Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси




Download 3,57 Mb.
bet14/28
Sana11.02.2024
Hajmi3,57 Mb.
#154570
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Нам

6-bobga doir nazorat savollari



  1. Qаndаy CD disklаr mаvjud? Ulаrning оrаsidа qаndаy fаrqlаr bоr?

  2. CD diskovodlаr qаеrgа o’rnаtilаdi?

  3. CD diskovodni o’rnаtаyotgаndа nimаlargа аmаl qilish kеrаk?

  4. CD diskovodlаr qаndаy tоzаlаnаdi?

7 Kengaytiruvchi platalarni o‘rnatish
7.1 ISA shinasi

Amalda zamonaviy kompyuterlarning hammasi qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish uchun maxsus slotlarga ega. Asosiy foydalaniladigan slotlar:


1. ISA (kamdan kam).
2. PCI.
3. AGP.
Bundan deyarli 20 yil avval ISA (Industry Standard Architecture) sanoat standarti maqomini olgan arxitekturaning joriy qilinishi IBM PC platformali kompyuterning tarixiy yutug‘i bo‘ldi. Ushbu arxitektura tizimli blokning hamma tuzilmalarini o‘zaro bog‘labgina qolmay, balki yangi uskunalarning standart uzulish joylari (slotlar) orqali oddiy ulanishini ham ta’minlaydi. Bunday arxitektura bo‘yicha bajarilgan shinaning o‘tkazish qobiliyati 5,5 Mb/s(sekund) ni tashkil qiladi, lekin o‘tkazish qobiliyatining pastligiga qaramay, bu shinadan kompyuterlarga nisbatan "sust" bo‘lgan tashqi uskunalarni, masalan, tovush kartalari va modemlarni ulashda foydalanib kelinmoqda.
ISA standartining kengaytirilgan uzilish joyi – razyomlarning va unumdorlikning (sekundiga 32 Mb/s) oshganligi bilan ajralib turuvchi EISA standartiga bo‘ldi. Xuddi ISA kabi bu standart ham hozir eskirgan hisoblanadi va 2000 yildan ISA va EISAlarni chiqarish to‘xtatilgan. 7.1-rasmda 8 razryadli ISA shinalarning slotlari berilgan.



7.1-rasm.

7.2 AGP shinasi


Videoadapter – ma’lumotlarni o‘ta katta tezlikda oshirishni talab etuvchi uskuna. VLB lokal shinasini joriy qilish paytidagi kabi PCI lokal shinasi joriy qilinganida ham videoadapter doimo yangi shinaga "o‘yib o‘lgan" uskuna bo‘lgan. Bugungi kunda PCI shinalarining parametrlari videoadapterlarning talablariga mos kelmay qoldi. Shuning uchun AGP (Advanced Graphic Port - takomillashtirilgan grafik porti)nomini olgan alohida shina ishlab chiqilgan. Bu shinaning chastotasi PSI (33 MGerts yoki 66 MGerts) shinasining chastotasiga mos keladi, ammo u (to‘rt karra ko‘paytirilgan rejimda) ancha baland, 1066 Mbayt/s gacha o‘tkazish qobiliyatiga ega(7.2-rasm).



7.2-rasm.
Qandaydir uskunani zarur slotga o‘rnatish uchun shaxsiy kompyuter-ning tizimli bloki ochiladi, uskuna ishlatadigan shinaning turi aniqlanadi, bu slot ona platada joylashgan. Buning uchun plataning o‘lchamini ona platadagi tekshirish qulayroq bo‘lgan slotlar bilan solishtirib ko‘rgan ma’qul. Bunday holda installyatsiya jarayonida hech narsa ro‘y bermaydi.
Tanlangan slot burab ochilganida platani aloqa uchun joy ochadigan panel bilan yopilgan teshikni topish kerak bo‘ladi. Asosan, slot protsessorlarga qanchalik yaqin bo‘lsa ma’lumotlarni uzatich shuncha tezlashadi. Shuning uchun grafik platani protsessorga yaqinroq o‘rnatgan ma’quldir.
Endi installyatsiya jarayoni juda sodda. Platani slotga oldi tomoni bilan joylashtirish va uning to‘g‘ri o‘rnatilishiga e’tiborni qaratish zarur.
Plata slotda mahkam turishi kerak. Aks holda ko‘proq kuch sarflashga to‘g‘ri keladi. Plata ona plataga nisbatan perpendikulyar holda o‘rnatilishi lozim.
Agar plata o‘rnatilgan bo‘lsa, uni korpusga mustahkamlash va shaxsiy kompyuterning korpusini yopish kerak.
BIOSda ishlaganda, shinalarni sozlash uchun quyidagi paramertlarga diqqatni qaratish zarur. 7.3-rasmda shinalarning tizim bloki korpusida joylashgan o‘rni ko‘rsatilgan.

7.3-rasm

7.3 PCI shinasi


PCI interfeysi (Peripheral Component Interconnect - tashqi tarkibiy qismlarini ulash standarti) Intel Pentium protsessorlari bazasida ishlab chiqarilgan shaxsiy kompyuterlarga kiritilgan edi. Mohiyatiga ko‘ra bu ham protsessorni operativ xotirada ulaydigan lokal shinaning interfeysi sanalib, tashqi uskunalarni ulaydigan ajratish joylari operativ xotirada o‘yib o‘rnatilgan bo‘ladi(7.2-rasm).

7.2-rasm.
Zamonaviy kompyuterlarda PCI ko‘prigining vazifalarini mikroprotsessor komplekti (chipset) mikrosxemalari bajaradi. Ushbu interfeys shinaning 33 MGertsli chastotasini ko‘taradi va 132 Mb/s o‘tkazish qobiliyatini ta’minlaydi.
Bu standart amalga oshirgan yangilik keyinchalik o‘zi o‘rnatiladigan uskunalarning sanoat standarti sifatida rasmiylashtirilgan plug-and-play deb nomlangan rejimni qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi. Uning mohiyati shundaki, tashqi uskuna PCI shinasining ulanish joyi (razyomi)ga jisman ulanganidan so‘ng, uskuna va ona plata o‘rtasida ma’lumot almashinishi ro‘y beradi, buning natijasida uskuna avtomatik tarzda foydalanilayotgan uzilish raqamini, ulanish portining manzilini va xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l ochuvchi kanalning raqamini oladi.

Download 3,57 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Download 3,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси

Download 3,57 Mb.