|
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси
|
bet | 15/28 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #154570 |
Bog'liq Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги НамPCI 2.1. Support. PCI 2.1 shinasining ixtisoslashishi (spetsifikatsiyasi)ni qo‘llab-quvvatlash. Bu paramertni hal qilishda PCI shinasining 2.1 ixtisoslashish imkoniyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. 2.1 ixtisoslashish 2.0 ixtisoslashishdan ikki asosiy jihati bilan farqlanadi:
shinaning maksimal takt chastotasi 66 MGertsgacha oshirilgan
2.0 ixtisoslashishning shinaga to‘rttadan ortiq bo‘lmagan uskuna o‘rnatish mumkinligi haqidagi cheklashini bekor qilish imkonini beruvchi PCI-PCI ko‘prigining mexanizmi kiritilgan.
Bu parametrni ta’qiqlash qo‘shimcha PCI- plata o‘rnatganidan so‘ng muammolar yuzaga kelsagina o‘zini oqlaydi (odatda, muammolar ancha eskirgan PCI uskunalari qo‘llangandagina vujudga keladi). Parametr quyidagilarni qabul qilishi mumkin:
"Enabled" - ruxsat etilgan.
"Disabled" - taqiqlangan.
PCI Latencey Timer. PCI shinasi uchun kutish vaqti taymeri. Ushbu opsiyaning belgisi agar shinaga boshqa PCI-karta murojaat qilsa, “Busmaster” rejimini qo‘llab-quvvatlovchi PCI karta PCI shinasi ustidan (tizimli taktlarda) qancha paytgacha nazoratni saqlab turishini ko‘rsatadi. Aslida PCI shinasining shinaga topshiriq bergan uskuna bilan band bo‘lish vaqtini chegaralovchi taymer, xuddi shuning o‘zidir. Belgilangan vaqt o‘tgach, shina arbitri topshiriq beruvchidan shinani olib qo‘yib, uni boshqa uskunaga beradi.
Bu parametrning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar diapazoni 16 dan 128 gacha, qadami esa 8 martagacha.
Parametr belgisini ehtiyotkorlik bilan almashtirish lozim, chunki u ona plataning amalga oshirilishiga bog‘liq va bu ish faqat agar tizimda “Busmaster” rejimini qo‘llab-quvvatlovchi, masalan, SCSI va tarmoq kartalari kabi kamida ikkita PCI - kartasi o‘rnatilgan bo‘lsagina qilinadi. Grafik kartalar “Busmaster” rejimini qo‘llab-quvvatlamaydi. O‘rnatiluvchi belgi qancha kichik bo‘lsa, o‘rnatishni talab qilayotgan boshqa PCI karta shinaga kirish imkoniyatini shuncha tez qo‘lga kiritadi.
Agar SCSI-karta ishini bajarish uchun, masalan, ko‘proq vaqt ajratishni talab qilsa, u joylashgan PCI - sloti uchun belgini ko‘paytirish mumkin. Masalan, tarmoq kartasi belgisini tegishli ravishda kamaytirish yoki ayrim hollarda 0ga qo‘yish tavsiya etilmasa ham 0ga teng qilib qo‘yish mumkin. Umumiy holda mazkur tizim uchun parametrning qaysi belgisi yaroqli va eng ma’qul ekanligi qo‘llanilayotgan PCI - kartalarga bog‘liq va bu test dasturlari yordamida tekshirib ko‘riladi. Shuningdek, "raqobatchi-kartalar"ning ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ushlanish holatlariga qay darajada sezuvchanligini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Opsiyalar, shuningdek, quyidagi nomlar bilan ham atalishi mumkin:
PCI Bus Time -aut
PCI Master Latency
Latency Timer
PCI CLOCKS
PCI Initial Latency Timer
So‘nggi opsiya uchun mumkin bo‘lgan belgilar qatori quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Disabled
16 Clocks
24 Clocks
32 Clocks
To‘g‘ri, bu mavjud imkoniyatlarning to‘liq ro‘yhati emas. “Latency Timer Value” va “Default Latency Timer Value” funksiyalari birgalikda qo‘llaniladi. Agar so‘nggi opsiyada “Yes” (uning o‘zi aytmay, xabar qilmay qo‘yish bo‘yicha ham ishlatiladi) o‘rnatilsa, unda birinchi funksiya e’tiborga olinmaydi.
Yana bir muhim eslatma. O‘z vaqtida bu opsiya (va unga o‘xshashlari) PCI va ISA shinalarining birgalikda mavjud bo‘lishini hisobga olib kiritilar edi. ISA shinasi bitta “Master” uskunasidan foydalanishga imkon berardi. Bu avval ham kamdan-kam hollarda qo‘llaniladi, hozir ham shunday kam qo‘llaniladi. PCI shinasi esa bir vaqtning o‘zida bir nechta “Master” uskunalaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Shinalarning tezligidagi, shuningdek, o‘tkazish qobiliyatidagi farqlarni hisobga olib, “Master” uskunalarining PCI shinasida va standart uskunalarning tezligi ancha sust bo‘lgan ISA shinasida birgalikda ishlatish muammosini hal qilish zarur edi. Bu, ayniqsa, ISA shinasi uchun chiqarilgan, o‘sha vaqtda keng tarqalgan, hajman ixchamroq bufer xotirasiga ega bo‘lgan, ya’ni ma’lumotlarni uzatishdagi har qanday kechikishga sezgir tovush va tarmoq portlariga taalluq-li edi. "AMI BIOS" parametrning belgisini 0dan 255s gacha bir qadamli diapazonda tanlash imkonini berardi. Garchi PCI shinasiga uskunaning kichikroq egalik belgisi ancha afzal bo‘lsada, avtomatik ravishda "66" belgisi o‘rnatilar edi. Shuning uchun foydalanuvchining oldida turgan muayyan vazifa(muammo)ni hal qilishda, eng avvalo, chipsetning, BIOS versiyasining va foydalanilayotgan kengaytirish kartalarining imkoniyatlaridan kelib chiqish kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси
|