• Quydagilar talab etiladi
  • Ikkinchi bosqich: Shaxsiy kompyuterni tayyorlash.
  • Birinchi bosqich: O‘rnatish oldidan tayyorgarlik




    Download 3,57 Mb.
    bet38/48
    Sana29.12.2020
    Hajmi3,57 Mb.
    #13008
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
    Birinchi bosqich: O‘rnatish oldidan tayyorgarlik. Videokartani joylashtirish yoki eski kartani yangisiga almashtirish uchun ayrim asboblar, apparat va dasturiy ta’minot zarur bo‘ladi.

    Videokartani qo‘yish uchun kerak bo‘ladigan tarkibiy qismlari ro‘yxati. O‘rnatish paytida hamma tarkibiy qismlar qo‘l ostida bo‘lishi kerak.



    Quydagilar talab etiladi:

    - videokarta;

    - videokarta uchun drayverli disk;

    - videokartani o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnoma;

    - krestsimon buragich;

    - shuruplar uchun idish.



    Kerak bo‘lib qolishi mumkin:

    - Windowsning CD diski (yoki boshqa operatsion tizim).



    - Monitor haqida axborot beruvchi disk.
    Ikkinchi bosqich: Shaxsiy kompyuterni tayyorlash. Kartangiz uchun Internetdan yangi drayverlarni va agar kerak bo‘lsa, yangi BIOSni ham ko‘chirib olish kerak. Videokartani o‘rnatish yoki almashtirishdagi keyingi qadam 3D kartaning joriy drayverini Windowsda bo‘lgan standart "Standard PCI VGA" drayveriga almashtirilishidir. Bu talab hammadan ko‘proq Win95 kabi eski amallar tizimi uchun zarur. Lekin ehtiyot chorasi sifatida Win98 va ME operatsion tizimga ham bu chora qo‘llanishi zarur. Albatta, yangi operatsion tizimni avtomatik tarzda aniqlash imkoniyatlarining takomillashtirilishi kartani osongina qo‘shish va olib tashlashga imkon beradi, lekin shunga qaramay, biron yerda xatolik ketishi mumkin. Windows drayverining standart PCIsini o‘rnatish uchun "Панель управления-Настройка экрана" ("Boshqaruv paneli-Ekranni sozlash (Monitor)") /"Control Panel - Display Properties"ga kiring. Ekranni sozlashda "Адаптер" ("Adapter") (yoki Win98/MEdagi "Подробнее" ("Batafsilroq"/"Advaced")) bo‘limiga o‘ting(10.2-rasm) va "Изменить" ("O‘zgartirish"/"Change") tugmachasini bosing. So‘ngra "Показать список драйверов" ("Drayverlar ro‘yxatini ko‘rsatish” /"Display a list of driver")ni tanlang, "Показать всё аппаратное обеспечение" ("Hamma apparat ta’minotini ko‘rsatish"/"Show all hardware")ni ajrating, keyin esa taqdim etilgan ro‘yxatdan "Стандартный графический адаптер PCI" ("PCI Standart grafik adapter"/"Standart PCI Graphics Adapter")ni tanlang. Ogohlantirishga ahamiyat bermang va drayverni yuklang. Lekin qayta yuklash vazifasini birdaniga bajarmang(10.3-rasm).

    10.2-rasm.


    Bu erda o‘rnatilish kerak bo‘lgan kartani drayverini kompyuterning o‘zidan yoki, adapterning maxsus diskidan o‘rnatish mumkin. Kompyuterni o‘zida ham ko‘pgina kartalarning drayverlari bor, lekin yangi chiqqan kartalar uchun albatta uning diski zarur.

    10.3-rasm.



    10.4-rasm.

    104-rasmdagi “Have Disk…” tugmasini bosgan holda, diskdan o‘rnatilishi kerak bo‘lgan kartaning drayverini ko‘rsatamiz.

    Agar sizda Win 98 yoki undan yuqoriroq tizim o‘rnatilgan bo‘lsa, unda videokartani "Системные настройки-Конфигурация" ("Tizimli sozlashlar-Konfiguratsiya"/"System Properties - Devise Manager") orqali osongina topish mumkin.

    "Адаптер Дисплея (Видеоадаптер)" ("Displeyining adapteri (Video-adapter)"/"Display Adapters")ni bosing, so‘ngra esa videokartani ajrating va "Удалить" ("Olib tashlash" /"Remove") tugmachasini bosing. Ilgari aytilganidek, Win 95 kabi eski operatsion tizimda bunday qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu ko‘ngilsiz natijalarga olib kelishi mumkin. Amalga oshirilgan o‘zgarishlardan so‘ng kompyuterni qayta yuklash vazifasini darhol bajarish mumkin emas, chunki drayverlar sizning portingiz uchun yangi karta bilan birga avtomatik tarzda yuklanishi mumkin. Yangi karta bilan ular tabiiyki ishlamaydi. Videokartani o‘rnatishdagi oxirgi qadam eski videokarta uchun qo‘yilgan dasturiy ta’minotni olib tashlashdir. Masalan, sizning hozirgi kartangiz uchun o‘zingiz ataylab o‘rnatgan 3D kartasini ishga tushirish uchun utilitlar 3 dfxTools va boshqa dasturiy ta’minotlar shular sirasiga kiradi. Siz bu utilitlarni olib tashlamaguningizcha ular avtonom ravishda yuklanaveradi. Bu esa tizimning ishlashida nosozliklar, to‘xtab qolishlar, yangi videokarta bilan muammolar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, yangi videokarta bilan bir komplektda bo‘ladigan yo‘riqnoma bilan tanishib olmoq kerak. Chunki juda ko‘p kartalarni o‘rnatish uchun, avval karta drayverlarini, keyin esa kartaning o‘zini o‘rnatish kerak bo‘ladi. Drayverlar va dasturiy ta’minot o‘rnatib bo‘lingach, olingan videokartaning hujjatlariga to‘liq ishonib ishlasa bo‘ladi.

    Shaxsiy kompyuterdagi video Intel 810, 815 chipsetlariga o‘xshab integrallangan bolsa, u holda ko‘pchilik ona platalar kompyuterning ichiga o’rnatilgan videodan alohida ajratilganiga qiyinchiliklarsiz o‘tish imkonini beradi, lekin ayrim hollarda yangi videokartaning normal ishlashi va uni sozlash uchun tizimli BIOSdagi ba’zi sozlovlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Ona plata integrallangan holatlarda qo‘llanma bilan tanishish zarur. Endi kompyuterni o‘chirish va videokartani o‘rnatishga tayyorlanish kerak.



    Download 3,57 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




    Download 3,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Birinchi bosqich: O‘rnatish oldidan tayyorgarlik

    Download 3,57 Mb.