Modemlarning xalqaro standartlari




Download 3,57 Mb.
bet45/48
Sana29.12.2020
Hajmi3,57 Mb.
#13008
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48

Modemlarning xalqaro standartlari


Eng ko’p tarqalgan modem birinchi modemlarni ishlab chiqargan firma nomi - HAYES deb nomlangan moslashtirilgan modemlardir. Bunday modemlar Hayes Smart modem bilan moslasha oluvchi AT buyruqlarni ishlatadi (inglizcha Attention diqqat so’zidan). Barcha Hayes -moslashgan modemlar uchun standart bo’lgan buyruqlardan tashqari, har bir ishlab chiqaruvchi foydalanuvchiga keng spektrdagi spetsifik buyruqlarni taklif etadi va bu buyruqlar o’sha firma modemlaridagina kuchga ega bo’ladi (masalan, US Robotics, Rockwell, ZYXEL va h.).

Buyruqlar modem va telefon tarmog’i orqali uzatiladigan axborotning qaysidir bir standartiga xos bo’lishi kerak. 2400 bod (bod ma’lumotlarni uzatish tezligini belgilaydi va 1 bod q1 bit\sek.) tezlik uchun mos bo’lgan standartdagi modemlar axborotlari erkin almasha olishlari mumkin.

ZYXEL firmasining modemlari ham keng qo’llanila boshladi. Ular ZYXEL ning ma’lumotlarini uzatish imkonini beruvchi maxsus ZYX protokoliga ega. Ularning keng qo’lla­nilishi 90-yillar xaridorlarining boshqa turdagi modemlarini xarid qilish imkonlari yo’qligidan kelib chiqadi. Ularning asosiy kamchiligi - yuqori narx, xaridorni cho’chitadi. Biroq, shunga qaramay, bank tarkibi va davlat idoralari, odatga ko’ra shu firma modemlaridan foydalanadilar. Telebit firmasining TraiBlazer nusxasi va mashhur protokol PEP (Packet Eusemble Protosol) ham tarqalgan.
12.2 Modemni o‘rnatish

Avvalo olingan modemning o‘z qo‘llanmalariga ko‘ra uni kompyuteringizga o‘rnating. Modemning ko‘rsatmasiga ko‘rsatilgan tartibda uni kompyuterga va telefon tarmogiga ulang. Modemni o‘rnatishda birinchi navbatda turar joyingizni o‘rnating(12.1-rasm).



12.1-rasm.

Мой компьютер -> Панель управления -> Телефон и модем oynalarini oching. "Сведения о местонахождении" yoki “Новое место” oynasida:

Страна - Узбекистан;  Телефонный код города(Shahar telefon kodi) - 8080 (mavjud bo‘lmagan kod) oynalarini to‘ldiring. Agarda sizning telefon stansiyangiz qanday turdagi nomerlarni qo‘llab-quvvatlashini bilmasangiz impulsli turni tanlang.



Modem oynasiga o‘tib, “Добавить”(“Add”) tugmasini bosing. "Мастера установки оборудования" oynasi ochiladi, tizimga modemni avtomatik ravishda yoki ma’lum ko‘rsatmalarni ko‘rsatgan holda o‘rnatish mumkin. Ma’lum bir vaqtdan so‘ng operatsion tizim topgan modemini chiqaradi. Agarda sizga kerakli modem topilgan bo‘lsa "Далее" tugmasini, keyingi oynadan esa "Готово" tugmasini bosing.

Мой компьютер -> Настройка -> Панель управления -> Телефон и модем -> "Модемы" oynasidan Sizning tanlagan modmingizni ko‘rish mumkin.



O‘rnarilgan modem yordamida Internetga ulanish uchun Пуск -> Настройка -> Панель управления -> Сетевые подключения oynalarini oching. Bu erdan "Создание нового подключения " papkasini tanlang. "Мастеру новых подключений" oynasidan "Подключить к Интернету" menyusuni tanlab "Далее" tugmasini bosing (12.2-rasm).

12.2-rasm.



Hosil bo‘lgan oynadan "Установить подключение вручную" menyusini tanlang va "Далее" tugmasini toping. Keyingi oynadan "Через обычный модем" menyusini tanlang va "Далее" tugmasini bosing. Keyingi oynalarda ulanish nomini va telefon raqamini kiriting. "Детали учетной записи в Интернете" oynasida login("Имя пользователя") va parol("Пароль"(passqord))laringizni kiriting. 12.3-rasmda ko‘rsatilganidek tegishli menyularga belgi qo‘ying va ulanishni tugatgan holda "Готово" tugmasini bosing.

12.3-rasm.


Modem bilan ulanganda uning ma’limot uzatish tezligi sekundiga 56 kilobit(Kbit/s)ni (bunday bog‘lanishlar odatda V.90 ulanish deyiladi) qo‘llab-quvvatlashi uchun uchta shart bajarilishi zarur:

  • Ulanishga xizmat qiluvchi serverda tarmoqqa ulanishad raqamli ulanishdan foydalanish zarur.

  • Ulanishni ikki tarafi ham bitta V.90 protokol standartini yoki K56flex(3COM/USR X2) standartini qo‘llab-quvvatlashi kerak. Masalan, Internet xizmatini taklif etuvchi V.90 qurilmasidan foydalansa, u holda modem ham V.90 protokolini qo‘llab-quvvatlashi kerak.

  • Modem va xizmat ko‘rsatuvchi kompyuter orasida faqt bitta analogli bog‘lanish bo‘lishi mumkin.

12 bobga oid nazorat savollari




  1. Modem nima uchun kerak?

  2. Modemni qanday turlari mavjud?

  3. Modem qanday o‘rnatiladi?

  4. Modemning qanday standartlari bor?

13 Operativ xotirani o‘rnatish

13.1. Operativ xotirani o‘rnatish
Operativ xotira yoki TXQ(Tezkor Xotira Qurilmasi, RAM)- kompyuter protsessori uchun ish sohasi hisoblanadi. Unda ishlash vaqtida dasturlar va ma’lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlab turuvchi ombor desa ham bo‘ladi, chunki ma’lumotlar va dasturlar unda kompyuterlar yoqilganidan so‘ng biror bir fayl ochilsa to u qaytadan saqlangunicha operativ xotirada saqlangunicha saqlanadi. Har doim kompyuterni o‘chirishdan oldin, ma’lumotlarni saqlash lozim. Odatda ular qattiq diskda saqlanadi. Demak ma’lumotlarni operativ xotirada saqlash mumkin emas. Agarda o‘zgartirilgan fayl saqlanmasa, u xolda uning oldingi nusxasi qattiq diskda saqlanadi.

Kompyuteringizga yangi operativ xotira olmoqchi bo‘lsangiz albatta ona platangiz konfiguratsiyasiga e’tibor bering. Operativ xotirani tanlab sotib olganingizdan so‘ng, uni o‘rnatish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Lekin judayam ehtiyotkorona harakat qilishni talab etadi.



Albatta birinchi navbatda tizim blokini yotqizib olish lozim. Operativ xotirada maxsus ulanish joyi va ularni ajratib turuvchi tirqish mavjud. Ona platada esa unga mos ulanish joyi mavjud. Albatta siz operativ platani sotib olayotganda ona platangiz konfiguratsuyasini e’tiborga olishiniz shart. Uning o‘rnatilish 13.1,13.2,13.3- rasmlarda tasvirlangan. Rasmdagi strelkalar uning tirqishi va kalitini ko‘rsatib turibdi.

13.1-rasm. TXQ platasi.



13.2-rasmda ko‘rsatilganidek, xotirani qo‘yishdan oldin ona plata slotlarini ochish zarur. Xotira platasini ona plata slotlariga shunday olib boringki, ularni tirqishi va kalitlari bir-biriga mos kelsin. Xotirani ehtiyotkorlik bilan yaxshilab joylashtirish kerak. Bunda xotirani ikki chitidan bosh barmoq bilan bosish talab etiladi(13.4-rasm).

13.2-rasm. TXQ uchun ona platadagi slot.


13.3-rasm. Ona plata va unga quyiladigan xotira platasi.


13.4rasm. Xotira platasini slotga o‘rnatish.


Xotirani tik holda tutib, uni ona plataga 90 gradus burchak ostida ikki tomondan bir xil kuch bilan bosish lozim. Agarda operativ xotira joyiga o‘rnatilgan bo‘lsa, slotdagi operativ xotirani ikki tomondan mahkamlab turuvchi qisqichni o‘rnating. Slotlarga o‘rnatilgan xotira moduli 13.5-rasmda ko‘rsatilgan.

Endi kompyuter tizim bloki korpusini yig‘sa bo‘ladi. Tizim blokini tik qilib qo‘ying va uni o‘z vintlari bilan mahkamlang. Barcha ulanishlarni tiklang va kompyuterni yoqing. Kompyuterdagi Biosni turiga qarab, yuklanish jarayonida kompyuterni o‘zi xotirani tekshiradi yoki o‘rnatilgan operativ xotiraning konfiguratsiyasini o‘rnatishni taklif etadi.



Siz o‘zingizni kompyuteringizdagi operativ xotira tezligini oshirmoqchi bo‘lsangiz, bemalol unga yana qo‘shimcha ravishda operativ xotira o‘rnatishingiz mumkin.

13.5-rasm.

Agarda qo‘shimcha xotirani o‘rnatmoqchi bo‘lsanfiz, albatta kompyuteringizdagi ona platani konfiguratsiyasini o‘rganib chiqish zarur. Shuningdek, siz kompyuteringizda qanday xotira moduli o‘rnatilgan va bu xotira bilan yana qanday oparativ xotira modullari ishlashi mumkinligini aniqlab olish zarur. Operativ xotira modullari bilan ishlayotganda juda ham ehtiyot bo‘lish kerak, chunki operativ xotiraga statik elektr toklari shikast yetkazishi mumkin. Masalan, kiyimingizni sintetik yoki ipak matodan bo‘lishi, unga zarar yetkazishi mumkin.

Sizga asboblardan buragich kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda kompyuterni o‘chiring. Tizim blokiga elektr tarmog‘idan keladigan barcha kabellarni uzing. Korpus orqa tarafidagi vintlarni yeching va korpus panelini ehtiyotlik bilan olib qo‘ying.

Qolgan ishlar xuddi yuqorida oparativ xotirani o‘natganimizdek bajariladi.
13.2. Operativ xotira turlari

Kompyuterlarda TXQni quyidagcha tiplari ishlatiladi:



  • ROM(Read Only Memory)-doimiy xotira qurilmasi.

  • DRAM(Dynamic Random Access Memory)-dinamik xotira qurilmasi.

  • SRAM(Static RAM)-Statik xotira qurilmasi.

  • SIMM(Single In-line Memory Module).

  • DIMM (Dual In-line Memory Module).

Zamonaviy kompyuterlarda TXQni quyidagcha tiplari ishlatiladi:

  • SDRAM(Synchronous Dynamic Random Access).

  • DR DRAM(Direct Rambus Dynamic Random Access Memory).

  • DDR SDRAM(Data Rate Synchronous Dynamic Random Access)

SDRAM. SDRAM xotirasi (Synchronous DRAM – sinxron dinamik operativ xotira). Bu xotiraning ishi xotiraning shinasi bilan sinxronlashgan. Natijada ish samaradorligi oshadi. Sinxronlash chastotasi, ma’lumotni SDRAM xotirasiga to‘xtatmasdan o‘qish va yozish imkonini yaratadi.

Agar tizimingiz uchun SDRAM xotirasini xarid qilmoqchi bolsangiz, unda, bu xotira protsessor va tizim shinangiz uchun tezlikni kerakli darajada ta’mirlashishiga ishonch hosil qiling. Oxirgi SDRAM modullari 7.5, 8, 10 va 12ns. tanlash vaqti bilan tavsiflanadi. DRAM asinxron xotirani foydalanishdan boshlab qiymatlarni nanosekundda belgilashiga ko‘nishingiz kerak. Ammo, SDRAM xotiradan foydalanishda kompyuteringizni tizim shinalar chastotasida mikrosxemalar ishlashiga to‘liq ishonch hosil qilishingiz zarur.

66 MGts chastotada ishlash uchun mo‘ljallangan SDRAM DIMM modullari odatda 10ns tanlash vaqti bilan tavsiflanadi. 100 MGts chastotada ishlaydigan SDRAM DIMM modullar – 8 ns va 133 MGts chastotada ishlaydigan SDRAMM DIMM modullar – 7.5 ns. Xotira ishlab chiqaruvchi firmalar ko‘pincha PC66, PC100 va PC133 chastotali shinalarni qo‘llab-quvvatlaydigan xotira modellarini yaratishmoqda.

SDRAMM DIMM modullarni juftlik bilan o‘rnatish mumkin emas. Bundan tashqari, tizim imkoniyatlarini oshirgunga qadar har xil hajmdagi modullardan foydalanish mumkin.

Ko‘pincha shaxsiy kompyuterning yuqori unumdorligi yanada ko‘proq hajmli (Mbaytda) modulni quyi tartib raqamli ualnish joyiga o‘rnatish yo‘li bilan amalga oshiradi. Masalan, agarda tizim platasida 32 Mbaytli modul mavjud bo‘lsa, lekin yana bitta 128 Mbayt hajmli modulni o‘rnatish lozim bo‘lsa, unda kichik hajmli modulni 1 ulanish joyga va 128 Mbayt hajmli modulni 0 ulanish joyga joylashtirish maqsadga muvofiqdir.

Odatda, PC66, PC100 va PC133 xotira modullarini bitta tizimda kombinatsiyalash mumkin. Ammo, ShK xotira nimtizimlari eng kichik tezlikdagi modul kabi ishlaydi. Har xil tipdagi xotiralardan foydalanilsa ba’zi bir kompyuter tizimlari umuman noto‘g‘ri ishlashi mumkin.

SDRAM registerli xotira bilan to‘qnashish mumkin. Bu xotiraning maxsus turi bo‘lib, signallarni boshqacha ko‘rinishda qayta ishlaydi.

O‘xshash modullar, bir taktda modulga uzatiladigan hamma ma’lumotni ushlab turuvchi registrni o‘z ichiga oladi. Registrli xotira SDRAM serverlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Ko‘pincha ShKlar faqat buferizatsiyalanmagan SD RAM xotirasi bilan ishlaydi.

Agar sizning tizimli platangiz SD RAM registrli xotirani qo‘llab-quvvatlasa va siz aynan shu tipdagi xotirani ishlatmoqchi bo‘lsangiz, unda kompyuterdagi hamma modullar bir tipda bo‘lishi shart. Buferizatsiyalanmagam va registrli xotira modullari o‘zaro almashuvchi bo‘lib hisoblanmaydi.


Download 3,57 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Download 3,57 Mb.