Fdisk va Format dasturlarining kamchiliklari




Download 3,57 Mb.
bet12/28
Sana11.02.2024
Hajmi3,57 Mb.
#154570
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Нам

Fdisk va Format dasturlarining kamchiliklari. Fdisk dasturidan foydalanilganda, qattiq diskning avvalgi tuzilishi - bo‘limlari va mantiqiy disklari buziladi. Shunday qilib, ushbu dasturni ishga tushirishdan avval diskda mavjud bo‘lgan hamma ma’lumotlarning zaxiraviy nusxalarini tayyorlab olish kerak.
Quyida Fdisk va Format dasturlarining asosiy kamchiliklari keltirilgan:
- Fdisk dasturi disk harfining “do‘stona” usulda o‘zgarishini ta’minlamaydi.
- Diskni bo‘limlarga taqsimlagandan so‘ng Format dasturini ishga tushirish lozim.
- Bu dasturlar multiyuklanuvchi diskni tuzish imkonini bermaydi.
- Bu dasturlar ma’lumotlarni yangi diskka ko‘chirish vositalarini ta’minlamaydi.
Fdisk va Format dasturlarining cheklanishlari bu bilan tugamaydi. Bu ro‘yxatni davom ettiraverish mumkin. Qattiq disk ishlab chiqaruvchilarning ayrimlari yangi diskni avtomatik ravishda o’rnatiuvchi maxsus dasturni yaratdilar. Bu dasturlarda Fdisk va Format dasturlarining sanab o‘tilgan kamchiliklari yo‘q. (Masalan, Ontrack firmasining Disk Manager, StorageSoft firmasining EZ Drive va Drive Pro, Seagate firmasining Disk Wizard, Max Blast dasturlari).

5- Bobga doir nazorat savollari.


1. Qаttiq disk nimа?


2. Vаttiq disk konfigurаtsiyasi qаndаy bo’lаdi?
3. Master vа Slavening fаrqi nimа?
4. Qаttiq disk qаndаy fоrmаtlаnаdi?
5. Formаtlаsh nimа uchun kеrаk?
6. Qаndаy fаyl tizimlаri mаvjud?
6 CD-ROM/CD-R-RW/DVD diskovodini o‘rnatish
6.1.CD ROM diskovodi

CD-ROM(Compact Disk Read Onle Memory) disk yurituvchini o‘rnatish jarayoni vinchesterni o‘rnatish jarayoniga o‘xshash. Avval jamperlarning to‘g‘ri o‘rnatilgani tekshiriladi. (Slave\Master installyatsiyaning turiga bog‘liq ravishda, agar disk yurituvchi qattiq disk bilan bir shleyfga o‘rnatilsa, unda disk yurituvchi slave bo‘lishi kerak). 6.1-rasmda CD ROM diskovodi.



6.1-rasm.
IDE Interfeysli disk yurituvchilar uchun quyidagi konfiguratsiyalar tavsiya qilinadi:
- birlamchi IDE: (bir qavatli) Master Primary IDE kabi qattiq disk;
- ikkilamchi IDE: (bir qavatli) Master sifatdagi CD/DVD disk yurituvchi.
Agar shaxsiy kompyuter egasiga IDE tarkibiy qismlarining hammasidan foydalanish talab qilinsa, disk yurituvchilarni quyidagi tarzda ulash kerak:
- birlamchi IDE: (ikki qavatli) Master kabi 1-qattiq disk;
- birlamchi IDE: (ikki qavatli) Slave kabi 2-qattiq disk;
- ikkilamchi IDE: (ikki qavatli) Master kabi 1-CD/DVD disk yurituvchi;
- ikkilamchi IDE: (ikki qavatli) Slave kabi 2-CD/DVD disk yurituvchi.

6.2.CD ROM diskovodini o‘rnatish


Tizimni installyatsiya qilishda oldingi plastik panel ostidagi metallga qarang. Aslida metalldan yasalgan korpus plastik panellar ostiga yashirilgan. Butun oldingi bo‘limi yoki eng kam deganda uning disk yurituvchi(diskovod) o‘rnatiladigan qismi katta metall parchasidan ishlanadi. Keyin unda teshiklar ochiladi. Bir necha yillar davomida korpuslar uchun me’yorlar metall turini belgilab kelmoqda, chunki faqat metallgina elektromagnit nurlanishini kamaytirishi mumkin.



6.2-rasm.

Amaliyotda ikkita variant bor. Agar metall yopqich (zaglushka)lar oldindan siqib chiqazilgan bo‘lsa, ular metall qirquvchi qaychi bilan kesib olinadi yoki kuch bilan siqib chiqariladi. Agar kompyuterning korpusi yuqori sifatga ega bo‘lsa, bu metall panellarning istalgan paytda olib tashlash va boshqasiga almashtirish mumkin. Bu kabellarni kompyuter korpusiga zarar yetkazmay olib tashlash imkoni bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish lozim. Teshikni ochib, CD-ROM disk yurituvchini ichkariga joylashtirish, uni o‘z joyiga vint bilan mahkamlab qo‘yish mumkin(6.2-rasm).


Buning uchun yo‘li ingichka qilib kesilgan vintlar zarur. Bu ishda 4 ta vintdan foydalaniladi. Vintlarni haddan tashqari qattiq tortish kerak emas. Chunki ortiqcha kuch ishlatish korpusda kuchlanish hosil qilib, uning qiyshayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Disk yurituvchining aylanish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, ta’sir shuncha katta bo‘ladi. Shuning uchun vintlarni disk yurituvchi yaxshi mustahkamlanganiga ishonch hosil qilinguncha, ammo korpusni deformatsiyalamaydigan qilib burash kerak. CD-ROM disk yurituvchilarning harorat rejimi haqida, xuddi vinchesternikidek, ehtiyot bo‘lish kerak.
Ba’zida mustahkamlash uchun maxsus yo‘naltiruvchi relslardan foydalaniladi. Ular disk yurituvchiga mahkamlanadi(6.3-rasm).

6.4-rasm.

6.5-rasm.

6.4 va 6.5-rasmlarda CD-ROM diskovodini tizim blokiga o‘rnatilayotgan vaqtdagi va o‘rnatilgandan so‘nggi holatlar ko‘rsatilgan. Uni o‘rnatgandan so‘ng elektr ta’minot blokidan keladigan kabel va qirqta tishli IDE kabeli bilan ulash kerak.


Kabellar doimo 1-ajratish joyining oyoqchasi ko‘rsatadigan tarzda, bo‘yalgan bo‘ladi. Disk yurituvchilarning ko‘pchiligi ham 1-oyoqcha uchun xuddi shunday identifikatsiya ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Agar bo‘yoqli belgi bo‘lmasa, shuni yodda tutish kerakki, u tok manbaidan o‘chiriladigan (uziladigan) joyning yonida joylashgan. 6.6-rasmda tizimli blokning shleyflarsiz bo‘lgan vaqtdagi rasmi ko‘rsatilgan.
Qirq tishli IDE kabeli (80 simli) CD-ROM disk yurituvchiga ulanadi (6.7-rasm). Tasma kabel. Ko‘rsatkichlar tok yo‘nalishini ko‘rsatayapti. Pastda: qattiq disk uchun 80 tishli kabel. Tasma kabellarni ulash.

6.6-rasm.

6.7-rasm.

Download 3,57 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Download 3,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fdisk va Format dasturlarining kamchiliklari

Download 3,57 Mb.