MIDI ulanish joyi. Audioadapterlarda, odatda, MIDI ulanish joyi foydalanadigan joystik porti ishlatadi. Ajratish joyidagi ikkita kontakt MIDI uskunasi (masalan, klavishli sintezator)ga va undan signal yuborishga mo‘ljallangan. Ko‘pchilik holatlarda audioadapterni ishlab chiqaruvchidan MIDI uchun alohida bo‘lgan va joystik portiga ulanadigan joyini sotib olgan ma’qul. Bunday ulanish joyi 5 kontaktli 2 ta dumaloq DIN ulanish joylariga ega bo‘lib, ulardan MIDI uskunalarini ulashda, shuningdek, joystik uchun ulanish joyi sifatida foydalaniladi. MIDI uskunalari va djoystik uchun signallar har xil kontaktlardan yuborilishi sababli, ularni bir vaqtda ulash mumkin. Shunday qilib, MIDIning tashqi uskunalarini shaxsiy kompyuterga ulash uchun faqat ulanish joyi kerak bo‘ladi. WEB serverlaridan olinadigan MIDI fayllarini esa tovush platasining ichki sintezatori yordamida qayta tiklash mumkin.
Ichki kontaktli ulanish joyi. Ko‘pchilik tovush platalarida CD-ROMni ichki to‘plovchiga ulash uchun maxsus ulanish joyi bor. Bu ovozni kompakt disklardan tovush platasiga ulangan akustik tizim orqali tiklashga imkon beradi.
Bu ulanish joyi CD-ROM kontrollerini tovush platasiga ulash uchun ishlatiladigan ulanish joyidan farq qiladi, chunki u orqali ma’lumotlar kompyuter shinasiga uzatilmaydi. Lekin, hatto bu ulanish joyi bo‘lmasa ham, tashqi chiqish kabeli yordamida tovush kartasining chiziqli kirishi CD-ROMga tortib kelingan, tarmoqning eshitish qurilmalari uchun mo‘ljallangan ulanish joyiga ulab audio kompakt diskni akustik tizim orqali eshitib ko‘rish mumkin.
8.2. Tovush kartasini o‘rnatish
Harakatlar tartibi:
1. Shaxsiy kompyuterni tarmoqdan o‘chiring.
2. Shaxsiy kompyuterning korpusini oching.
3. Tovush kartasini o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan slotni toping.
4. Tovush kartasini kerakli slotga joylashtiring va karta slotga to‘gri joylashguniga qadar kartani bosib turing.
Agar karta slotga kirmasa, uni bosmang, yaxshisi, hamma bajarganlaringiz to‘g‘ri ekanligini tekshirib chiqing.
5. O‘rnatishning to‘g‘riligini tekshiring.
6. Tizimli blokning korpusini yoping.
7. Shaxsiy kompyuterni ishga tushiring.
8. O‘rnatish to‘g‘ri bajarilganida, yangi jihozning uskuna ustasi ishga tushishi kerak. Agar bu hol ro‘y bermasa, uni qo‘l yordamida ishga tushiring.
8.2-rasm.
Пуск->Настройка->Панель управления->Установка оборудо-вания bo‘limiga kirish zarur.
9. Tovush kartasiga mo‘ljallangan drayver dasturli diskni tayyorlang (odatda, u sotish to‘plamiga kiradi) va diskdagi kerakli o‘rtailuvchi dasturni yuklang(8.3-rasm).
8.3-rasm.
10. O‘rnatgandan so‘ng, tovush kartasi uskunalar ro‘yxatida paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini tekshirib ko‘ring (8.4-rasm).
8.4-rasm.
Tovush kartasini o‘rnarish yakunlandi.
8-bobga doir nazorat savollari.
1. Tоvush kаrtаlаri nimа uchun zаrur?
2. Uning qаndаy tаrkibiy qismlаri mаvjud?
3.Tоvush kаrtаsi qаndаy o’rnаtilаdi?
4. Qаndаy ulаnish jоylаri bоr?
5.Tоvush kаrtalаrining quvvаti qаndаy?
9 Tarmoq kartasini o‘rnatish va sozlash
9.1. Tarmoq kartasini o‘rnatish.
1. Kompyuterni elektr tarmog‘dan o‘chiring.
2. O‘rnatishga halaqit beradigan simlarning hammasini tizimli blokdan ajrating.
9.1-rasm.
3. Shaxsiy kompyuterning tizimli blokini oching. Zarur ulanish joyiga, mazkur holatda esa PCI ulanish joyiga yo‘l oching.
4. Tizimli blokni tovush platasini o‘rnatishga tayyorlang. Himoya vositalarini olib tashlang.
5. Tarmoq kartasini slotga o‘rnating va oxirigacha bosing, lekin avval kartani to‘g‘ri o‘rnatganingizga amin bo‘ling.
6. Tizimli blokni yoping, zarur kabellarni va tokni ulang.
7. Shaxsiy kompyuter yoqilganida yangi jihozni o‘rnatish ustasi ishga tushishi kerak. Agar u ishga tushmasa, yangi jihozni boshqaruv paneli (jihoz o‘rnatish) orqali topishga harakat qilib ko‘ring.
Agar bu holda ham tarmoq kartasi topilmasa, uning to‘g‘ri ulanganligini yana bir bor tekshirib ko‘ring.
8. Shaxsiy kompyuter tarmoq kartasi(9.1-rasm)ni topganidan so‘ng, uskunaning to‘g‘ri ishlashi uchun drayver dasturini o‘rnatish zarur.
Agar tarmoq kartasi Plug And Play jihozlari standartiga taalluqli bo‘lsa, unda drayver avtomatik tarzda o‘rnatiladi. Agar u mazkur standartga tegishli bo’lmasa, jihozga ilova qilingan drayverli diskdan foydalaning yoki shaxsiy kompyuterning operatsion tizim taklif qiladigan uskunalar ro‘yxatidan o‘zingizga zarurini tanlab oling.
9.2. Tarmoq kartasini sozlash
Tarmoq kartasi o‘rnatildi, endi uni tarmoq talablariga mos ravishda sozlash kerak bo‘ladi. Buning uchun tarmoqli ulanish xususiyatlarini ishga tushiramiz.Пуск->Настройка->Сеть и удаленный доступ к сети menyusiga kiramiz(9.2-rasm).
9.2-rasm.
Bu uangi oynada yangi ulanishni yaratish va “Подключение по локальной сети” papkalari bor. Ularda ikkinchisini tanlab, sichqonchaning o‘ng tugmasi orqali uning “Свойства” qism menyusiga kiramiz(9.3-rasm).
9.3-rasm.
Zarur bayonnomalarning mavjudligini tekshiramiz va zarur bo‘lganda ularni qo‘shamiz.TCP\IP bayonnomasini sozlaymiz.
9.4-rasm.
Bu erda IP-адрес, Маска подсети va Основной шлюз menyulari mavjud. U erga kollej tarmog‘ga ulanish uchun, kollejingiz administratori tomonidan berilgan IP adresni yozishingiz zarur. Bu erdagi har bir katakdagi sonlar [0,255] intervalga tegishli bo‘lgan sonlarni oladi. Chunki ikkilik sanoq sistemasida bitta ajratilgan joyga 256 ta sonni kiritish mumkin, ya’ni 0 dan 11111111 gacha bu ikkilik sanoq sistemasida. Kompyuterni kollej ishchi guruhlariga kiritish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Endi shaxsiy kompyuterni identifikatsiyalaymiz. Buning uchun Мой компьютер papkasining Свойстваsiga kiramiz. Uerdan agarda sizni tizimingiz Windows XP bo‘lsa “Имя компьютера”, Windows 2000 bo‘lsa “Сетевая идентификация” bo‘limiga kiramiz. U erdan kompyuterning tarmoqdagi nomi va uni qaysi ishchi guruhga kirishini yoki qanaqa domen ostida ishlashini ko‘rsatishimiz kerak(9.5-rasm). Slbatta bularni bajargandan so‘ng ularni amalda tadbiq qilish uchun kompyuterni qaytadan yuklash zarur. Kompyuterni o‘zi ham buni talab etadi.
Shuni ta‘kidlash zarurki, kompyuterlar bilan tarmoq orqali ishlayotganda uning IP adresi va kompyuter nomi asosiy rolni o‘ynaydi. Masalan, biror kompyuterga tarmoq orqali kirmoqchi bo‘lsak, kirish kerak bo‘lgan kompyuterni IP adresi yoki uning tarmoqdagi nomini yozish zarur.
9.5-rasm.
Tarmoq kartasining yana bir xususiyatlaridan biri biror bir tarmoqda bitta nomga va bitta IP adresga ega bo‘lgan kompyuter bo‘lsa, u holda har ikkala kompyuterga ularning tarmoq identifikasiyalari ustma-ust(bir xil) ekanligi haqidagi ma’lumotni junatadi.
9.6-rasm.
9.6-rasmda Windows 2000 va Windows XP da IP adreslar ustma-ust tushganda chiqadigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan.
9.7-rasmda esa kompyuterlarning qaanqa ishchi guruhda bo‘lishlaridan qat’iy nazar ularning nomlari bir xil bo‘lganda Windows 2000 va Windows XP operatsion tizimlarida chiqadigan (ya’ni xatoliklarni ko‘rsatadigan) xatolikni ko‘rinishi tasvirlangan.
9.7-rasm.
9.3. Tarmoq kartasini turlari
Tarmoq kartalari ikki turga bo‘linadi: PCI va ISA.
ISA tarmoq kartasi(9.8-rasm)[6]:
1 – tarmoq kabeli ulanish joyi (rJ-45);
2 – Koaksial simni ulash uchun joy (BNC);
3 –ISA shinasi ma’lumotlari;
4 - BootrOM mikrosxemasi ostidagi panel;
5 – Plata nazoratchisi mikrosxemasi (Chip yoki Chipset).
9.8-rasm
BootrOM mikrosxemaning TXQ(tezkor xotira qurilmasi)
"BootrOM" operatsion tizimni joriy diskdan emas, balki, tarmoq serveridan yuklash vazifasini bajaradi. Demak, kompyuterni diskovod va disk o‘rnatilmagan vaqtda ham foydalanish imkonini beradi. Bu albatta xavfsizlik va iqtisodiy jihatdan foydali. BootrOMni tarmoqa kartasiga o‘rnatish uchun korpusda Dip panel qo‘yilgan. Mikrosxemaning yuklanishi tarmoq kartasiga mos tushishi zarur.
PCI tarmoq kartasi(9.9-rasm):
9.9-rasm.
1 - tarmoq kabeli ulanish joyi (rJ-45);
3 - ISA shinasi ma’lumotlari;
4 - BootrOM mikrosxemasi ostidagi panel;
5 – Plata nazoratchisi mikrosxemasi.
9 bobga doir nazorat savollari.
1. Tаrmоq kаrtаsining vаzifаlаri nimаlаrdаn ibоrаt?
2. Plug and Play nimа?
3. Tаrmоq kаrtаsi qаndаy o’rnаtilаdi?
4. TCP/ IP protokоl nimа?
5. Qаndаy tаrmоq kаrtаlаri mаvjud?
10 Videokartani o‘rnatish
10.1. Videokartalar
AGP va PCI interfeysli videokartalar.
Videoadapterning ishlashi uchun quyidagi asosiy tarkibiy qismlar zarur:
BIOS (Basic Input/Output System kiritish-chiqarishning bazaviy tizimi);
ba’zan videoadapterning tizimli mantiq mikrosxemalari to‘plami deb ataluvchi grafik protsessor;
videoxotira;
raqam analogli o’zgartiruvchi, ya’ni DAC-Digital to Analog converter;
ajratish joyi (razyom);
videodrayver.
Ko‘pgina mashhur adapterlar bugungi kunda maxsus maqsadlarga, masalan, uch o‘lchovli ob’ektlarni aks ettirishni tezlashtirishga mo‘ljallangan qo‘shimcha modullarga ega.
10.1-rasm.
|