter ona platasiga integratsiya qilingan hollarda "Init Displey Fipst" opsiyasi tanlashning biroz boshqacharoq variantini taklif qiladi. Quyidagi belgilarni qabul qilishi mumkin:
- Onboard
- PCI Slot
Va, nihoyat, anologik funksiyaning "VL Bus" va "PCI Bus" parametrli "Graphics Adaptor" adapter ancha “eski” hisoblanadi.
|