• Yuklanuvchi disketalar qanday yaratiladi
  • Yuklanuvchi disketa va kompakt disk yaratish




    Download 3,57 Mb.
    bet2/28
    Sana11.02.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #154570
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Нам

    2 Yuklanuvchi disketa va kompakt disk yaratish
    2.1. Yuklanuvchi disketa yaratish

    Yuklanuvchi disketa-kompyuterlar tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis uchun eng muhim asboblaridan biri. U kompyuterga vazifa yuklash, qattiq disklardagi axborotlarga yo‘l ochish, kompyuterdagi operatsion tizimda muammolar paydo bo‘lganida yoki unda bunday tizim yo‘q bo‘lgan hollarda kompyuterni testdan o‘tkazish imkonini beradi. Uning yordamida kompyuter resurslariga yo‘l topish va operatsion tizimni installyatsiya qilish (u yo‘q bo‘lgan hollarda) yoki oldin o‘rnatilgan operatsion tizimdagi nosozliklarni topish mumkin.


    Yuklanuvchi disketalar qanday yaratiladi?
    Yuklanuvchi disketalarni yaratishning bir necha xil usuli bo‘lib, ular turlicha operatsion tizim uchun turlichadir. Windows XP tizimidan boshlaymiz.
    Eski talqindagi (servis paketlarsiz) Windows XP tizimidan foydalanuvchilarga disketani yaratish uchun Microsoft saytiga kirish lozim bo‘ladi. Chunki buning uchun zarur bo‘lgan paket (W2 K tizimidan farqli o‘laroq) distributivga kirmagan.
    Yuklanish sahifasi manzili:
    http://support.microsoft.com/support/kb/articles/q310/9/94.asp?ID=310994.
    Shundan so‘ng toza ishchi disketa (yoki formatlangan eski soz disketa) Floppy disk yurituvchiga joylashtiriladi.

    2.1-rasm.
    “Мой компьютер” papkasiga kirib sichqonchani o‘ng tugmasini “Диск 3,5 (A)”ga bosamis va hosil bo‘lgan menyudan “Форматировать” buyrug‘ini tanlab, disketani formatlaymiz(2.1-rasm).
    Disketaga “Загрузочный диск” (Yuklanuvchi disk) tom belgisini yuklaymiz.
    Formatlab bo‘lingach, disketani yaratishga kirishish mumkin. Buning uchun oldingi harakatlarimizning hammasini takrorlaymiz. Faqat formatlash darchasida “Создание загрузочного диска MS-DOS” (MS-DOS yuklanuvchi diskni yaratish) opsiyasini tanlaymiz.
    B uyruq berilgandan so‘ng, tizim formatlash davomida disketadagi hamma ma’lumotlarni yo‘q qilishi haqida ogohlantiradi va “OK” buyrug‘i tanlanishi bilan formatlash jarayoni boshlanadi.
    Yashil yo‘l – tizimli fayllardan nusxa ko‘chirish jarayonining indikatori (2.2-rasm).
    Formatlash va fayllardan nusxa ko‘chirish yakunlanganidan so‘ng, tizim buni tasdiqlovchi axborotni chiqaradi.
    Formatlash rejimidan chiqish uchun «Закрыть» (Yopilsin) buyrug‘i tanlanadi.
    Yuklanuvchi disketa tayyor bo‘ldi. Uni disk yurituvchidan chiqarib, yozuvlardan himoya qilish rejimini (disketadagi tegishli klapanni surib) yoqish kerak bo‘ladi. Disketaning ustiga yozib va uni ehtiyotlab olib qo‘yish lozim.
    Eslatma. Tuzilgan yuklanuvchi disketalar “avariya holatlarida ishlatiladigan»lar sirasiga kirmaydi. Ular kompyuterlarga operatsion tizimni o‘rnatish uchungina mo’ljallangan. Bu turdagi yuklanuvchi disketalar kompakt diskdagi yuklanishlarni quvvatlamaydi. Ular ShK rusumli qattiq disklarga yo‘l ochib beradi. Kompyuter Windows XP o‘rnatish disklaridan yuklanganida kompakt disklar simlarining drayverlari avtomatik tarzda yuklanadi va operatsion tizim o‘rnatila boshlaydi.
    Kompakt disklardan yuklanishni qo‘llab-quvvatlaydigan yuklanuvchi disketalarni Windows 98/Me operatsion tizimda yaratish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish lozim bo‘ladi:
    1. Fayllarni yozish uchun disketani tayyorlash (formatlash).
    2. Operatsion tizimni ishga tushurish.
    3. ShK yuklanganidan so‘ng, disketani disk yurituvchiga joylashtirish.
    4. Boshqaruv panelining darchasiga kirish.
    5. "Установка и удаление программ” (dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish) buyrug‘ini tanlash.
    6. Ochilgan darchada “Создание загрузочной дискеты” (Yuklanuvchi disketa yaratish) ilovasini tanlash.
    7. Operatsion tizimning ko‘rsatmalariga rioya qilish (Tizimga fayllardan nusxa ko‘chirish uchun Windows distributivi kerak bo‘lishi mumkin. Buning uchun Windows distributivli kompakt diskni kiritish yoki qattiq diskdagi bu distributiv joylashgan joyini ko‘rsatish kerak).
    8. Tuzib bo‘lingach, disketani disk yurituvchidan chiqarib olish va yozishdan saqlash rejimini (disketadagi tegishli klapanni surib) ishga tushirish kerak. Disketaning ustiga yozib va uni ehtiyotlab olib qo‘yish lozim.

    2.2. Yuklanuvchi kompakt disk yaratish


    Yuklanuvchi kompakt diskni ham bir necha usulda yaratish mumkin (lekin ularning hammasi uchun yuklanuvchi disketa kerak bo‘ladi).


    Windows XP amallar tizimining standart vositalaridan foydalanib, yuklanuvchi disk yaratishdan boshlaymiz.
    Boshlanishda oldingi bo‘limda bayon qilingan usuldan foydalanib, yuklanuvchi disketa yaratamiz.
    Yozadigan СD-RWga kompakt diskni joylashtiramiz (bunda yangi СD yoki qayta yoziladigan СD RWdan foydalanish mumkin)
    Yuklanuvchi disketaga kirib, unda joylashgan hamma fayllarni ajratib chiqamiz.
    Ajratilgan fayllar uchun sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosamiz va "Отправить\Мой диск E” (Jo‘natilsin\E diskiga) buyrug‘ini tanlaymiz.
    Tizimli fayllarning nusxasi maxsus buferga ko‘chiriladi.
    Agar siz qayta yoziladigan СD RWdan foydalanadigan bo‘lsangiz, uni oldin tozalab oling. U xuddi disketani formatlagandek bajariladi, ya’ni CD-RW diskini disk yurituvchiga quyasiz va “Компакт-диск(D:)” ni papkasini sichqonchani o‘ng tugmasnini bosish natijasifa chiqadigan “Стереть диск CD-RW” komandasini tanlaysiz. Bunda Maxsus Tozalash Ustasi ishga tushadi(2.3-rasm).
    E ndi bizda toza СD RW bor va yozishga kirishish mumkin. Yozuvga bir necha fayl va papkalarni, masalan, Windows, Office, Utilities, Antivirus install-yatsiya dasturlarini qo‘shish kerak. Ular nosozliklar yuz ber-gudek bo‘lsa, diskdan faqat yukla-nibgina qolmay zarur bo‘lgan dasturlar to‘plamini darhol o‘rnatish uchun kerak bo‘ladi. Bu fayllarni qo‘shgandan so‘ng ularni C:\Install papkasida saqlagan ma’qul.
    Zarur papkalarni ajratib olamiz va ularni CD-RW ga qo‘shib qo‘yamiz. Kerakli barcha fayllarni qo‘shib bo‘lganimizzdan so‘ng, ularni “Мастер записи компакь дисков” yordamida i yozib olamiz.

    Download 3,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 3,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuklanuvchi disketa va kompakt disk yaratish

    Download 3,57 Mb.