• Amaliy topshiriq №1 Bajardi:Kompyuter injiniringi ta’lim yo‘nalishi 212-21 guruh Xolmamatov Akbar . Qabul qildi: Yusupov Rustam
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tosh




    Download 126.29 Kb.
    bet1/5
    Sana04.11.2023
    Hajmi126.29 Kb.
    #94142
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    kompyuter arxitekturasi amaliy topshiriq1
    1668743675, oddiy fayl, 11-sinf-informatika-testlar-2

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    Kompyuter arxitekturasi
    fanidan


    amaliyot


    Amaliy topshiriq №1
    Bajardi:Kompyuter injiniringi ta’lim yo‘nalishi
    212-21 guruh
    Xolmamatov Akbar
    .

    Qabul qildi: Yusupov Rustam


    Toshkent 2023
    Mavzu:Kompyuter arxitekturasi


    Reja:
    . Kirish.
    . Asosiy qism.

    1. Kompyuter arxitekturasi.


    2. Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi va shinalar.
    3. EISA avtobusi.
    .Xulosa.
    .Foydalangan adabiyotlar.
    KIRISH
    Hozirda kompyuter injineringi va dasturiy injinering, hamda ularga yondosh sohalar mutaxassislari – kompyuterlarda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini qanday tashkil qilinganligini tushunishlari, hamda ulardan kundalik faoliyatlarida foydalana olishlari tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Kompyuterda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari, ya’ni hisoblash jarayonlarining qanday tashkil qilinganligi, ma’lumotlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirib yozish amallari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, kompyuterda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik choralarini amalga oshirish, hamda multimedia vositalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturiy vositalardan unumli foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llashda – kompyuter arxitekturasiga oid bilimlardan xabardor bo‘lishlik ham talab etilmoqda. Hozirda kompyuter va telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va yaratilayotgan turli xil tizimlarni, jumladan taqsimlangan va bulutli hisoblash tizimlari kabi tizimlarni ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin bo‘lmoqda. Kompyuter arxitekturasi haqidagi ushbu fanni o‘rganish bilan har bir inson – kompyuterning qanday tuzilganligini, uning qanday ishlashi va dasturlanishiga oid bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompyuterning qanday tuzilganligi, qanday ishlashi va dasturlanishiga oid bilimlarni egallash natijasida insonning kompyuter bilan mutaxassis sifatida muloqot qilish saviyasi va kompyuterning imkoniyatlaridan unumli foydalanish darajasi oshib boradi. Hisoblash texnikasi sohasi, hususan kompyuterlarning qanday tuzilganligiga oid nashr qilingan adabiyotlarda asosiy e’tibor, kompyuterni tashkil etuvchi apparat vositalarning qanday tuzilganligi, nima uchun mo‘ljallanganligi, hamda qanday ko‘rsatgichlar asosida ularni tavsiflash mumkinligiga qaratilgan. Ushbu adabiyotlar ko‘proq kompyuterning apparat qismi bilangina shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangandir. 6 Ohirigi 10-15 yillar davomidagi rivojlanish shuni ko‘rsatdiki, kompyuterni o‘zining faoliyatida qo‘llayotgan har-bir soha mutaxassisi, ayniqsa kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring va telekommunikatsiya kabi sohalar mutaxassislari uchun – kompyuterni tashkil qiluvchi apparat va dasturiy vositalarini birgalikda o‘rganish maqsadga muvofiq ekan. Kompyuterning apparat va dasturiy vositalarini birgalikda o‘rganish deganda, kompyuter va kompyuter tarkibiga kiradigan qurilmalarni qanday tuzilganligi bilan birga, ularda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari qanday amalga oshirilishini ham o‘rganish tushuniladi. Bunda ma’lumotlarni ishlash dasturlari qanday algoritmlar asosida tuzilganligi, ushbu algoritmlarni so‘z bilan ifodalashdan tortib, to amaliy dastur sifatida shakllanish bosqichlarini mukammal bilish kerak bo‘ladi. Ushbu o‘quv qo‘llanmaning birinchi bobida zamonaviy kompyuter arxitekturasiga oid asosiy tushunchalar, hamda kompyuterning raqamli va mantiqiy asoslariga oid ma’lumotlar keltiriladi. Unda kompyuterning apparat ta’minoti hisoblangan raqamli mantiqiy sath ob’ektlari – ventillar, oddiy mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi elementlar, xotira elementlari hisoblangan triggerlar, ular asosida qurilgan registrlar qanday tuzilganligi va ularning kompyuter arxitekturasida tutgan o‘rni haqida tushuntirishlar beriladi. Ikkinchi bobda kompyuterning asosiy va yordamchi xotira qurilmalari qanday tuzilganliklari haqida so‘z yuritiladi. Bunda asosiy e’tibor ikkilik ko‘rinishda ifodalangan ma’lumotlarni xotiraga yozish, saqlash, adreslash va xotiraga murojaat qilish qanday amalga oshirilganligi ko‘rib chiqiladi. Uchinchi bobda kompyuterlar protsessorlarning tuzilishlari va qanday ishlashlarini tushuntirish amalga oshirilgan. Unda sakkiz, o‘n olti va o‘ttiz ikki razryadli protsessorlarning tuzilishlari va qanday ishlashlari ularni o‘zaro taqqoslashlar bilan keltirilgan. Ushbu bobda zamonaviy kompyuterlar protsessorlari – Intel Core i7, UltraSPARC III, OMAP4430 va AT mega 168 protsessorlari, hamda parallel kompyuter arxitekturalariga oid ma’lumotlar bilan ham tanishtiriladi. To‘rtinchi bob Assembler tilida dasturlash asoslarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Unda asosiy e’tibor Assembler tilida yozilgan dasturlarni o‘rganish 7 va tuzish asosida kompyuter arxitekturasining tuzilishini qanday ekanligini mukammalroq tushinib olish mumkinligi ta’kidlangan. Beshinchi bobda kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi, kompyuterning shinalari va ularning ishlash tamoillari haqida so‘z yuritilgan. Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda qo‘llanilayotgan PCI, PCI Exspress va USB shinalarining tuzilishlari va xususiyatlari ko‘rib chiqilgan



    Download 126.29 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 126.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tosh

    Download 126.29 Kb.