Grafik protsessor. Videoadapter tuzilishida protsessorning uchta turidan bittasi yoki ixtisoslashtirilgan mikrosxemalar majmuasidan bittasi ishlatilishi mumkin. Konkret platada o‘rnatiladigan uskunaning turi VGA, SVGA yoki XGA videoadapterlari standartiga amalda bog‘liq emas. Video-adapterlarning eng eski arxitekturasi tasvir kadrni saqlovchi tuzilish (frame buffer technology) deb ataladi. U tasvirning shunday tuzilish uslubiyatini ko‘zda tutadiki, bunda videoadapter faqat tasvirning statik kadri saqlanishi va regeneratsiyasi uchun javob beradi. Kadrning o‘zi esa faqat dastur va kompyuterning markaziy protsessori kuchi bilan yaratiladi. Tabiiyki, bunday usulda markaziy protsessorga katta og‘irlik tushadi, chunki u amalda tasvirning hamma detallari chizilishini to‘liq boshqarishi kerak.
Hozirgi zamon kompyuter grafikasida, shuningdek, ixtisoslashtiril-gan grafik soprotsessor ham qo‘llaniladi. Bunday arxitektura video-adapter tarkibiga tasvirni yaratish uchun zarur bo‘lgan hamma hisob-kitoblarni bajaruvchi o‘z protsessorini qo‘shishni ko‘zda tutadi. Bunda markaziy protsessor boshqa (rasmni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lmagan) vazifalarni bajarishi uchun deyarli to‘liq bo‘sh bo‘ladi.
Shunday qilib, kompyuterning markaziy prosessoridan amalda hamma grafik vazifalarni “tortib olib”, ularni ixtisoslashtirilgan (bunga maksimal moslashtirilgan) videoadapter protsessoriga yuklatilsa, bu arxitektura tizimning minimal vaqt davomida reaksiya qilishini ta’minlaydi.
Videoxotira. Tasvir shakllantirilayotganida videoadapter xotiraga murojaat qiladi. Videoadapterdagi xotiraning (videoxotiraning) hajmi turlicha - 2, 4, 8, 16, 32, 64 yoki 128 Mbayt bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha xotira videoadapterning tezkor harakatini oshirmaydi, lekin tasvirning shakllanishiga imkon yaratadi va qayta tiklanayotgan ranglarning miqdorini ko‘paytiradi.
10.2. Videokartani o‘rnatish bosqichlari
|