|
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси
|
bet | 44/48 | Sana | 29.12.2020 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #13008 |
12.1. Modem.
Modem. Modem modulatsiya, demodulatsiya so’zlaridan olingan bo’lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o’rnatishdir. U o’zining kommunikatsion dasturlariga ega bo’lib, bu dasturlar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Hozirda ko’p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.
Modem qanday ishlaydi?
Kompyuter telefon tarmog’i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda, telefon tarmog’idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma lozim bo’ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulatsiya qilinadi, chiqishda esa aksincha, demodulatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi kompyutyerdan kelgan signalni telefon tarmog’i ish chastotasi diapazoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yo’laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo’lak ma’lumotlarni uzatishda ishlatiladi, yuqori yo’lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo’llaniladi.
Modemning, yuqorida aytganimizdek, ikki turi mavjud: ichki va tashqi modem. Ichki modem plata ko’rinishida kompyuter ichiga maxsus joyga o’rnatiladi. Tashqi modem esa, ham faks ham modem rolini o’ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси
|