DDR SDRAM. SD RAM xotirasining keyingi avlodlaridan biri – uzatishning ikkilangan tezligiga ega bo‘lgan DDR SDRAM (Double Data Rate SD RAM) xotirasidir. SDRAM kabi, DDR SDRAM xotirasi tizim chastotasi bilan sinxron ishlaydi. Ammo, ma’lumotlar takt generatorining signal orga va oldi fronti bo‘yicha hisoblanadi. Lekin SD RAM xotirasida faqatgina oldi fronti bo‘yicha foydalaniladi. Shunday qilib, DDR SDRAM xotirasi SDRAM ga nisbatan tezroq uzatadi, yani shinaning 133 MGts chastotasida ish unumdorligi 266 MGts ni tashkil qiladi. Bu tizim ikki marotaba tezroq ishlaydi, degani emas. Xotira ikki martda tezroq ishlaydi va shuning uchun ShK umumiy unumdorligi oshmoqda.
DDR xotiralarning ko‘pgina turlari mavjud. Ularni tezligiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘libadi.
DDR200 (100 MHz), РС1600 MBps.
DDR266 (133 MHz), РС2100 MBps.
DDR333 (166 MHz), РС2700 MBps.
DDR400 (200 MHz), РС3200 MBps
RDRAM. RDRAM – bu Rambus Inc. Kompaniyasi yaratgan xos xotira texnologiyasi bolib, ikki kanalli rejimdan foydalanilganda 3.2 Gbayt/s. o‘tkazish tezligini ta’minlaydi, bu esa SD RAM xotirasining o‘tkazish tezligidan 3-4 marta katta.
Rambus xotira shinasi torroq (zamonaviy 32-yoki 64-razryadli tizimli plata shinalaridan farqli olaroq atigi 16 bit), lekin bu ishchi chastotasi yuqoriroq qiymatlari bilan kompensatsiya qilinadi: 800 Mgts va yuqori. DDR SDRAM kabi ma’lumotlar taktli generator signalining orqa va old fronti bo‘yicha olinadi.
Rambus xotira moduli RIMM deb ataladi (Rambus Inline Memory Module). U DIMM moduliga o‘xshash, lekin, undan farqli elektr ajratmaga ega.
Xotira modullari jufti bilan o‘rnatilishi lozim va bitta hajmga ega bo‘lishi kerak. RDRAM tizimli platasida hamma xotira ulanish joylari seriya guruhlariga ajratilgan. Bu shuni bildiradiki, har bir ulanish joyida RIMM moduli yoki maxsus qopqoq o‘rnatilishi lozim. Xotira modullari bir tomondan radiator sifatida xizmat qiluvchi maxsus metall plastina bilan berkitilishi kerak. Qopqoqlarda bunday plastinka yoq.
13 bobga oid nazorat savollari
Xotirani o‘rnatishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Xotiraning qanday turlari mavjud?
Bitta kompyuterga nechta xotira platasi o‘rnatish mumkin?
DDR RAM, SDRAM va RD RAM xotiralarini tavsizlang.
14 Ona plata bilan ishlash
14.1. Ona plata
Ona yoki tizimiy plata(Mainboard) − kompyutermi, noutbukmi yoki qurilgan tizim bo‘lishidan qat’iy nazar har qanday kompyuterni yaratish uchun zarur bo‘lgan poydevordir. Aynan ona plata o‘z mohiyati va vazifasiga ko‘ra, bir-biridan farqlanuvchi protsessor, operativ xotira, kengaytirish platasi va mavjud bo‘lgan har qanday to‘plovchilardan iborat qismlarni birlashtiradi. Aynan ona plata tufayli kompyuterga har xil uskunalarni ham ulash mumkin. Xolbuki, hatto agar tizimli mantiq to‘plami (chipset) turli shinalar va interfeyslarni qo‘llab-quvvatlasa ham odatdagi oddiy mikrosxemaga, masalan, printerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash biror odamning qo‘lidan kelishi qiyin.
Hozirgi zamon ona platasi nima degani? Tizimli plata − bu hisoblash mashinasidagi eng asosiy va katta chop etish platasidir. Chop etish platasi tayyorlanish murakkabligi bo‘yicha, ona platalar faqat eng o‘ta zamonaviy grafik tezlatgichlardan foydalanadi. Tipik ona plata 4-6 qatlamli tekstolit bosma plata bazasida qurilgan. Ayrim videokartalar 8 va hatto 10 qatlamli bosma plata asosida quriladi. Ko‘p qatlamli platalarni standart o‘lchamlarni saqlashda ishlatish turli xil elektr zanjirlarini ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri eng kam bo‘lishini ta’minlab, ajratishga yordam beradi. Plataning eng ichkarisida joylashgan qatlamlar bo‘ylab, tok zanjirli va yerga ulash simlari orqali tarqatiladi, boshqalariga esa, jumladan, ustki va pastki qatlamlarda esa signal zanjirlari yoyiladi.
Ona plataning ikkita sof parametrlariga to‘xtalamiz. Mikrosxemalar qat’iy belgilangan rejimlarda ishlashga mo‘ljallanganidan ularning ishonchli va uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun sifatli tok berilishi kerak. Bunda ona plata ulangan quvvat bloki sezilarli rol o‘ynaydi, lekin turli tarkibiy qismlarda turli xildagi quvvat kerak. Shunisi ham borki, ayrim qismlarning energiya quvvati, masalan, protsessorniki doimiy emas. Bu omillarning hammasi qo‘shimcha "ayyorliklarga" borishga majbur qiladi. Turli qismlarga zarur kuchlanishni uzatish uchun hamma zamonaviy ona palatalarda kuchlanishni mo‘tadillashtiruvchi stabilizatorlardan foydalaniladi. Ko‘pchilik hollarda u bevosita plataning o‘ziga o‘rnatiladi, lekin shunday ham bo‘ladiki, u uncha katta bo‘lmagan plata shaklida ishlanib, zarur darajada sovitilishi uchun iste’mol blokiga bevosita yaqinroq joylashtiriladi. Kuchlanish stabilizatori qaysi kontaktlarga yuklama berilayotgani, boshqacha qilib aytganda, qaysi ulanish nuqtasiga u yoki bu uskuna, yoki plataning elementi ulanganiga qarab, avtomatik rejimda ishlaydi. Zamonaviy platalar tez-tez qo‘llab turadigan protsessorni ishga tushirish funksiyasi kuchlanishni qo‘l yordamida tartibga solishdan (tabiiyki, oqilona chegaralarda) foydalanadi. Bu foydalanuvchi uchun BIOS orqali ixtisoslashtirilgan utilita vositasida amalga oshiriladi.
Ko‘pchilik butlovchi qismlar uchun halokatli bo‘lgan kuchlanishning sakrashlari bilan zaryadlarni o‘ziga to‘plash va keyin bir tekisda tarqatib berishga qodir kondensatorlar o‘rnatilgan. Shuning uchun ham ona platalarda ayniqsa, yuklamaga qarab elektr iste’mol qilishi keskin sakrab turadigan markaziy protsessor atrofida kondensatorlarning ko‘pligi tasodifiy emas. Aytganday, vaqt o‘tishi bilan ona plata faoliyati ishonchliligining pasayishi aynan kondensatorlar bilan bog‘liq: ularning qobig‘i boshqa komponentlarga qaraganda, xususan, yuqori darajadagi harorat ta’siri tufayli tezroq eskiradi. Oqibatda, kondensatorlarning qobig‘i tushib ketadi va ular zarbani qabul qilib, ushlab turish va sxemadagi kuchlanishni tenglashtirish qobiliyatlarini yo‘qotadi, bu boshqa tarkibiy qismlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va eng yomoni, ularni ishdan chiqaradi. Shuning uchun kompyuterlarni har 3 yilda yangilariga almashtirib turish tavsiyalari faqatgina marketing nuqtai nazardan "ma’naviy eskirganlik" fikr emas, balki juda asosli ob’ektiv sabablar xulosasidir.
14.1-rasm.
Ona plataning bevosita vazifalariga o‘tamiz. Bu platada majburiy tartibda tizimli shina, protsessorning ulanish joyi, operativ xotiraning modullari uchun slotlar (xotira mikrosxemalarining bevosita plataga payvandlangan varianti ham bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi), kengaytirish slotlari, turli xil nazoratchilar, shuningdek, kirish va chiqish portlari joylashtiriladi. Ko‘rib turganimizdek, tizimli plata kompyuterning hamma tarkibiy qismlari yagona tizimga birlashtiradi. Bu tizimsiz ular bir-biri bilan bog‘lanmagan butlovchi qismlarning oddiy to‘plami bo‘lib qolar edi.
14.1-rasmda Tayvanning taniqli ASUS kompaniyasi ishlab chiqargan P5GDC-V Deluxe zamonaviy tipik ona platasi aks ettirilgan. Intel tizimli mantiqiy to‘plami asosidagi bu plata LGA 775 korpusirovkasidagi Intel Pentium 4 protsessoriga mo‘ljallangan va zamonaviy kompyuterlarida uchraydigan deyarli barcha texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu modelning qisqa tavsifi:
- Ichiga ("shimoliy ko‘prik")+ICH6R ("Janubiy ko‘prik") grafik tezlatuvchi o‘rnatilgan chipset -915G. Pentium 4 yoki LGA 775 korpusirovkasidagi Celeron D protsessorlarni qo‘llab-quvvatlaydi;
- 4G baytgacha hajmli DDR va DDR2 533 operativ xotirani qo‘llab-quvvatlaydi;
- PCI Express x16 va x1 shinalarini qo‘llab-quvvatlaydi;.
- PCI shinasini qo‘llab-quvvatlaydi;.
- USB 2.0 va IEEE (FireWire) 1394 tezkor interfeyslarni qo‘llab-quvatlaydi;
- IDE va Serial ATA nazoratchilarni;
- Gigabit tizim nazoratchisini;
- 8 kanalli (7.1) tovush nazoratchisini;
- ATX form-faktorlarini (o‘lchamlari 305x244 mm).
Bu tarkibiy qismlar plataning qayerida joylashganini ko‘rib chiqamiz. Ko‘zimiz darhol protsessorning ulanish joyiga tushadi. U bir vaqtning o‘zida chipni o‘rnatishda ehtiyotkorlikka chaqiruvchi sariq himoya qog‘ozi bilan yelimlab qo‘yilgan.
Chaproqda ASUS yozuvli og‘ir radiator joylashgan(14.2-rasm). Uning ostida, eng avvalo, protsessor va operativ xotira aloqasi uchun javob beruvchi "Shimoliy ko‘prik" 915 mikrosxemasi yashirilgan. Bundan tashqari, unga Intel Graphic Media Accelerator 900 grafik nazoratchisi o‘rnatilgan. Boshqacha qilib aytganda, bu plata asosida yig‘ilgan kompyuterning ishlashi uchun videokarta o‘rnatish talab qilinmaydi. Shunisi ham borki, unga quvvati kattaroq grafik tezlatuvchi qo‘yishga hech narsa xalaqit qilmaydi.
Yanayam chaproqda va sal pastroqda ona platalar oilasining ASUS firma nomi bilan ataluvchi bitta og‘ir radiatori joylashgan. Bu radiator bilan kiritish-chiqarish tizimi uchun javob beruvchi va o‘z tarkibiga USB-2.0 nazoratchisi, shuningdek, (bizning misolimizda) RAID – nazoratchi kiritgan "Janubiy ko‘prik" ISN6R joylashgan.
14.2 -rasm.
Protsessor uyasi va "Shimoliy ko‘prik"dan pastda operativ xotira uchun slotlar joylashgan. Biz ko‘rib chiqayotgan plata shunisi bilan farqlanadiki, unda DDR xotirasining odatdagi modullaridan ancha boshqacha va ancha qimmatroq, ammo potensial jihatdan ancha unumdorroq DDR2 xotirasining ham modullaridan foydalanish mumkin. Ko‘rib turganimizdek, slotlar oltita va ular ranglar bilan juftliklarga ajratilgan. Bu plata ikki kanalli rejimda ishlatiluvchi operativ xotiraga mo‘ljallanganini bildiradi. Ya’ni ushbu holatda xotiraning bir xil turdagi va hajmdagi modullari juft-juft qilinib, bir xil rangdagi slotlarga o‘rnatilishi kerak(14.4-rasm). Bunda plataga DDR xotirasining 4ta modulini yoki DDR2 tipli xotiraning 2ta modulini o‘rnatish mumkin. Turli tipdagi xotiraning bir vaqtning o‘zida ishlashi qo‘llab-quvvatlanmaydi (Chunonchi, boshqa istalgan shunday tizimli platalarda ham xuddi shunday holat ro‘y beradi).
Bevosita operativ xotira slotlari ostida (chapda) to‘plovchilar uchun IDE ajratish posti va iste’mol blokidan ona plataga tok yuboradigan sim uchun ulanish joyi joylashtirilgan(14.3-rasm).
14.3-rasm.
14.4-rasm.
Pentium 4 zamonaviy protsessorlari uchun qo‘shimcha elektr toki talab qilinishi sababli plataning o‘ng tomondagi yuqori burchagida iste’mol blokiga ulanish uchun tegishli ulanish joyi ham o’rnatilgan.
"Janubiy ko‘prik" mikrosxemasi ostida qattiq disklarni ulash uchun to‘rtta Serial ATA ulash joyini ko‘rish mumkin. ICH6R chipi tufayli vinchesterlardan disk osti tizimining ishini tezlashtiruvchi yoki ma’lumotlarni saqlashning ishonchliligini oshiruvchi RAID massivlarini tuzish mumkin(14.5-rasm).
"Janubiy ko‘prik"dan chapda vinchesterlar yoki an’anaviy ATA parallel shina bo‘yicha optik to‘plovchilarni ulash uchun yana bitta IDE ajratish joyi joylashgan(14.5-rasm).
Kiritish-chiqarish bazaviy tizimining bir nomdagi dasturi saqlanishi uchun javob beruvchi BIOS mikrosxemasi hamda bu mikrosxemani tok bilan ta’minlovchi batareykalar kiradi(14.6-rasm).
14.6-rasm.
Floppy-diskyurituvchini ulash uchun ishlatiladigan ajratish joyi plataning chap chekkasida joylashgan. Garchi hozirgi vaqtda disketalardan kamdan-kam odam foydalanayotgan bo‘lsada, tizimli platalarni ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi bu o‘tmish qoldig‘idan voz kechishga shoshilishmayaptilar. Aftidan, ular bu platalarni boshqa zamonaviyroq vositalar bilan qo‘shib ishlatish mumkinligini hisobga olayotgan bo‘lsalar kerak. Biroq Apple kompyuterlariga floppy-disk yurituvchilari bir necha yillardan beri qo‘yilmay kelayapti.
Tizimli plataning yuqori chap qismida kengaytirish platalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan slotlar joylashgan. Chap chekkadagi ikkita kichik slot - bu PCI Exspress X1 (o‘tkazishning nazariy yo‘lkasi - 250 Mbayt/s.gacha) interfeysli platalar uchun ajratish joylaridir. Bunday platalar amalda hozir bozorda yo‘q, lekin istiqbolda ishlab chiqaruvchilar odatdagi PCI lardan voz kechib, faqat mutlaqo yangi interfeysli kartochkalar chiqarishga o‘tishni mo‘ljallaganlar. Undan so‘ng uchta PCI sloti keladi, qora rang bilan esa videokartalarni o‘rnatish uchun ishlatiladigan PCI Express x16 (o‘tkazishning nazariy yo‘lkasi - 4000 Mbayt/s.gacha) sloti ajratib ko‘rsatilgan(14.7-rasm).
14.7-rasm.
14.8-rasmda uncha katta bo‘lmagan mikrosxema tezkor, simli tarmoqlarga ulanish imkonini beruvchi gegabit tarmoqli nazoratchi hisoblanadi.
14.8-rasm.
14.9-rasmdagi chip C-Media kompaniyasi ishlab chiqargan sakkiz kanalli tovushli kodek.
14.9-rasm.
14.10-rasmdagi mikrosxema esa - IEEE 1394 (FireWire) nazoratchisi hisoblanadi..
14.10-rasm.
O‘ng tomondagi yuqori qismga turli xil ulanish joylari payvandlangan. Ular tizimli blokka plata o‘rnatilganidan keyin uning orqa devoriga chiqariladi. Ularni batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Chap tomonda ustma-ust qilib sichqoncha va klaviaturani ulash uchun ikkita PS/2 porti joylashtirilgan(14.11-rasm). Undan so‘ng parallel port, S/PDIF raqamli audiointerfeys, monitorni ulash uchun VGA (15 kontaktli D-Sub ulanish joyi) analogli videochiqish, IEEE 1394 yoku FireWire (yuqorida) porti, ikkita USB 2.0 porti, tarmoq porti, yana ikkita USB 2.0 porti va, nihoyat, o‘rnatilgan tovush nazoratchisidan oltita audioport keladi.
Umid qilamizki, bizning rasm orqali yoritilgan misolimiz sizga ona platalar olamida mo‘ljalni faqat qutilar ustidagi ko‘pchilik hollarda xatolarga yo‘l qo‘yiladigan yozuvlarga qarab olmaslikka yordam beradi.
14.11-rasm.
Bundan tashqari, ulanish joylarning tashqi ko‘rinishini va ularning taxminiy joylashuvini (u turli xil mantiqiy to‘plamlardan tuzilgan platalarda bir-biridan jiddiy farq qiladi) ko‘rish yangi jihozni o‘rnatish vazifasini osonlashtiradi. Yangi butlovchi qismlarni o‘rnatganda diqqat va extiyotkorlik zarur: agar ajratish joyiga shteker yoki kengaytirish kartasi joylashmasa, demak unga mos kelmaydi.
14.2. Ona platani o‘rnatish
Ona platani o‘rnatish uchun quyidagi ishlar amalgam oshirilishi zarur.
1. Tizimli blokning korpusini oching.
2. Mahkamlovchi boltlarning borligini tekshiring(14.12-rasm).
14.12-rasm.
3. Ishlashga qulay bo‘lishi uchun shaxsiy kompyuterni yonboshlatib yotqizing.
4. Ona platani korpusga mahkamlovchi maxsus boltlarni (ona plataning korpusga tegib turishiga yo‘l qo‘ymaydigan boltlarni) toping va ularni maxsus teshiklarga joylashtiring.
14.13-rasm
5. Endi ShK blokini installyatsiyaga tayyor(14.13-rasm). Bu rasmda tizim blokiga ona plata o‘rnatilmagan vaqtdagi ichki ko‘rinishi ko‘rsatilgan.
6. Ona platani korpusga joylashtiring va boltlar bilan mustahkamlang (14.14-rasm).
14.14-rasm
7. Old panelning qo‘shilmalari. Hamma ona platalarda funksiyalarni ta’minlash uchun oldi panelga olib chiqilgan ulanish joylari uning pastki o‘ng qismida to‘planadi. Ona plata bilan birga sotiladigan qo‘llanmada uning ta’rifi berilgan. Platada chop etilgan abreviaturalarni yoyish (rasshifrovka qilish) kerak.
14.15-rasm.
Old panelning qo‘shilmalari: HDD LED (qattiq diskning yorug‘lik diodli displeyi), tokni yoqish (On/off) tugmasi va yuqori qatordagi RESET tugmasi hamda pastroqda mini-mikrofon joylashgan(14.15-rasm).
"SP, SPK yoki SPEAK: dinamik uchun chiqish. Unda 4 ta tish bor.
"RS, RE, RST yoki RESET: tugmasi. 2 tishli kabel.
"PWR, PW, PW SW, PS yoki POWER SW tokni ulash tugmasi. 2 tishli ulanish joyiga ega.
"PW LED, PWR LED yoki Power LED: kompyuter yoqilganda korpusning oldi panelidagi yorug‘lik diodi yonadi. 2 tishli kabelga ega.
"HD, HDD LED bu ikki tishli qattiq diskning ishlashini qayd qiluvchi yorug‘lik diodini yoqadigan kabel bilan ulanadi.
Ulashlar paytida qutblar haqida tashvishlanmang. "Reset" va "On/Off" tugmachalari siz ularni qanday ulaganingizdan qat’iy nazar, ishga tushadi, yorug‘lik diodlari esa, agar ularni teskari qutblar bilan ulagan bo‘lsangiz, yonmaydi. Agar qattiq disk ishga tushgan bo‘lsa-yu, yorug‘lik diodi yonmasa, ulanish joyini ag‘darib qo‘yish kerak.
|