|
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси
|
bet | 18/28 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #154570 |
Bog'liq Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги НамSpread Spectrum Modulated. Modullangan spektrning tarqalishi. Takt generatori ishlab turgan paytda elektromagnit interferensiya(tovush, yorug‘lik va to‘lqinlarning ustma-ust kelganda, qo‘shilganida bir-birini kuchaytirishi yoki susaytirishi) (Electro Magnetic Interference EMI) singari hodisalar ro‘y berishi mumkin. Tabiiy, jismonan olganda, interferensiya ikki va undan ortiq to‘lqin tebranishlarining o‘zaro birgalikdagi harakatidan boshqa narsa emas. Ularning bu jarayonlarga xos ko‘p sonli uyg‘un chastotali tarkibiy qismlari bilan paydo bo‘lishlariga generatsiya qilinayotgan takt impulslarining ekstremal ko‘rsatkich belgilari (cho‘qqilari) "aybdor"dir. Opsiyani yoqish cho‘qqilarni tekislash va interferensiyani kamaytirish imkonini beradi.
Bu vazifani bajarishga takt generatorining ishlashi va u ishlab chiqarayotgan signallarning sifatini kuzatib boruvchi vositalarning butun bir majmui yo‘naltirilgan.
Elektromagnit nurlanishini kamaytirish, sof texnik vazifalardan tashqari ekologik muammolarga ham daxildordir. Nurlanish 6 foizgacha yetishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, bu signal shakliga sezuvchan uskunalarning, masalan, Fast Wide SCSI interfeysli qattiq disklarning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun bu parametrda ishlashga faqat kompyuterlarni elektromagnit uyg‘unlikka sinab ko‘rilayotgan paytlardagina ruxsat berish tavsiya qilinadi.
Bundan tashqari, Smart Clock rejimi ham bor. Bu rejimda AGP, PCI va SDRAM shinalarning takt signallari ulardan foydalanish talab qilinmagan paytda o‘chiriladi. Bunday holda opsiyaning yoqilishi ishning mo‘ta’dilligiga ta’sir qilmaydi. Quyidagi belgilarni qabul qilishi mumkin:
- Enabled;
- Disabled;
- 0,25 %;
- 0,5 %;
- Smart Clock.
7-bobga doir nazorat savollari
1. Qаndаy slotlаr mаvjud? Slot nimа?
2. PSI qаndаy shinа? Uning qanday turlаri bor?
3. АGP qаndаy shinа? Uning qanday turlаri bor?
4. Shinаlаr оrаsidа qаndаy fаrq mаvjud?
5. Аpеrturа nimа?
8 Tovush kartasini o‘rnatish
8.1. Tovush kartasi va uning ulanish joylari
Zamonaviy kompyuterlarda ovozni apparat bilan qo‘llab-quvvatlash quyidagi shakllardan birida amalga oshiriladi:
PCI shinasining ajralish joyiga o‘rnatilgan audio-adapter;
Crystal, Analog Devices, Sigmatel, ESS va boshqa kompaniyalar ishlab chiqarayotgan tizimli platadagi mikrosxema;
tizimli plata mikrosxemasining asosiy to‘plamiga yig‘ilgan ovoz uskunalari (ularga Intel, SIS va VIA Technologies kompaniyalarining uncha qimmat bo‘lmagan kompyuterlar uchun yaratgan eng zamonaviy mikrosxemalar to‘plami kiradi).
8.1-rasm.
Asosiy uskunaning qayerda joylashganidan qat’iy nazar, akustik tizim, mikrofon va boshqa ko‘plab qo‘shimcha audio uskunalar mavjud. 8.1-rasmda tovush platasi tasvirlangan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси
|