Axmadaliyeva muqaddasxon




Download 451,47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.02.2024
Hajmi451,47 Kb.
#152932
Bog'liq
21.40.AXMADALIYEVA Muqaddasxon -Raqamli va axborot texnologiyalari fanidan-Yagona identifikatsiya tizimida ro’yxatdan o’tish va mill



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIMI 
IJTIMOIY ISH yo’nalishi 
 
21.40-guruh talabasi 
 
AXMADALIYEVA MUQADDASXON
 
Raqamli va axborot texnologiyalari fanidan
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
M U S T A Q I L 
ISHI 


 
MAVZU: Yagona identifikatsiya tizimida ro’yxatdan 
o’tish va milliy tarmoq resurslaridan foydalanish 
 
 
REJA: 
 
1. 
Yagona identifikatsiya tizimi haqida. 
2. 
Yagona identifikatsiya tizimida ro’yxatdan o’tish. 
3. 
Milliy tarmoq resurslaridan foydalanish.


Yagona identifikatsiya tizimi 
— har xil hukumat agentliklariga va fuqarolik 
vebsaytlariga kirish imkoniyatini beradigan yagona akkount bilan taʼminlaydi. 
Foydalanuvchilar turli xil veb saytlar uchun turli xil akkountlar yaratishiga toʻgri 
kelmaydi va ular oʻzlarining elektron raqamli imzo orqali YIT ga javobgar 
idoralarga tashrif buyurmasdan roʻyhatga kirishlari mumkin. Foydalanuvchi YIT 
ga kirgandan soʻng, u YITga bogʻlangan veb saytlarga qaytadan kirishiga oʻrin 
qolmaydi. Foydalanuvchining bir akkaunti bilan barcha davlat e-hukumat 
tizimlariga E-hukumat tizimlari bilan Yagona Identifikatsiya Tizimi integratsiya 
boʻlgani sababli, barcha tegishli resurslarga kirish uchun bir akkaunt bilan 
foydalanish imkonini beradi. Yagona Identifikatsiya Tizimi akkaunti yordamida 
barcha xizmatlar bilan foydalanishingiz mumkin. Xavfsizlik va asillik 
Foydalanuvchi Yagona Identifikatsiya Tizimida shaxsiy maʼlumotlari haqiqiyligini 
tasdiqlash uchun Elektron Raqamli Imzo taqdim etishi kerak. Bu esa internetdagi 
foydalanuvchining haqiqiy odamligini taʼminlaydi. Bu eng ilgʻor onlayn davlat 
hizmatlarini taqdim etishni taminlaydi. Bundan tashqari, jismoniy va yuridik 
shaxslar markaziy bazasi bilan integratsiya orqali, barcha shaxsiy maʼlumotlarni 
toʻldirish uchun hech qanday ehtiyoj yoʻq — sana axborot avtomatik ravishda oʻz 
vaqtida yuklanadi va yangilanadi (Masalan, ism yoki yashash manzili oʻzgarishi) 
Boshqa saytlar bilan integratsiya Agar siz veb-sayt egasi boʻlsangiz va 
foydalanuchni identifikatsiya qilmoqchi boʻlsangiz, har qanday xizmatlar (bank 
xizmatlari, elektron tijorat va boshqalar) bilan taʼminlash uchun — Yagona 
Identifikatsiya Tizimi qonuniy va qulay yoʻl. Yagona Identifikatsiya Tizimi qonun 
bilan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17 dekabr 2015 yil 365 sonli 
tasdiqlangan foydalanuvchilarni aniqlash Yagona Identifikatsiya Tizimi elektron 
hukumat haqidagi nizomga muvofiq, Yagona Identifikatsiya Tizimi tomonidan 
koʻrsatilgan maʼlumotlar haqiqiy deb qabul qilish lozim. Yuridik shaxslarni 
identifikatsiya qilish Agar siz tashkilot (kompaniya) rahbari boʻlib jismoniy shaxs 
sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, oʻz kabinetingizda tashkilot qoʻshishingiz 
mumkin. Buning uchun, siz Yagona Identifikatsiya Tizimi shaxsiy kabinetingizda, 
tashkilot rahbari nomidan olingan Elektron Raqamli Imzo taqdim etishingiz kerak. 


Yuridik shaxs qoʻshib siz tashkilot nomidan davlat xizmatlarini foydalanish uchun 
boshqa foydalanuvchilarga (sizning xodimlaringiz) oʻz vakolatlaringizni topshirish 
mumkin boʻladi. 
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'tish uchun 
foydalanuvchi 
ID.UZ Yagona identifikatsiya tizimida
 ro'yxatdan o'tishi lozim 
bo'ladi. Buning uchun eslatmada ko'rsatilagan havola bo'yicha o'tish (“Ro'yxatdan 
o'tish” tugmasi bosilganda), yoki Yagona identifikatsiya tizimi manzili -
 
www.id.uz
 ni kiritish kerak. 
Foydalanuvchi barcha kataklarga tegishli ma'lumotlarni kiritishi va 
“Jo'natish” tugmasini bosishi kerak. 

Agar foydalanuvchi uMail.uz pochta qutisini ro'yxatdan o'tkazishni istasa, 
tegishli chek-boksga belgini qo'yishi kerak. Natijada login@umail.uz pochta qutisi 
ochilgan bo'ladi; 

uMail.uz pochta qutisidan farq qiluvchi boshqa pochta qutilaridan 
foydalangan holda ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lganlar, akkuant ro'yxatdan o'tganligini 
tasdiqlovchi ma'lumotni olishlari lozim bo'ladi. 
Foydalanuvchi 
ro’yxatdan muvafaqqiyatli o`tganidan 
so`ng 
«Shaxsiy 
ma’lumotlar» sahifasida ma’lumotlarni kiritish zarur. 
Endi, foydalanuvchi qaytadan Yagona portal manziliga kirishi va “ID.UZ 
yordamida kirish” tugmasini bosishi lozim. 
Natijada foydalanuvchi Yagona portalda avtorizatsiya qilingan bo'ladi va 
bemalol murojaat yuborishi yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin. 
Yagona portal xizmatlaridan foydalanish uchun Siz quyidagi ro`yxatdan 
o`tish 
usullaridan 
birini 
tanlashingiz 
mumkin: 
1. 
SMS-tasdiqlash orqali. Aktivatsiya kodini mobil telefonga SMS-xabar 
orqali olish mumkin. 


2. 
ID.UZ yagona identifikatsiya tizimi yordamida. 
3. 
Elektron raqamli imzo yordamida. 
4. 
UzCard yordamida. 
Ro`yxatdan o`tish usullaridan birini tanlashdan oldin Yagona portal 
xizmatlaridan foydalanish qoidalari (shartlari) bilan tanishib chiqishingizni tavsiya 
etamiz. 
Yagona portal Sizga davlat tashkilotiga tashrif buyurishdan yoki qog`oz 
tarzda xat yuborishdan qulayroq bo`lgan davlat xizmatlaridan elektron shaklda 
foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan 
murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib qo’ymoqchimiz. 


Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unitmasligingizni so`raymiz: 
1. 
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida"gi 
O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq
, o`zi to`g`risida xato 
ma'lumotni 
bergan 
yoki 
murojaatning 
mohiyatini 
ko`rsatmagan 
foydalanuvchilarning murojaatlari ko`rib chiqilmaydi. 
2. 
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida"gi 
O`zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasi

O`zbekiston Respublikasi 
Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 40 - 41-moddalari
,
O`zbekiston 
Respublikasi 
Jinoyat 
kodeksining 
139 

140
 va 
237-moddalariga 
muvofiq
 murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek 
tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka 
sabab bo’ladi.
3. 
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida"gi 
O`zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasiga muvofiq
 bila turib yolg`on 
ma'lumotlar bayon etilgan murojaatlarni ko’rib chiqishda davlat organi tomonidan 
qilingan xarajatlar jismoniy yoki yuridik shaxsdan sudning qaroriga ko’ra undirib 
olinishi mumkin. 
Shu bilan bir qatorda, agar davlat organi Sizga masalangiz bilan bog`liq 
bo`lmagan javobni yo`llaganida, qonunchilikda belgilangan muddatlarni 
buzganida, Sizning murojaatingiz bo`yicha asossiz yoki qonunga zid bo`lgan qaror 
qabul qilganida, yoki boshqa yo`l bilan Sizning jismoniy va yuridik shaxslarning 
murojaatlari to`g`risidagi qonunchilikda belgilangan huquqlaringizni buzganida va 
boshqa shu kabi holatlarda Siz yuqori turuvchi tashkilot, yoki sudga bunday xatti-
harakatlar ustidan shikoyat bilan murojaat qilishingiz mumkin. 
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi 
Yagona interaktiv davlat xizmatlari 
portali to`g`risida Nizomiga
 asosan davlat organlari fuqaro murojaatlarini rad 
etishlari mumkinligini eslatib o`tamiz. Quyidagilar foydalanuvchining shaxsiy 
kabinet orqali tushgan murojaatini ko`rib chiqishni rad etish uchun asos 
hisoblanadi: 



odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yohud haqoratli iboralar, 
tahdidlar, mantiq va ma'nosi bo`lmagan takliflar va shunga o`xshash murojaatlar); 

murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari 
mavjud bo`lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo`lmagan 
murojaatlar. 
Tashkilot tomonidan murojaatni ko`rib chiqish rad etilganida bir ish kuni 
mobaynida murojaatni ko`rib chiqishni rad etishning asoslangan sabablari 
ko`rsatilgan holda foydalanuvchiga elektron shaklda rad etish to`g`risida 
xabarnoma yuboriladi. 
Davlat organi bitta va aynan o`sha foydalanuvchining bir necha bor ushbu 
masala bo`yicha javob bergan murojaatini, agar unda yangi vajlar yoki holatlar 
keltirilmagan bo`lsa, ko`rib chiqilmaydi. 
Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro 
axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi. 
Hozirgi davrda fan va texnikada ko‘p qullaniladigan tushunchalardan biri- 
tizimdir. Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, 
texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining 
samaradorligini oshirishdir. 
O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati 
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish 
hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, 
milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot 
tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va 
hududiy axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to‘plash, saqlash, 
izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy 
jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa 
vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar 
banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni 
(11.12.2003 yil) 19-moddasida ko‘rsatilganidek, axborot resurslari va axborot 


tizimlarini muhofaza qilish avvalambor, shaxs, jamiyat va davlatning axborot 
xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 20-
moddasida: “Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g‘ayriqonuniy 
munosabatda bo‘lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining 
mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar 
yetkazilishi mumkin bo‘lsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va 
jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z 
ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini 
ta’minlashi shart”, deb alohida ko‘rsatilgan. 
Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga 
oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar; 
- Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o‘rtasida axborot tizimlari 
orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar; 
- Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga 
xizmat qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari; 
- Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va 
tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar; 
- Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari; 
- Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar; 
- Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma komponentlarini boshqarish 
tizimlari)ga oid quyi tizimlar; 
- Davlat organi to‘g‘risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot 
yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydigan 
quyi tizimlar; 
- Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar; 
- Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi xodimlari 
tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar. 
Bugungi rahbar va ijrochi o’zining ish o’rnida aniq ishlab chiqarish yoki 
bozor vaziyatini tahlil qilish uchun yetarli bo’lgan axborotlarni amalda bir zumda 


olishi mumkin. Axborot texnologiyalaridagi katta o’zgarishlar tufayli boshqaruv 
ishini tashkil qilishdagi bunday islohotlar amalga oshirilmoqda. Axborotlar 
oqimlarini rasmiylashtirish, ma’lumotlarni ishlab chiqish usullarini qo’llash, 
ma’lumotlar omborini taqdim etish – bularning barchasi hozirgi vaqtda amalga 
oshirishning butunlay yangi aniq usullarini o’zida jamlagan. 
Bozordagi vaziyat dasturiy – texnik mahsulotlarga to’lov talabining doimiy 
o’sishi uchun sharoitlar yaratdi. Har qanday firma, tashkilot hamda bankning 
birinchi ehtiyoji – ishlab chiqarish xo’jalik operatsiyalarini qayd etish, hisob 
ma’lumotlarini ishlab chiqish, hisobot, tizim va marketing axborotlarini 
rasmiylashtirish, tartibga solishdan iborat bo’lib qolmoqda, bu esa texnik va 
dasturiy vositalarga, murakkab avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va 
texnologiyalarga bo’lgan talabni kuchaytiradi. 
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari axborot resurslarini shakllantirish 
va ulardan foydalanish jarayonlarini tubdan o’zgartirib yuborib, quyidagilarni 
ta’minlamoqda: 
· katta hajmdagi axborotlami ixcham holatda saqlash; 
· axborotlarni tezkor izlab topish; 
· uzoq masofada joylashgan resurslarga kirish imkoniyati; 
· bitta axborot tashuvchisida turli axborotlarni saqlash; 
· bibliografik va to’liq matnli ma’lumotlar bazalarini umumlashtirish; 
· faktografik va bibliografik axborotlarni o’zida saqlovchi ma'lumotlar 
omborining paydo bo’lishi. 
Axborotli jarayonlarning sanoat asosiga o’tishi axborot sohasining 
rivojlanishini jadallashtirmoqda, dasturiy texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq 
etish esa uni biznesning istiqbolli turlaridan biriga aylantirmoqda. Bularga xorijiy 
mamlakatlardan kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarining yetkazib berilishi, 
ichki kompyuter bozorining vujudga kelishiga ko’maklashmoqda. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlar va texnologiyalar samaradorligining 
mezonlarini shakllantirishga e’tibor berishda ham sezilarli siljishlar ro’y bermoqda. 
Agar ma’muriy – buyruqbozlik tizimlari sharoitlarida asosiy e’tibor axborotlarni 


mashinada ishlab chiqishning xarajatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lsa, hozirda 
eng avvalo qarorlarni tez qabul qilish, tahliliy ma’lumotlarning haqiqiy 
jarayonlarga o’xshashligi darajasi, iqtisodiy – matematik usullar va modellardan 
aniq moliyaviy ishlab chiqarish vositalar tahlili uchun foydalanish imkoniyati 
faollashdi. Masalaning bunday qo’yilishi tadbirkorlik va xo’jalik yuritish 
amaliyotiga ilmiy tadqiqot nuqtai nazarlarini kiritadi, yangi ilmiy asoslangan 
qarorlar, yondashishlar va malakali xodimlarni talab qiladi. 
Bundan tashqari axborot – qolgan barcha resurslardan samarali foydalanish va 
ularning isrof qilmaslikka yordam beradigan yagona resurs sanaladi. 
Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalarning murakkablashishi natijasida, 
axborot hajmi shunchalik ko’payib ketdiki, bu larayon boshqaruv sohasida 
axborotni qayta ishlash zaruriyatini yuzaga keltirdi. Boshqaruv ierarxiyasining 
paydo bo’lishi, tovar – pul munosabatlarining yuzaga kelishi hamda hisoblash 
mashinalarining yaratilishi boshqaruv uchun katta hajmdagi axborotlarni qayta 
ishlashda yuzaga keluvchi qiyinchiliklarni yengish imkonini berdi. Bugungi kunga 
kelib boshqaruv ierarxiyasining, tovar – pul munosabatlarining, hisoblash 
mashinalarining rivojlanishi shu darajaga yetdiki, endilikda axborot hajmi va 
murakkabligi axborot sanoatini yaratishni talab qilmoqda. Axborotlar miqdori 
mamlakatda milliy, iqtisodiyot, tarmoq, tashkilotlar rivojlanishini belgilaydi. 
Bundan tashqari axborot strategik resursga aylanmoqda, axborot resurslari esa 
uning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu resursdan foydalanish hajmi yaqin 
kelajakda davlatlarning strategik imkoniyatlarini, jumladan, mudofaa qobiliyatini 
belgilab beradi deyishga asos bor. 
Hozirgi paytda axborot hajmining ortishi va uning murakkablik darajasining 
yuksalishi axborot industriyasini barpo etishni talab etmoqda. Axborot 
industriyasi mamlakatning rivojlanishini, tarmoqlar va tashkilotlar yuksalinishini 
belgilab beradi. 
Axborot resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi: 
· barcha axborot 
tashuvchilardagi 
oldin 
yaratilgan 
va 
joriy 
vaqtda tanlangan birlamchi hujjatlar; 


· to’liq matnli ma’lumotlar ombori; 
· kutubxonalar, 
axborot 
markazlari, 
arxivlar 
va 
boshqa 
tashkilotlar tomonidan yig’iladigan, chop etilgan va chop etilmagan birlamchi 
hujjatlar; 
· yaratilgan bibliografik mahsulotlar; 
· faktografik ma’lumotlar ombori; 
· tahliliy mahsulotlar; 
· axborot bozorida taqdim qilinayotgan xizmatlar; 
· kompyuter tarmoqlari aloqalari; 
· axborot tizimlarini yaratishni ta’minlab beradigan dasturiy va 
telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish vositalari; 
· axborot mahsulotlarini yaratuvchi, saqlovchi va foydalanuvchi tashkilotlar. 
Tashkilotning axborot resurslarini shakllantirish manbalari. Har qanday 
tashkilot u yoki bu tashqi muhitda faoliyat ko’rsatadi hamda ichki muhitni yuzaga 
keltiradi. Ichki muhit tashkilotning tuzilmaviy bo’linmalari va u yerda ishlovchi 
xodimlar orqali ularning texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlarida 
shakllanadi. Yuzaga kelish manbaiga bog’liq holda tashkilot doirasidagi axborot 
resurslarini tashkil etuvchi ichki va tashqi axborotlar muhitlari mavjud. 
Ichki muhit axboroti odatda aniq bo’lib, xo’jalikning moliyaviy holatini to’liq 
aks ettiradi. Uni tahlil etish ko’pincha standart formallashgan protseduralar 
yordamida amalga oshiriladi. 
· Axborot – axborot xizmati tizimlarida fan – texnika faoliyati va turli 
sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig’indisidir, ya’ni 
axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning intellektual 
hayoti bilan cheklanadi. 
Ko’rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to’liq, axborotli jarayonlar 
ko’p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Chindan ham, 
axborotlashgan jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. 

Download 451,47 Kb.




Download 451,47 Kb.
Pdf ko'rish